Iqtisodiy regulyatorlik funksiyasi. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy mexanizmidir. Ishlab chiqaruvchilar narx o‘zgarishiga qarab ish yuritadilar. U barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi. Masalan: «A» tovarga bo‘lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishga yo‘naltiradi va aksincha.
Raqobat vositasi funksiyasi. Ma’lumki raqobat ham bozor iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Raqobat turlarining eng muhimlaridan biri bu narx vositasidagi kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.
4. Hisob – kitob funksiyasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. SHu asosida u hisob-kitob funksiyasini bajaradi.
5.Sotsial himoya funksiyasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqi-chida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur ist’emolchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Qiymatni hisobga olish vazifasi. Tovarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, olingan natijalar va uning nafliligi narx yordamida hisobga olinadi.
6. Taqsimlash vazifasi. Narx vositasida daromadlar, mahsulotlar va iqtisodiy resurslar mulkdorlar, tarmoqlar, sohalar hamda hududlar o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Erkin bozor iqtisodiyotida narx asosan talab va taklif asosida tashkil topadi.
Agar erkin bozorda taklif ko‘p bo‘lsa tovarlarning narxi pasayadi va aksincha. Tovar kam bo‘lsa narx ko‘tariladi. Agar talab va taklif bir-biriga mos tushsa bozorda muvozanat narx tashkil topadi. Bu narxni biz bozor narxi deb ataymiz.
Oldinroq ta’kidlab o‘tganimizdek, u tovarning narxi bozorda, talab va taklif, ishlab chiqarish xarajatlari va naflilik asosida tashkil topadi. Bu birinchidan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, ikkinchidan, tovarning sifatini yaxshilashga undaydi. Bu esa o‘z navbatida raqobatda yutib chiqishga imkon bersa, ikkinchi tomondan aholini sifatli tovarlar bilan ta’minlashga sharoit yaratib beradi.
Kalit so‘zlar Mahsulot, harajatlar, maxsulot tannarxi, harajatlarni turkumlash, amortizatsiya, bevosita, bilvosita, noishlab chiqarish harajatlari, Narx, narx siyosati, monopol narxlar, bozor narxi, talab, taklif, narx siyosati, ulgurji narxlar, chakana narxlar.