1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko‘ra:
- ishlab chiqarish harajatlari;
- noishlab chiqarish harajatlari.
2. Ishlab chiqarish resurslarining manbaiga ko‘ra:
- ichki harajatlar;
- tashqi harajatlar.
3. Maxsulot ishlab chiqarish xajmining o‘zgarishiga nisbatan:
- doimiy harajatlar;
- o‘zgaruvchan harajatlar.
4. Maxsulot tannarxiga olib borilishi jixatidan:
- bevosita harajatlar;
- bilvosita harajatlar.
5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan:
- maxsulot tannarxiga kiritiladigan harajatlar;
- davr harajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar;
- favqulodda zararlar.
Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish bilan bog‘liq quyidagi harajatlardan tashkil topadi:
- bevosita moddiy harajatlari;
- bevosita mexnatga xaq to‘lash harajatlari;
- ishlab chiqarishga taalluqli ustama harajatlar.
Bevosita maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan harajat turlari noishlab chiqarish harajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga:
- maxsulotni sotish bilan bog‘liq harajatlar;
- boshqaruv harajatlari;
- boshqa operatsion harajatlar va zararlar;
- favqulodda zararlar kiradi.
- tashqi harajatlar, o‘z maxsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni o‘z ichiga oladi (xomashyo, yoqilg‘i, transport, aloqa, soliq to‘lovlari).
- ichki harajatlar, binolar, asbob-uskunalar va boshqa sarflarning hammasini o‘z ichiga oladi.
Harajatlarning tarkibiy tuzilishi, ishlab chiqarish omillari bilan bog‘liqligi doimiy va o‘zgaruvchan harajatlarni paydo etadi.
O‘zgarmaydigan xarajatlar - doimiy harajatlardir. Bularga renta to‘lovlari, qarz foizi, reklama, ijara xaqi, oldindan to‘lanishi ko‘zda tutilgan maoshlar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar deb, ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to‘g‘ri proporsional bo‘lgan harajatlarga aytiladi.
Ularga ish xaqi, xomashyo, yoqilg‘i, tashish xarajatlari va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish hajmi oshsa, bu harajatlar ortadi, ishlab chiqarish hajmi kamaysa, harajatlar kamayadi.
Korxona ishlab chiqarish harajatlari turlari
Maxsulot tannarxini tashkil kiluvchi harajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, quyidagi guruhlarga taqsimlanadi.