Konchilik ishi va metallurgiya



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə65/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

Normativ – bu, nisbiy kattalik bo’lib, asosan foizlar yoki koeffisiyentlar yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning har bir maydon birligi, og’irlik birligi, hajm birligiga sarflanishini tavsiflab beradi. Masalan, asosiy fondlarning birlik qiymatiga mahsulot ishlab chiqarish (fond qaytimi), sutning moylilik, vinoning spirtlilik darajasi (foizlarda), avtomashinaning bosib o’tgan yo’li, avtomobil shinasining ekspluatasiyasi va hokazo.
Norma va normativlar progressiv tavsifga ega bo’lishi, ya’ni ularni ishlab chiqishda zamonaviy fan, texnika va texnologiya rivojlanishining darajasi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish hamda ilg’or korxonalarning tajribalarini hisobga olish zarur. Shuningdek, ular doimiy ravishda qayta ko’rib chiqilishi, eskirgan norma va normativlar yangi, xo’jalik hayoti va davr talablariga javob beruvchi norma va normativlar bilan almashtirilishi lozim.
Norma va normativlar quyidagi asosiy guruhlar asosida ishlab chiqiladi:

  • tirik mehnat xarajati normalari (mahsulot biriligiga sarflanuvchi ish vaqti normasi, vaqt biriligida ishlab chiqarish normasi, xizmat ko’rsatish normasi, miqdor normativi);

  • moddiy xarajat normalari (xom ashyo, material, yoqilg’i, energiya, butlovchi qismlar);

  • ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish normativlari (ishlab chiqarish siklining davomiyligi, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarish zahiralari va hokazo);

  • mehnat vositalaridan foydalanish normalari (mashinalar, asbob-uskunalar, mexanizmlar, qurilmalar);

  • korxona, sex, asbob-uskunalarning loyiha quvvatiga chiqish vaqti normalari.

Ko’rinib turibdiki, rejalashtirish juda murakkab va mehnat talab qiluvchi jarayon bo’lib, korxona faoliyatining resurslar xarajatini normalashtirishdan to mahsulot ishlab chiqarish va realizasiya qilishgacha barcha ko’rsatkichlarini inobatga oladi. Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • maqsadni belgilash;

  • korxona faoliyatining turli xil yo’nalishlari, ayniqsa, xalq xo’jaligi va aholi uchun zarur bo’lgan masulot ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab berish;

  • zaruriy moddiy-texnika asossini shakllantirish;

  • moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

  • yakuniy natijalarning ijobiy bo’lishiga erishish.

Amaliyotda bu vazifalarni korxona direktori yoki iqtisodiy-rejalash xizmatining o’zi bajarmaydi yoki bajarishi lozim emas. Bunda butun jamoa, ayniqsa, agar bu korxona aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, ishtirok etishi zarur. Afsuski, korxona xodimlari ko’pincha “rahbarga ko’proq narsa ko’rinadi” tamoyili asosida ishlaydilar va yaxshiroq natijalarga erishish uchun tashabbuskorlik ko’rsatmaydilar. Tajribalar esa korxona muammolarini hal qilish barcha xodimlar, jumladan, ishchilarga ham bo’lgan holdagina bu korxonalar gullab-yashnashi mumkinligini ko’rsatadi.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va rasional boshqarish tizimi hamda maksimal ravishda qulay sharoitlarni yaratmoqda. Bunday sharoitlarda rejalashtirish bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishga xizmat qilishi lozim. Korxona faoliyatini umuman emas, balki har bir muayyan holdagi vazifalarni hal qilishga yo’naltirgan holda rejalashtirish zarur. Buning uchun rejalashtirishning ilmiylik, komplekslilik, uzluksizlik, optimallik, moslashuvchanlik kabi tamoyillariga tayanish zarur.
Korxona, ayniqsa, agar u yirik bo’lsa, asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi sexlardan iborat bo’lib, ularning har biri faqat o’ziga xos bo’lgan vazifani bajaradi va shunga mos holda faoliyatni rejalashtirish va tartibga solishning o’ziga xos xususiyatiga ega bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda yetakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatish rejalashtirishning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Bunda korxonaning asosiy ishlab chiqarish vazifalari bajarilishini ta’minlovchi bo’linmasini rivojlantirishga ko’proq e’tibor qaratiladi. Masalan, bunday bo’g’in sifatida mashinasozlik zavodida yig’uv sexi, to’qimachilik kombinatida yigiruv va to’quv sexlari, qandolatchilik fabrikasida tayyor masulot sexini ko’rsatish mumkin.
Yetakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatish korxonaning barcha bo’linmalarini birgalikda kompleks ravishda rivojlantirishni ko’zda tutadi. Chunki busiz rejalashtirish bir tomonlama bo’lib qolishi hamda ishlab chiqarishni tashkil etishda “tor joylar” va disproporsiyaning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli korxona faoliyatining iqtisodiy-ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlari va bo’limlarining o’zaro aloqada bo’lishini hamda kompleks rejalashtirishni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda ham rejalashtirishning balans usuli katta ahamiyatga ega.
Rejalashtirishning yana bir muhim tamoyili ilmiylik bo’lib, u avvalo tayyorlanayotgan rejalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlariga, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti talablari, raqobatchilik va bozor talablarini hisobga olishga asoslanadi. Rejalashtirishning ilmiyligi, jonli mehnat va mahsulotga aylangan mehnat xarajatlarining eng kam miqdorida iloji boricha yuqori natijalarga erishishga, shuningdek, korxona xodimlari manfaatdorligini oshirishga ko’maklashadi.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin