Web browserga google colab so‘rovi yuboriladi va odatda eng tepadagi natija ustiga bosiladi yoki quydagi link orqali google colabning ishchi oynasiga o‘tish mumkun. https://colab.research.google.com/
Google colabni google accountga bog‘lash talab qilinadi buning uchun Sign in tugmasi bosiladi. (18-rasm)
18-rasm
Google account tanlanadi va google accountning mahfiy kodi kiritiladi.(19-rasm)
19-rasm
Google accountga muvaffaqiyatli kirilsa quydagi kabi sahifa ochiladi va foydalanuvchi accountining rasmi google coalab sahifasida paydo bo‘ladi.
20-rasm
Google colabda yangi fayl (new notebook) yaratish uchun quydagi amallar bajariladi va yangi notebook yaratiladi. File bo‘limi tanlanadi va
New notebook bo‘limi tanlanadi.
21-rasm
Yuqoridagi bo‘limlar tanlanganda quydagi kabi Google colabning asosiy ishchi oynasi ochiladi.(22-rasm)
22-rasm
Birinchi navbatda etibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihat fayilning nomi u avtomatik tarzda Untitled.ipynb kabi bo‘ladi va bu fayl nomini istalgancha o‘zgartirish mumkun va fayl nomi orqali faylni topish va uni boshqarish oson kechadi.
23-rasm Yuqoridagi faylga First_NB nomi berildi va bu faylning fayl kengaytmasi .ipynb (interactive python notebook) fayl kengaytmada bo‘ladi.
Bu ishchi oynaning asosiy qismi quydagi yachiyka (Ingliz tilida Cell deb ataladi) hisoblanadi.
24-rasm
Aynan shu yachiykada kodlar yoziladi va aynan Python dasturlash tilida. Bu yachiyka interaktiv hisoblanadi, yachiykaning ortida Ipython dasturi ishlab turadi. Yachiykaga python tilida biror kod yozib sinab ko‘rish mumkun va yachiykani ishga tushurishning ikkita yo‘li mavjud birinchi yo‘li Play tugmasini bosish orqali yoki Shift + Enter tugmasini bosish orqali ishga tushurish mumkun. Bu yerda Sheft+Enter orqali ishga tushurishning avzalligi joriy yachiykani yuritish bilan birgalikda yangi yachiyka yaratadi.