Konchilik ishi va metallurgiya



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə2/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

betlar

1.

O`QUV MATERIALLAR







Ma’ruzalar to`plami




1.1

1-mavzu. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub`ekti sifatida




1.2

2-mavzu. Korxonalarning asosiy fondlari.




1.3

3-mavzu. Korxonaning aylanma mablag`lari




1.4

4-mavzu. Korxonaning mehnat resurslari.




1.5

5-mavzu. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish




1.6

6-mavzu. Korxona harajatlari




1.7

7-mavzu. Korxonaning daromadi va foydasi




1.8

8-mavzu. Sanoat korxonalarida rejalashtirish




1.9

9-mavzu. Sanoat korxonalarida marketing.




1.10

10-mavzu. Sanoat korxonalarining investitsion va innnovatsion faoliyati




1.11

11-mavzu. Menejment asoslari




1.12

12-mavzu Boshqaruv qarorlarini qabul qilish

























Amaliy mashg`ulotlar




2

MUSTAQIL TA’LIM




3

GLOSSARIY




4

ILOVALAR







O`quv fan dasturi







Ishchi o`quv fan dasturi







Tarqatma materiallar







Testlar







Baholash mezonlari







O`UM elektron varianti






  1. O`QUV MATERIALLAR

MA`RUZALAR TO‘PLAMI




KIRISh
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligaga erishgach, mamlakat hayotida ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini (FTT) jadallashtirish, aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berdi va ro’y bermoqda. Bunga iqtisodiyotga kiritilgan yangi investisiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizasiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo’jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va hokazolarning rivojlanishi ham keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Mustaqillik hamda barcha xo’jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o’tishi iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o’zgarishiga sabab bo’ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo’lgan paytlardagidan farqli o’laroq mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha faoliyatlarini direktiva ko’rsatkichlari asosida emas, balki O’zbekiston Respublikasi “Korxonalar to’g’risida”gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda. Ular o’zlariga kerak bo’lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari bilan shug’ullanmoqda, zamonaviy marketing va menedjmentni yo’lga qo’ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar.


1-Mavzu. Sanoat korxonalari bozor iqtisodiyotining sub`ekti sifatida
Reja:

  1. Kirish. Fanning mohiyati, maqsadi va vazifalari

  2. O`zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlariorxonalar mohiyati va faoliyatining asosi.

  3. Korxona – iqtisodiyotining asosiy bo`g`ini

  4. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari




    1. Kirish. Fanning mohiyati, maqsadi va vazifalari

“Borliq ongni belgilaydi” iborasi ma’lum bir jihatlari bilan har bir inson hamda jamiyat hayoti va iqtisodiyotning tuzilishini anglatadi. Shu sababli iqtisodiyotning oila o’chog’i miqyosida, shuningdek, korxona, tarmoq va butun xalq xo’jaligi miqyosida ko’rib chiqilishi bejiz emas. So’nggi holatda gap makroiqtisodiyot haqida, uning tendensiyalari, qonuniyatlari haqida borib, unda ko’rib chiqiladigan muammolar ba’zi hollarda korxona iqtisodiyotidan sezilarli ravishda farqlanadi.


“Iqtisodiyot” atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo’jalik faoliyatini anglatgan. Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizasiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo’lsa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari va aholining turmush tarzi, resurslarsdan oqilona foydalanish, bahoni shakllantirish, soliqqa tortish, samarali qo’llanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni hisobga olgan holda, shunchalik yuqori bo’ladi.
Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyatiga o’z vaqtida A.Smit yuqori baho berib, u insonni “homo economicus” - “iqtisodiy odam” deb atagan. Haqiqatdan ham, har bir odam iqtisodiyotning mohiyatini, hayot ne’matlari nimalar evaziga berilishini anglamaguncha, mablag’larni ishlab topish va ulardan samarali foydalanishni o’rganmaguncha, oila miqyosi va undan yuqori darajadagi iqtisodiyot uchun ma’qul keluvchi sifat va miqdor parametrlariga ega bo’ladi, deb o’ylash noto’g’ri bo’lar edi. Demak, iqtisodiyot parametrlari (ham salbiy, ham ijobiy) avvalo insonlar harakati va faoliyatining, oqilona ho’jalik yuritish, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimlashni samarali olib borish qobiliyati natijasida yuzaga keladi.
Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma’naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan har bir jabhasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta’minlash uchun odamlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh, turarjoy va boshqa vositalar kerak bo’ladi. Bu predmetlar, qoidaga ko’ra, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Shu sababli iqtisodiyotning, ayniqsa, avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari va qonunlarini bilish, ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushunish va istalgan xo’jalik muammolarini hal qilishda muhim shart hisoblanadi.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin