Konchilik ishi va metallurgiya



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə193/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

ISHBILARMONLIK O‘YINLARI


KORXONA XO‘JALIK FAOLIYATINI TAHLIL QILISH”
O‘yinning maqsadi: Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar (tashkilotlar)ning uslub va tamoyillarini chuqur o‘zlashtirish. Bozor sharoitida korxona (tashkilot)ning xo‘jalik faoliyatini tashkil qilish, korxonaning faoliyat ko‘rsatishini o‘rganishda amaliy mahorat uyg‘otish. Xo‘jalik yuritishning iqtisodiy uslublarini joriy etish, korxona faoliyatini qayta takomillashtirish hisobiga korxona foydasini (daromadini) ko‘paytirish uchun korxona faoliyatini chuqur tahlil qilish asosida qo‘shimcha imkoniyatlarni qidirib topish. Korxona foydasini (daromadini) taqsimlash bo‘yicha zarur hisob-kitoblarni ishlab chiqish hamda mehnatni tashkil qilish va rag‘batlantirishni, marketing va ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Dastlabki ma’lumotlar, 1-variant.
Korxona rentabelli (daromadli) korxona. Ammo bozor munosabatlari iqtisodiy ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilashning yangi yo‘llarini talab qilmokda.
Foydani normativ (belgilangan miqdor bo‘yicha) taqsimlanishini hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar:
(ming so‘m)

Foyda miqdori (yig‘indisi)

5000,0 so‘m.

Ishlab chiqarish fondi uchun to‘lov normativi

8%

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati

12500,0 so‘m

Ishchilar soni

2500,0

Korxona kreditdan foydalangan

yiliga 5% dan 2000,0 so‘m.

Byudjetga ajratmalar normativi

hisoblangan foydaning - 15%

Hisoblangan foydadan vazirlikka ajratmalar normativi

10%

Korxona to‘lagan

100,0 so‘m

Jarima tariqasida boshqa korxonalardan olgan

500,0 so‘m

Korxona moliyaviy rezervini tashkil etadi

100,0 so‘m

Qolgan foydadan rag‘batlantirish fondini tashkil qilish normativi: ishlab chiqarish taraqqiyoti




Fond

50%

Iste’mol

30%

Rezerv fondi

20%

Hisoblarni jadvalda ifodalang, unda: umumiy foyda miqdorini (summasini), hisoblangan foyda, korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda, rag‘batlantirish fondlariga yuboriladigan foydani ko‘rsating.
Korxona rezervlarini izlash va tahlil qilish uchun dastlabki ma’lumotlar:
- maxsulotning sifat belgisi bilan ishlab chiqarish umumiy hajmining 60%;
- davlat buyurtmasi ishlab chiqarish imkoniyatining 90%i;
- vazirlikning ichki uyushmasi bo‘yicha buyurtma – 10%;
- korxona iste’molchi talabini to‘la qondiruvchi, lekin hali jahon namunalaridan uzoq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaradi;
- yil rejasiga mahsulot ishlab chiqarish uchun hali asbob-uskunasi yo‘q bo‘lgan, xatto yangi sexlar qurish zarur bulgan mahsulot ishlab chiqarishning kiritilishi mo‘ljallanmoqda;
- korxona bitimlar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajardi – 98,5% ga;
- jamoa ijtimoiy sohaning turli ob’ektlariga muxtoj;
- asbob-uskunalar bilinadigan darajada eskirgan;
- boshqaruv apparati xodimlarining soni – ishchilar umumiy sonining 25%
Mehnatni tashkil qilish va rag‘batlantirish tizimini qayta qurish, ishlab chiqarish texnologiyalari va ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirish, xo‘jalik yuritishning iqtisodiy uslublarini kuchaytirish, yuqori turuvchi boshqaruv tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatni yaxshilash hisobiga daromadni ko‘paytirish uchun korxona rezervlaridan foydalanish, ishda kamchiliklarni yo‘qotish imkoniyatlariga egami?

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin