O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1. Ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi va mohiyati.
2. Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari nimalardan iborat?
3. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillarini sanang.
4. Ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplarini ifodalang.
5. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish deb nimaga aytiladi?
6. Ixtisoslashtirishning asosiy shakllari kaysilar?
7. Ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishning eng muhim masalalari nimalardan iborat?
8. Ishlab chiqarishni yiriklashtirish deb nimaga aytiladi?
9. Yiriklashtirishning afzalliklari va kamchiliklari?
10. Kombinatsiyalashtirish deb nimaga aytiladi?
11. Optimal ishlab chiqarish xajmi va sotish afzalliklari.
12. O‘rtacha yillik quvvatining formulasini ifodalab bering.
13.Ishlab chiqarish quvvati omillarini ta’riflang.
14.Ishlab chiqarish quvvati nimalar kiradi?
15. Mahsulot sifatiga tushuncha bering.
6-Mavzu.:Korxona harajatlari Reja: Korxona harajatlari tushunchasi va turlari.
6.1. Korxona harajatlari tushunchasi va turlari. Har bir korxona maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq harajatlarni amalga oshiradi. Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqalar) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish harajatlarini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari korxonaga maxsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko‘rsatadi, ya’ni maxsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan harajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin: