7.1. Daromad va foydaning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, turlari Sanoat korxonalari daromadi - foydasi to‘g‘risida tushuncha.
Daromad — keng ma’noda kirim bo‘lgan har qanday pul mablag‘lari yoki pul qiymatiga ega bo‘lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o‘z faoliyati natijasiga ko‘ra oladigan pul va tovar — moddiy tushum.
Ishlab chiqarish samaradorligi xar bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi xisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari xamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.