O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning mohiyati.
Maxsulot tannarxini tashkil etuvchi harajatlar qaysilar?
Harajatlarni qanday turkumlash mumkin? Harajatlar turkumlarini aytib bering.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turlarini ifodalab bering.
Moddiy harajatlar tarkibiga nimalar kiradi?
O‘zgaruvchan harajatlar deb nimaga aytiladi?
Kalkulyasiya nima?
Maxsulot tannarxini tashkil etuvchi ish haqqi harajatlari qaysilar?
Maxsulot tannarxini tashkil etuvchi amortizatsiya harajatlari nima?
Maxsulot tannarxi nima?
Maxsulot tannarxi qanday usullar bilan hisoblanadi?
Tannarxni pasaytirish manbalari va omillari.
Narx asosiy turlarining qisqacha tavsifini bering.
Narx siyosati nima?
7-Mavzu: Korxonaning daromadi va foydasi Reja: Daromad va foydaning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, turlari.
Foyda darajasiga ta`sir qiluvchi omillar
Korxonada foydani oshirish uso`llari
Rentabellikning ko`rsatkichlari va mohiyati
7.1. Daromad va foydaning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, turlari Sanoat korxonalari daromadi - foydasi to‘g‘risida tushuncha.
Daromad — keng ma’noda kirim bo‘lgan har qanday pul mablag‘lari yoki pul qiymatiga ega bo‘lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o‘z faoliyati natijasiga ko‘ra oladigan pul va tovar — moddiy tushum.
Ishlab chiqarish samaradorligi xar bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi xisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari xamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.