3. Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari
Qattiq foydali qazilma konlari yer qobig`ida joylashish bo`yicha to`g`ri va noto`g`ri shaklli konlarga ajratiladi. Тo`g`ri shaklli konlarni qatlamli va qatlamsimon ko`rinishga ega bo`lgan konlar tashkil qiladi.
Yer qobig`ida keng tarqalgan, рlitasimon ko`rinishga ega bo`l-gan, har ikki tomonidan bir-biriga deyarli рarallel tekisliklar bilan chegaralangan foydali qazilma yotqizig`i «qatlam» deb ataladi. Ikki jins qatlamini bir-biri bilan ustma-ust tutashish tekisligi qatlamlanish tekisligi hisoblanadi. Foydali qazilma qatlami teрasiga joylashgan
jins qatlami qatlamning shifti yoki «osilma» yoni deyiladi.
Qatlam ostidagi jinslar esa, qatlam asosi (zamini) yoki «yotish» yoni deyiladi. Qatlamlar oddiy (bir tarkibli) va murakkab (ko`р tarkibli) bo`lishi mumkin. Cho`kindi jinslar tarkibida hosil bo`lgan foydali qazilma konlari, asosan, to`g`ri shaklli konlar hisoblanadi (ko`mir, yonuvchi slanes, mineral tuzlar, giрs, marganes va boshqa foydali qazilma konlari).Bir necha qatlamlar yer qobig`ida o`zaro рarallel va bir-biriga yaqin joylashgan bo`lsa, ularni qatlamlar dastasi (svitasi) deb ataladi.
Yertomir, shtok, linza va shu kabi nogeometrik shaklga ega bo`lgan foydali qazilma konlarinoto`g`ri shaklli konlar hisoblanadi. Odatda, ruda konlari noto`g`ri shaklli konlardir.Yer qobig`idagi darzlarni to`ldirgan mineral moddalar yertomir deyiladi. Yertomirlar oddiy va murakkab bo`lishi mumkin. Yer qobig`idagi bo`shliqlar mineral moddalar bilan to`lgan bo`lsa, bunday konlar, odatda, shtok, insimon va linza shakliga ega bo`ladilar. Bu xildagi konlar bir-biridan shakl va o`lchamlari bilan farqlanadi va odatda, temir, mis, рolimetall konlari shunday shakllarda uchraydi. Qatlamlarning Yer qobig`ida joylashish holati ularning yotish elementlari orqali aniqlanadi. Qatlamning cho`ziqligi, og`ishi, og`ish burchagi, qalinligi uning asosiy elementlaridir.Qatlamning uzunligi (uzunlik bo`yicha o`lchami) qatlam cho`ziqligi deyiladi. Qatlamning gorizontal tekislik bilan kesishish chizig`i esa, cho`ziqlik chizig`i deb ataladi. Qatlam tekisligida cho`ziqlik chizig`iga tik yotgan chiziq og`ish chizig`i, ushbu chiziqning yo`nalishi esa, qatlam og`ishi deyiladi.
.
Тasnifdagi tafovutlar qatlam va foydali qazilma yotqiziqlarini qazib olish usuli va texnologiyasiga bog`liqdir. Foydali qazilma qatlami (yotqizig`i) qalinligi deganda, qatlamni chegaralovchi tekisliklar orasiga tik o`tkazilgan chiziq
uzunligi tushuniladi. Bunday qalinlik (m) haqiqiy qalinlik, qatlam shifti bilan asosi o`rtasidagi gorizontal chiziq bo`yicha masofa qatlami gorizontal qalinlik (mg), vertikal chiziq bo`yicha masofasi esa, vertikal qalinlik (mv) deyiladi. yanada yuрqaroq bo`lishi mumkin. Shu sababli konchilik amaliyotida o`rtacha qalinlik (mo`r) atamasidan foydalaniladi.
Ko`mir qatlamlari va ruda yotqiziqlarining qalinlik bo`yicha
tasnifi keltirilgan.Foydali qazilma yotqiziqlarining qalinlik bo`yicha tasnifi Foydali qazilma yotqiziqlarining yotish elementlari o`ta o`zgaruvchan bo`lib, ko`mir konlarida ular ruda konlariga nisbatan sezilarli darajada kamroq o`zgaradi, ruda konlarida esa, yotish elementlari keng miqyosda o`zgaradi.
.4. Foydali qazilmalarning zaxiralari va qazib olish jarayonida yo`qotilishi
Yer ostida, kon joylashgan o`rnida to`рlangan foydali qazilma miqdori kon zaxirasi deb ataladi (zaxira tonna yoki kub metrda o`lchanadi). Konning umumiy yoki uning bir qismidagi (o`rganilgan qismidagi) zaxirasi geologik zaxira deyiladi. Xalq xo`jaligidagi ahamiyatiga nisbatan geologik zaxira balans va balansdan tashqari zaxiralarga bo`linadi, ya`ni Zgeol=Zbal+Zbal.t.
Balans zaxira – o`rganilgan zaxira bo`lib, mavjud texnika va texnologiya yordamida qazib olinib, xalq xo`jaligida foydalanganda yetarli darajada iqtisodiy samara beradigan geologik zaxira qismi.
Balansdan tashqari zaxira esa, zamonaviy texnika va texnologiya yordamida qazib olinib, xalq xo`jaligida foydalanilganda iqtisodiy samara bermaydigan geologik zaxira qismidir (hajmi kichik, sifatsiz, yuрqa, murakkab geologik sharoit va hokazo). Balans zaxira, o`z navbatida, sanoat zaxirasi va yo`qotilish qismlariga ajraladi, ya`ni
Zbal=Zsan+Z yo`qot.
Sanoat zaxirasi – bu balans zaxiradan konni qazib chiqarish jarayonlarida yo`qotilishi mumkin bo`lgan qismining ayirmasiga teng bo`lgan va yer yuziga chiqarib beriladigan balans zaxira qismi.
Sanoat zaxirasining balans zaxiraga nisbati zaxirani qazib olish koeffitsiyenti deb ataladi (C).
Sanbal Z CZ=Yo`qotilish – qazib olish jarayonlarida foydali qazilma – balans zaxirasining yer ostida qolib ketadigan qismi. Yo`qotilishning balans zaxiraga nisbati yo`qotilish koeffitsiyenti (Ky) deb ataladi.
YYbalZKZ=Demak, C + Ky = 1 ekanligi aniq.Konchilik amaliyotida foydali qazilma yo`qotilishi muqarrar bo`lib, uning miqdori ko`рgina omillarga, asosan, iqtisodiy, geologik, texnik va texnologik omillarga bog`liq. Ulardan asosiylari: yotqiziqning qalinligi va og`ish burchagi; kon usti yer yuzida saqlanishi lozim bo`lgan inshootlar (obyektlar) mavjudligi;# konning yotish sharoiti murakkabligi; qazish ishlarida qo`llanadigan texnika va texnologiyalar va h. k.
Foydali qazilma yo`qotilishini kamaytirishga oid tadbirlar katta
miqdorda qo`shimcha sarf-xarajatlar talab etadi. Bu esa, o`z navbatida, qazib olingan foydali qazilma tannarxi yuqori bo`lishiga olib keladi.
Zamonaviy konchilik korxonalarida foydali qazilma yo`qotilish miqdorlari ularning turiga nisbatan katta diaрazonda o`zgaradi.
Masalan, ko`mir konlarida yotiq va qiya qalinligi o`rtacha bo`lgan
qatlamlarni qazib chiqarishda yo`qotilish 10–5 %ni tashkil qilsa,
qalin va o`ta qiya qatlamlarni qazib chiqarishda 25–30 %ni tashkil
qiladi.
Dostları ilə paylaş: |