Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitet Jizzax filiali Psixologiya fakulteti Iqtisodiyot yo’nalishi



Yüklə 196,51 Kb.
tarix04.10.2023
ölçüsü196,51 Kb.
#152142
Tarmoq 2 mustaqil ish Diyor



Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy Universitet Jizzax filiali
Psixologiya fakulteti
Iqtisodiyot yo’nalishi
921-20-guruh talabasi
Sirojov Diyorbekning
Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Sanoat moddiy ishlab chiqarishning eng yirik yetakchi tarmog’i




Reja:

Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi


Sanoat tarmog‘ining guruhlanishi.


Sanoat tarmoqlarining joylashuviga ta’sir etuvchi omillar.


Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik va texnik tomondan eng takomillashgan tarmog’i. Bu o’zi uchun va mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari tayyorlaydigan, shuningdek, xom ashyo, yoqilg’i, energiya olish, yog’och tayyorlash mavjud sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, elektr stantsiyalari) majmuidir


Sanoat geografisi asoschilaridan biri hisoblangan A.T.Xrushchyov ta’biri bilan aytganda: «Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog’i bo’lib, o’z ichiga tabiiy resurslarni qazib olish va xom ashyolarni qayta ishlash jarayonlarini qamrab oladi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari qayta ishlash jarayonida yetakchi o’rin tutishi, mashinalar majmuiga egaligi, uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni mavjudligi, ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinattsiyalashuv kabi ko’rinishlarining mavjudligi va joylashuviga ko’ra farq qiladi».

Shuningdek, sanoatning muhim xususiyatlaridan biri, qishloq xo’jaligi


darajasida tabiiy omillarga bog’liq emasligidadir. Sanoat tarmoqlarida asosan


qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan davriylik bilan bog’liqligi ham sezilarli


emas. Faqat sanoatning qishloq xo’jalik mahsulotlarini birlamchi qayta


ishlovchi tarmoqlarda baliq ovlash, yog’och kesish kabi sohalarida oz


ko’rinishda bog’liqlik bor. Sanoatda inson texnologik jarayonlarga ta’sir


ko’rsata olsa, bu holat qishloq xo’jaligida sanoatdagi kabi darajaga ko’zga


tashlanmaydi. Bunday farqlarni moddiy ishlab chiqarishning boshqa


tarmoqlariga nisbatan ham ko’rish mumkin. Albatta, bu tabiiy xol. Yaratilgan


mahsulot muomilada bo’lsa, qurilish sohasida yaratilgan mahsulot esa o’zining


qo’zg’almasligi bilan farqlanadi. Bunday holatlarni transport, aloqa, savdo kabi


moddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalarida xam ko’rish mumkin.


Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi mehnat taqsimotining o’sishi, ishlab chiqarishni differentsiyallash va ixtisoslashtirish bilan bog’liq.

XVIII asr oxirlarida qishloq xo’jaligi va unga yondosh tarmoqlarning rivojlanishi asta sekin sanoatning paydo bulishiga olib qeldi. Yevropaning rivojlangan davlatlarida, ayniqsa, Angliyada shakllana boshlagan bu jarayon sanoat inqilobi nomini oldi va butun dunyoda yangi texnik davrni boshlab berdi.


Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.


Sanoat rivojlanishida aholining qishloq xo’jaligida band bo’lgan qismlari asta – sekin sanoat tarmoqlarida faoliyat ko’rsatadi.


Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.


Sanoat korxonalari joylashgan xududlar asta-sekin korxonalar yiriklashuvi natijasida shaharlarga, vaqt o’tishi bilan sanoat rayonlariga aylana berdi.


Foydalanish, o’simlik va hayvonot resurslarini ishlatish, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq ishlab chiqarish vazifalarini bajaradi. Ishlab chiqariladigan maxsuloti ishlatadigan xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi kabi belgilariga ko’ra sanoat tarmoqlari bir necha guruxlarga ajratiladi. Bu birinchi o’rinda undiruvchi sanoat tarmoqlari va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari. Undiruvchi sanoatga tog’-kon sanoatining barcha yunalishlari, GESlar, o’rmon, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari ovlash kabilar kiradi. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga tog’ –kon va o’rmon, yogochsozlik tarmoqlaridan boshqa barchasini o’z ichiga oladi. SHuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning iqtisodiy ahamiyati va takror ishlab chiqarish jarayonidagi roli jihatidan ham sanoat tarmoqlari guruhlashtiriladi.


I. “A” guruhi – ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.


Bu guruhga mashinasozlik, metallurgiya majmualari va ximiya sanoatining ba’zi tarmoqlari kiradi.


Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.


O’z navbatida “A” guruhi ikki guruhchaga ajraladi:


1.Mehnat vositalari ishlab chiqarish.

2.Mehnat buyumlari ishlab chiqarish.


«B» guruhi – iste’mol buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ushbu guruhda asos bulib xizmat qiladi.


Bu ham ikki guruhchaga bo’linadi:


1.SHaxsiy iste’mol buyumlari ishlab chiqarish.


2.Jamoa iste’mol buyumlari ishlab chiqarish.


Sanoatda bu ikki guruh orasida o’ziga xos ichki mutanosiblik

mavjud. Yuqorida ko’rib o’tilganidek «A» guruhining asosini og’ir, «B» guruhini esa yengil va oziq –ovqat sanoati tashkil qiladi. Sanoat tarixiga nazar tashlasak, biz avvalo industrial davr darakchisi sifatida qishloq xo’jaligi mahsulotlariga ishlov berish maqsadida vujudga kelgan tarmoq bo’lib yengil sanoat ko’zga tashlanadi. Hozirda dunyoda ilg’or mamlakatlar sifatida tanilgan davlatlar xam industriallashtirish yengil sanoat rivojlanishi orqali erishilgan. Faqatgina sobiq SSSR, Osiyo va Afrika qit’asining ba’zi davlatlarida bu jarayon og’ir sanoat rivojlanishi bilan erishishga harakat qilindi.


Afrika - kattaligi va aholi soni boʻyicha dunyoning ikkinchi qitʼasi.


Asosan iqtisodiyot yuksalishi uchun «A» guruh o’rni beqiyos. Og’ir sanoat rivojlanishi bilan o’ziga xos tarzda yengil sanoat rivojlanishiga turtki bo’lib xizmat qiladi. «A» guruxining yetakchi o’rinda borishi «B» guruhining rivojlanishi uchun ham manfaatli imkoniyatlar yaratadi, chunki yengil va oziq– ovqat sanoatiga tobora ko’proq mablag’ ajratila boshlandi. Yana shunisi xarakterliki, og’ir sanoat iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirmoqda. Dunyo mamlakatlari sanoatida bu ikki guruh nisbatini ko’rib chiqar ekanmiz, quyidagi xolatni kuzatamiz. Rivojlangan davlatlarga «A» va «B» guruhlarining biron bir ko’rinishi mavjud resurslarga qarab rivojlanayotgan davlatlarda ustun nisbatda mavjud.


Sanoat tarmoqlarining joylashuviga ta’sir etuvchi omillar.


Sanoat tarmoqlari rivojlanishi asosan tarmoqning taraqqiyoti uchun omillar mavjud bo’lgan hududlarda joylashtirilishi bilan bog’liqdir.

Joylashtirish sanoat ob’ektlarining aniq xom ashyo, yoqilg’i, energiya, mehnat resurslari va tayyor mahsulot iste’molchilar to’plangan hududlarga bog’liqligi tushuniladi. Bundan ko’rinib turibdiki, joylashtirish tushunchasi ishlab chiqarishni xududiy tashkil etish jarayonining bir qismi sifatida namoyon bo’ladi.


Sanoat hududiy tashkil etishning samaradorligini aniqlashda ikki xil qonuniyatlar xisobga olinadi:


1.Tarmoqlarning hududiy ajralishiga ta’sir ko’rsatadigan qonunlar.


2.O’zaro aloqador tarmoqlarning muayyan hududda uyg’unlashuviga sabab bo’luvchi qonuniyatlar.


Agarda biror bir hududda transport tarmoqlaridan xom ashyo, yoqilg’i energetika kabi omillardan unumli foydalanadigan korxonalar mavjud bo’lsa va bu korxonalar bir-biri bilan ishlab chiqaradigan mahsuloti asosida birlashsa, katta samaraga erishish mumkin. Bu asosda o’sha hudud o’ziga xos mahsulot
turi ishlab chiqaradi va hududiy geografik mehnat taqsimotida ishtirok etadi.

SHu asosda ushbu hudud uchun ma’lum tarmoqqa ixtisoslashuvi yuz beradi.


Yuqorida ko’rsatilgan qonuniyatlar sanoatni hududiy tashkil etishda har bir davrda o’ziga xos namoyon bo’lgan geografik mehnat taqsimoti, yoki turli tarmoqlardagi o’zaro aloqadorlik natijasi bo’lgan ishlab chiqarishni hududiy integratsiyasi kabi jarayonlar hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida yangi ko’rinishga ega bo’lmoqda. Mavjud cheklangan resurslardan iloji boricha samarali foydalnish zarur bo’lgan yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida tobora takomillashgan ishlab chiqarish manbalarini tashkil etish shu kunning dolzarb talabi bo’lib bormoqda. Sanoatni hududiy tashkil etish, o’sha hududda mavjud bo’lgan tabiiy, moddiy va mehnat resurslar bilan qay darajada ta’minlanganligiga, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllarining rivojlanish darajasiga sanoat, shaxarlar va aloqa yullarining tarixan tarkib topgan joylashuviga hududning iqtisodiy jihatdan o’zlashtirilganlik darajasi kabi omillarga bog’liq. SHunday omillar borki, ular sanoat korxonalarining joylashishiga tug’ridan –tug’ri ta’sir ko’rsatadi. Bular xom ashyo, yoqilg’i-energetika, suv, ishchi kuchi, transport va iste’mol omillaridir. Bu iqtisodiy georafiq moxiyatiga ko’ra, bir-biridan farq qilishiga qaramay, bular bir-biri bilan chambarchas bogliq. Agar xom ashyo, yoqilgi-energetika, suv omillarini ko’rib chiqsak, uning ko’lami hudduda mavjud omillarning zaxiralariga qarab fikr yuritilsa, ishchi kuchi va iste’molchi omillari aholining ushbu qismi egallagan hududning katta-kichikligiga qarab aniqlanadi. Transport omili esa yuqorida qursatilgan omillar orasida o’zaro aloqalar uchun xizmat qiladi. Bundan qelib chiqib, shartli ravishda xom ashyo, yoqilgi-energetika, suv, ishchi kuchi va iste’molchi omillarini joylashtirish, transport omilini esa masofa omili deb atash mumkin. Sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ishtirok etadigan omillarni tasniflashda olimlar o’ziga xos turli variantlarni taqlif etishgan. A.T.Xrushchev tasniflashning uch xil ko’rinishini taklif etadi. Bular:


Iqtisodiy texnik kursatkichlarga ko’ra;

Xom ashyo, yoqilg’i-energetika, mehnat iste’molchi omillarining sanoatni joylashishiga ta’siriga ko’ra;


Joylashtirish va masofa omillarining tarmoqlariga ta’siri:


1.Materialni (xom ashyoni) ko’p talab qiladigan tarmoqlar.


2.Energiyani ko’p talab qiladigan tarmoqlar.


3.Mexnat resurslarini ko’p talab qiladigan tarmoqlar.


Materialni (xom ashyoni) ko’p talab qiladigan tarmoqlar xom ashyo va maxsulot ishlab chiqarish uchun ketadigan asosiy materiallarni ko’p sarflashi bilan ajralib turadi. Ko’pgina tarmoqlarda xom ashyo salmog’i tayyor maxsulotga qaraganda ortiqroq bo’ladi. Bularga metallurgiya majmui, mashinasozlik, o’rmon va yog’ochsozlik sanoati kabilar kiradi.


Energiyani ko’p talab qiladigan tarmoqlar mahsulot ishlab chiqarishda elektr, yoqilg’i, issiqlik ko’p iste’mol qilishi bilan ajralib turadi. Bularga rangli metallurgiyaning alyuminiy va titan ishlab chiqarish sanoatlari, ximiya sanoatining kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk ishlab chiqarish kabi tarmoqlar kiradi.


Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.


Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.).


Mexnat resurslariga ishlab chiqarish mahsulot birligiga to’g’ri keladigan ishchi kuchi sarfiga ko’ra aniqlanadi. Ishchi kuchi to’plangan hududlarda joylashtirish zarur bo’lgan tarmoqlarga mashinasozlik, yengil sanoat, kimyo sanoatiinng ba’zi tarmoqlari bu guruhga misol bo’la oladi.


Hozirgi davrda O’zbekistonda, shu jumladan, o’rganayotgan ob’ektimiz bo’lgan Surxondaryo viloyatida prezidentimiz I.A.Karimov «Qulay iqlim sharoiti, ulkan


mineral xom ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishloq xo’jaligi xom ashyosining qatta zaxiralari xaqli su’ratda O’zbekiston mintaqa va dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqadi…» deb ta’kidlashlariga qaramay, mavjud omillardan samarali foydalanish darajasi unchalik yuqori emas.


Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.


Iqlim, xom ashyo, yoqilg’i-energetika, mehnat resurslari, iste’molchi omillariga ega bo’lgan Surxondaryo viloyatida asosan yengil sanoat ba’zi tarmoqlari rivojlanganligi bunga yaqqol misol bo’ladi. Yuqorida sanab o’tilgan omillar yordamida viloyatda rangli metallurgiya, kimyo vaneft kimyosi, yokilgi-energetika sanoatalrini barpo etish, mashinasozlik, yengil va ozik-ovkat sanoatlarini yanada rivojlantirish uchun viloyat imkoniyatlariga mos tushadigan regional sanoatsiyosatini utkazish maksadga muvofik buladi

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Iqtisodiyot nazariyasi(B.X. Xodiyev , SH.SH.SHodmonov)


2.Abdullaev Yo. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 321-329 betlar.


3.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 81-92 betlar.


4.Abdurahmonov Q.H., Xolmo’ninov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 42-51 betlar.


5.Giddens Entoni. «Sotsiologiya». Toshkent: «Sharq»-2002 yil, 560-565 betlar.


6.Karimova. O., G’afforov Z. «Davlat va huquq asoslari». Toshkent:


«O’qituvchi»-1995 yil, 380-387 betlar.Internet saytlari


Ziyonet.uz


Lex.uz



tfi.uz
Yüklə 196,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin