Resurslarni me’yorlashtirishda bir nechta usullar ko‘llaniladi:
o‘tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to‘g‘risidagi xisobot ma’lumotlarini o‘rganish xamda bir necha yillar davomida ro‘y bergan pasayishlarni xisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli;
laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan xamda instrumentlar va yordamchi materiallar sarflanishi me’yorini aniqlashda ko‘llanuvchi labaratoriya-texnikaviy usul;
yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashkari boshqa korxonalarning ilg‘or tajribalari va yutuklarini xam xisobga olish imkonini beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni me’yorlashtirishning mukammalrok usuli xisoblanuvchi xisob-taxliliy usul.
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zaxiralarini me’yorlashtirish, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor maxsulot koldiklari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog‘liq vazifalarni echishga yordam beradi.
Aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish, ulardan samarali foydalanish kuyidagilarni talab qiladi:
fan-texnika taraqqiyoti yutuklarini keng ko‘llash;
ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jixatdan asoslangan me’yor va me’yoriylar tizimini yaratish;
korxonalarni uzoq muddatli xo‘jalik alokalari yuritishga o‘tkazish;
maxsulotlar, moliyaviy, moddiy va kuch-quvvat resurslarining sifat balansini tuzish;
boshqarish tizimini tashkil etishning va rag‘batlantirishning optimal shakllarini ko‘llash.
xom ashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash.
Aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish uchun ularni ishlab chiqarish va muomalada bo‘lish muddatini qisqartirish kerak. Aylanma mablag‘lardan foydalanishni yaxshilash, ularning aylanishini tezlashtirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
Misol: korxona 10 mln. so‘mlik aylanuvchi mablag‘ga ega. Bitta aylanish davomiyligi 90 kun. Demak, aylanma mablag‘larning aylanish darajasi Ka = 4 ga teng.
Aylanma mablag‘larning 1 so‘miga 4 so‘mlik maxsulot ishlab chikariladi, korxona yil davomida 40 mln. so‘mlik maxsulot ishlab chiqaradi. Agar korxona bir aylanish davomiyligini 10 kunga qisqartirsa, ya’ni T - bir aylanishning davom etishi 90 kun emas 80 kun bo‘lsa, unda aylanish darajasi Ka = 4,5 ga teng.
Korxona yil davomida 45 mln. so‘mlik maxsulot ishlab chiqaradi. Agar aylanish darajasi yiliga 4,5 ga teng bo‘lganda 40 mln. so‘mlik maxsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, unda kam miqdorda aylanuvchi mablag‘ talab kilinadi. 40 mln.: 4,5 = 8,888 mln.so‘m, ya’ni 1,112 mln.so‘m aylanuvchi mablag‘ bo‘shatib olinadi ( 10 mln.- 8,888 mln.).
Aylanma mablag‘lar mutlak va nisbiy ozod kilinadi.
Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag‘larga bo‘lgan extiyojini kamaytirishni ifodalaydi xamda mavjud resurslardan oqilona foydalanishga oid chora-tadbirlar xisobiga amalga oshiriladi.
Misol: Korxona aylanma mablag‘larining o‘rtacha miqdori 2016-yilda 20 mln. so‘mni tashkil kilgan. 2017-yilda ishlab chiqarish xajmi o‘zgarmagan xolda 18 mln.so‘m miqdorida extiyoj rejalashtirilmokda. Asosiy vositalarning mutlak ozod kilinishi 2 mln.so‘mni tashkil etadi.
Nisbiy ozod qilish aylanma mablag‘lar xajmining o‘zgarishini xamda sotilgan maxsulot xajmining o‘zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun xisobot yilida aylanma mablag‘larga extiyojni, maxsulotni mazkur davr mobaynida sotish bo‘yicha xaqiqiy aylanish xamda o‘tgan davrdagi aylanishini inobatga olgan xolda xisoblash zarur.