Konchilik ishi va metallurgiya


Menejer - malakali boshqaruvchi. Menejment



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə160/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

Menejer - malakali boshqaruvchi.
Menejment – malakali boshqaruv to‘g‘risidagi fan, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning tashqi va ichki muhitini hisobga olgan holda uni samarali moslashuvchan boshqaruchilik sohasi.
Menejment funksiyasi – menejment vazifasi (“funksiya” lotincha so‘z bo‘lib, biror kishining faoliyat doirasi, vazifasi ma’nosini bildiradi).
Mehnat unumdorligi –insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xodim moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt.
Mehnat shartnomasi – tadbirkor (ish beruvchi) va ishga kiruvchi shaxs (xodim, ishlovchi) o‘rtasidagi kelishuv hujjati. Unda xodimning mehnat vazifasi, ish joyi, lavozimi, oylik ish haqi, ishlash vaqti va hokazolar belgilab beriladi.
Moddiy javobgarlik – korxona va tashkilot, ayrim mansabdor shaxs zimmasiga xo‘jalik faoliyatining natijalari uchun yuklatilgan ma’suliyat.
Moliyaviy menejment – korxona mablag‘laridan samarali foydalanish, kredit olish va boshqa moliyaviy munosabatlarini boshqarish.
Moliyaviy hisobot – turli xil hisobotlar birlashmasi bo‘lib, ular korxonaning moliyaviy o‘rni va faoliyati, hamda uning moliyaviy tuzilishida o‘zgarishlarni qulay va tushunarli holda, ularga ma’lum ish masalasini hal qilish uchun tuzilgan hujjatlar.
Nazorat sferasi – tashkiliy tizimning muhim miqyosiy tomonlari biri: agarda bir rahbarga juda ko‘p miqdordagi xodimlar bo‘ysinsa, natijada bir tekis boshqaruv tizimini beruvchi keng nazorat sferasi vujudga keladi; agarda nazorat sferasi tor bo‘lsa, ayniqsa har bir rahbarga kam xodimlar bo‘ysinsa, bu holda ko‘p darajali tizim paydo bo‘ladi; korxonada ko‘p darajali tizim asosida qo‘yilgan o‘lchovga qaraganda tekis tizimli katta korxonalar kam darajadagi boshqaruvga ega bo‘lishadi.
Nizom (ustav) - korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi, korxona xususiyati, faoliyat turlari, tartib-qoidalari, a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolarni o‘z ichiga oluvchi rasmiy hujjat.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin