Konfliktlar psixologiyasi


ASOSIY QISM l. BOB. KONFLIKT SABABLARI VA MOTIVLARI



Yüklə 12,94 Kb.
səhifə3/3
tarix06.06.2023
ölçüsü12,94 Kb.
#125819
1   2   3
kurs ishi 2

ASOSIY QISM
l. BOB. KONFLIKT SABABLARI VA MOTIVLARI.

  1. Jamiyatdagi sababiy bog’liqlik. Ijtimoiy muhitda sababiylik ko’p

murakkablik va chalkashlik bilan xarakterlanadi. Har bir ijtimoiy harakat turli-tuman va aksariyat hollarda ziddiyatli hodisalarni keltirib chiqaradi. Konfliktlarning asl sabablarini aniqlash esa, hodisalar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning butun zanjirini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi. Turli konfliktlardagi taraflar hatti-harakatlari sabablarini tahlil etishda ularning odatda o’z manfaatlarini qondirishga bo’lgan intilishlaridan iborat ekanligini tushunish qiyin emas. Faraz, o’ch olish, hasadgo’ylik, ko’rolmaslik, nosamimiylik, araz, qabul qilingan qarordan qoniqmaslik, bugungi kunda yoki kelgusida o’zini moddiy jihatdan ta’minlashga bo’lgan intilish sud amaliyotida uchrab turadigan turmush konfliktlari sabablarining aksariyati hisoblanadi. Guruhiy konfliktlarning motivlari xam bulardan farqlansa-da, ular xam o’ziga xos xilma-xil, masalan, iqtisodiy qiyinchiliklar, siyosiy ehtiroslar, rahbarlikka intilish, milliy g’urur va sh.k. Xalqaro maydonda davlatlar hatti-harakatlari motivlari ham shu kabi turlicha bo’lishi mumkin. Aslini olganda konfliktlar sabablari hozirgi hayotning butun murakkabligini aks ettirishga qodir. Aytish joizki, ―Konflikt tahlili quyidagilar :
-vaziyat sabablari va tarixini, shuningdek, joriy hodisalarni tushunish ;-faqat asosiy yoki aniq ko’rinib turgan taraflarni emas, balki konfliktga jalb
qilingan barcha ishtirokchi (guruh)larni aniqlash ;
-barcha bu ishtirokchi(guruh)larning nuqtai nazarlari va ularning o’zaro
munosabatlarini bilish ;
-konflikt negizida yotgan omillar va tendensiyalarni aniqlash ;
-muvafaqqiyatsizliklar va yutuqlardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarish
uchun zarurdir.
Konflikt tahlili bu bir martalik tadbir emas, u o’zgaruvchan omillar, dinamika lI. BOB. KONFLIKT CHEGARALARI
1. Konflikt haqida umumiy tushuncha.
So’nggi vaqtlarda zamonaviy jamiyatlardagi insonga bo’lgan turli ilmiy-texnik, ma’naviy, iqtisodiy ta’sirlarning haddan ziyod ortib borishi, zamonaviy jamiyatlarda yashash tarzining murakkablik tomon ortib borayotganligi odamlar to’qnash kelishi mumkin bo’lgan turli konflikt vaziyatlarni ham oshiradi. Hech bir inson o’zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilingan deb hisoblay olmaydi. Chunki konfliktlar ba’zan qo’qisdan, hech kutilmagan holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi bo’lib, hech bir inson konfliktlardan o’zini -kafolatlanganman deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik davrlarimizdan konflikt vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo’l va usullarini qidiramiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, konflikt ijtimoiy xodisa hisoblanadi. Chunki u ko’pchilik insonlarning kundalik turmush tarziga oid voqea va hodisalarni qamrab oladi hamda konflikt rivojidan har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o’rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko’rishi mumkin. Ulg’ayganimiz sari konflikt voqea, hodisalar o’z kuchi va ta’sirini ham kuchaytirib boradi. Ammo biz konflikt nimaligini bilamizmi? Har doim ham konflikt vaziyatga tushib qolganda o’zimizni to’g’ri tutamizmi? Konflikt bizning hayotimiz uchun tahdid ko’rsatadimi? Konfliktning o’z ichki tabiati qanday? Konfliktdan qanday qutilish va yoki undan qanday chiqib ketish kerak? Ziddiyat qanday qonuniyatlar asosida rivojlanadi? Nizoni rivojlantiruvchi omillarni oldindan bartaraf etsa bo’ladimi? Inson ziddiyatlarsiz yashashga o’rganishi mumkinmi?! Mana shunday savollar ko’pchilikni o’ylantirishi tabiiy. Har bir inson konfliktlar bilan to’qnash kelishi aniq bo’lganligi sababli konfliktlar hakida keng bilimlarni tarbiyalash va shakllantirish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Shu bois konfliktlar to’g’risida ham nazariy bilimlar, ham amaliy





Yüklə 12,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin