Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, uning turlari va samaradorligi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish deb, ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida milliy iqtisodiyotning turli tarmoqli korxonalari o‘rtasidagi, shuningdek tarmoqlar va korxonalar ichidagi ijtimoiy mehnat taqsimoti shakllariga aytiladi. U korxonalarda muayyan turdagi maxsulotlar ishlab chiqarishni bir erga to‘plashni ko‘zda tutadi.
Ixtisoslashtirishning kuyidagi asosiy shakllari mavjud: tarmoq va korxona bo‘yicha ixtisoslashtirish; korxona ichida ixtisoslashish; tarmoq bo‘yicha ixtisoslashish, bunda korxona yoki bo‘limlar shu tarmoqning o‘ziga taallukli bo‘lgan tuzilishi, texnologiyasi va materiallari jixatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan maxsulotlarni ishlab chiqaradi.
Korxona bo‘yicha ixtisoslashishda korxona o‘z maxsulotining ma’lum chegaralangan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Korxona ichida ixtisoslashishda korxonaning sexlari, bo‘limlari, ish joylari aniq turdagi maxsulotni ishlab chiqarishga yoki ma’lum texnologik jarayonlarni bajarishga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish 4 shaklda rivojlanadi:
buyum jixatidan ixtisoslashda korxonalar tuzilishi va bajaradigan ishi bir xil bo‘lgan cheklangan tayyor maxsulot ishlab chiqaradi. Masalan: traktorlar, avtomobillar, dastgoxlar va x.k.;
detal jixatidan ixtisoslashishda korxonalar tayyor maxsulotning ayrim qismlarini va detallarni ishlab chiqaradi. Masalan: reduktorlar, podshipniklar, tishli g‘ildirak va x.k.;
texnologik jixatdan ixtisoslashishda korxonalar texnologik jarayonning alohida bosqichlarini bajaradi. Masalan: avtomatlashtirilgan detal kuyish, shtamplash va x.k.;
yordamchi ixtisoslashgan korxonalar. Bular jumlasiga po‘lat kuyish, temirchilik, asbob-uskuna ishlovchi korxonalar kiradi.
Buyum jixatidan ixtisoslashish bular ichida eng ko‘p tarqalgan shaklidir.