яширин имкониятлар ва муаммонинг янги қирраларининг очилишига сабаб бўлади;
муаммо ечимининг янги йўл-йўриқлари, имкониятлари ва усулларини кашф этади;
ишонч, самимийлик, ҳамкорлик ва ҳақиқатни тан олишга қаратилган янги муносабатлар қурилишига сабаб бўлади;
одамларни умумий ғоялар асосида бирлаштиради;
самимий ва очиқ, илиқ мулоқот учун имкон яратади ва шундай муносабатларга инсонларни ўргатади;
ўз фикр ва ўйларингизга аниқлик киритишга ва ўз позициясини қайта кўриб чиқишга мажбур қилади.
Конфликтнинг вайрон қилиш имконияти:
Konflikt kuyidagi hollarda vayron etish imkoniyatiga ega bo‘ladi:
konflikt yechimi topilmasa va uni boshqarish imkoniyati boy berilsa;
g‘azab, jahl, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos xislarining kelib chiqishiga sabab bo‘lganda;
juda qattiq stressga olib kelganda;
odamlar o‘rtasida uzoq muddatli nizo va ixtilof vujudga keltirganda;
pashshadan fil yasab, kichkina muammoni katta mojaroga aylantirganda;
zo‘ravonlik va urushga sabab bo‘lganda.
Afsuski, hayotda ko‘pchilik hollarda konflikt zo‘ravonlik bilan tugaydi. Chunki ko‘pchilik konfliktlarning asl mazmuni va mohiyati bo‘yicha maxsus bilimlarga ega emas.
Konfliktlar bo‘yicha odamlar orasida turli stereotiplar mavjud. Bu holatlar konfliktlarning asl mazmuni va mohiyatini, inson hayotida tutgan o‘rnini to‘g‘ri baholamaslik va bilmaslik oqibatida ro‘y beradi. Ana shunday stereotiplardan, ongimizga o‘rnashib qolgan noto‘g‘ri tushunchalardan ba’zilarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, konfliktlar mazmunini yanada oydinroq tasavvur etgan bo‘lamiz.
Stereotiplar, ongimizga o‘rnashib qolgan ba’zi noto‘g‘ri tushunchalar: