6.1-rasm. Xarajatlarning turkumlanishi Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha harajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklanish) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing bo‘yicha tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har oyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo‘ladi.
Mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar elementlari qatoriga quyidagilar kiritilgan: