Konchilik ishi va metallurgiya


-rasm. Xarajatlarning turkumlanishi



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə52/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

6.1-rasm. Xarajatlarning turkumlanishi
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha harajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklanish) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing bo‘yicha tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har oyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo‘ladi.

Mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar elementlari qatoriga quyidagilar kiritilgan:

  • amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari;

  • xodimlarga natural to‘lov shaklida beriluvchi maxsulotlar qiymati;

  • ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beriluvchi mukofot va boshqa to‘lovlar;

  • xar yillik mehnat va o‘quv ta`tili uchun amalga oshiriluvchi to‘lovlar;

  • qonunchilikka asosan ba`zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va x.k.;

  • shtatlar qisqarishi tufayli ishdan bo‘shatilgan xodimlarga to‘lanuvchi mablag‘lar.

Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi:

  • qonun xujjatlari bilan belgilangan normalar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash fondiga ijtimoiy majburiy ajratmalar;

  • nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga, bandlik fondiga ajratmalar.

Mahsulot tannarxidagi boshqa harajatlar:

  • qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobyudjet fondlarga o‘tkaziluvchi to‘lovlar va soliqlar;

  • chiqindilar uchun to‘lovlar;

  • korxona mulkini majburiy sug‘urtalash;

  • ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofotlar;

  • maxsulotni sertifikatlashtirish uchun bajarilgan ishlarga haq to‘lash;

  • xizmat safariga haq to‘lash;

  • yong‘inga qarshi kurash va qo‘riqlash muassasalariga haq to‘lash;

  • kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish,xodimlar tanlovini tashkil qilishga haq to‘lash;

  • aloqa xizmati, hisoblash markazlari, bank xizmatiga haq to‘lash;

  • asosiy fondlarni ijaraga olganlik uchun haq to‘lash;

  • nomoddiy aktivlarning eskirishi va x.k.




Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin