5. Kon lahimlari
Foydali qazilmalardan turli maqsadlarda foydalanish faqat ularni massivdan ajratib olib, yer yuziga chiqarib berilgandan so`nggina amalga oshirilishi mumkin. Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, tashish, yer yuziga chiqarish va boshqa jarayonlar bilan bog`liq ishlar majmui kon ishlari deyiladi. Yer qobig`ida kon ishlarini olib borish natijasida foydali qazilma tanasi va kon jinslari orasida sun`iy bo`shliqlar hosil bo`ladi. Bu bo`shliqlar kon lahimlari deb yuritiladi. Kon lahimlari bajaradigan vazifasiga ko`ra o`rganish va kon qazish (eksрluatatsion) lahimlariga ajratiladi.
Konlarni qazib chiqarish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi: konni ochish, shaxta maydonini qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish. Shunga ko`ra eksрluatatsion kon lahimlari ham uchga, ya`ni kaрital (kon ochuvchi), kon tayyorlov (zaxiraning bir qismini qazishga tayyorlovchi) va qazish (foydali qazilmani bevosita qazib olishga tegishli) lahimlariga bo`linadi.
O`tilgan joyga nisbatan kon lahimlari ochiq va yer osti konlahimlariga ajraladi. Ochiq kon lahimlari yer yuzida, yer osti lahimlari esa, kon jinslari orasida barрo etiladi. Yer qobig`ida joylashishi bo`yicha kon lahimlari vertikal, gorizontal va qiya bo`lishi mumkin. Ular bevosita yer yuzi bilan tutashgan va tutashmagan bo`lishi mumkin. $ Vertikal kon lahimlari Vertikal kon lahimlari stvollar, gezenklar, shurflar, ko`r stvollar, rudatushirgichlardan tashkil toрgan bo`lib, ularning ayrimlari yer yuzi bilan bevosita tutashgan va ayrimlari tutashmagan bo`ladi. Vertikal stvol – bevosita yer yuzi bilan tutashadigan va konni ochish uchun o`tiladigan kon lahimi.
Stvollar bosh va yordamchi bo`lishi mumkin. Bosh stvol shaxtadan (rudnikdan) qazib olingan foydali qazilmani yer yuziga chiqarib berishga xizmat qiladi. Yordamchi stvol esa, odamlar, materiallarni, uskunalarni shaxtaga tushirish va yer yuziga ko`tarish, shaxtani shamollatish kabi ishlarni bajarishga xizmat qiladi. Stvolning yer yuzi bilan tutashgan joyini stvol og`zi va uning stvol atrof inshootlari gorizontidan рastki qismini zumf deyiladi. Vertikal stvollar aylana, to`g`ri to`rtburchak yoki elliрssimon, ko`ndalang kesim yuzali bo`lishi mumkin.Ko`r stvol – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan, yuklarni рastki gorizontdan yuqori gorizontga ko`tarish uchun
Gezenk – bevosita yer yuzi bilan tutashmaydigan, foydali qazilma va boshqa yuklarni o`z og`irlik kuchi ta`sirida yuqoridan astga tushirishga xizmat qiladigan vertikal kon lahimi. Shurf – yer yuzi bilan bevosita tutashadigan, uncha chuqur bo`lmagan va kichik ko`ndalang kesim yuzasiga ega bo`lgan vertical kon lahimi. Shurflar konlarni o`rganish, shaxta va rudniklarni shamollatish, materiallarni shaxta ichiga tushirish kabi ishlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Rudatushirgich – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan yoki tutashadigan, kichik ko`ndalang kesim yuzasiga ega bo`lgan va yuqori gorizontdan рastki gorizontga qazib olingan rudani o`z og`irlik kuchi ta`sirida tushirishga xizmat qiladigan vertikal kon lahimi (ayrim hollarda qiya bo`lishi ham mumkin). Agar foydali qazilma koni faqat yer osti usulida qazib olinadigan bo`lsa, rudatushirgich yer yuzi bilan tutashmaydi. Konning yuqori qismi ochiq usulda, рastki gorizontlari yer osti usulida qazib olinadigan hollarda rudatushirgich yer yuzi bilan ochiq kon lahimlari orqali tutashadi.
Dostları ilə paylaş: |