Ko’ngil tog’ o’ldi



Yüklə 20,73 Kb.
səhifə1/2
tarix23.05.2022
ölçüsü20,73 Kb.
#59177
  1   2
shaxi refirat

REJA:

  1. Shoira hayoti va faoliyati haqida

  2. “Ko’ngil tog’ o’ldi” g’azali


  3. Shoira chistonlari haqida


Xonliklar davri o'zbek shoiralarining mashhur vakillaridan biri Uvaysiydir. XIX asr xalqimiz tarixida shoiralarning butun bir shodasini maydonga keltirdi. Bular Uvaysiy, Nodira, Dilshod otin, Mahzuna, Anbar otin, Nozimaxonim kabilar edi. Bu ro'yxatning boshida, shubhasiz, Uvaysiy turadi. Jahon otin 1789 — 90- yillarda Marg'ilonda ziyoli oilada tug'ildi. Otasi Siddiq kosiblik bilan shug'ullansa-da, madrasa ko'rgan, she'r va musiqaga oshno kishilardan edi. El orasida „Hofiz bobo" nomi bilan tanilgan bo'lib, o'zbekcha va tojikcha she'rlar bitardi. Onasi Chinnibibi maktabdor otin edi. Qizlarga dars berardi. Akasi Oxunjon hofiz ko'zga ko'ringan xonanda va sozandalardan bo'lgan. Jahon otin shu muhitda o'sib- ulg'aydi. Juda erta savodi chiqdi, otasi ko'magida arab, fors tillarini o'rgandi. She'rga, musiqaga ko'ngil qo'ydi. Ilk she'rlari bilanoq atrofdagilarning diqqatini tortdi


Jahon otin o'n yetti yoshida marg'ilonlik Hojixon ismlik bir kishiga turmushga uzatildi. Hojixon ma'rifatli, so'z va sozni xush ko'rgan kishilardan edi. Shu sababli ular bir-birlari bilan ahil va inoqlikda yashadilar. Muhammadxon ismli farzand ko'rdilar. Jahon otinning „Uvaysiy" taxallusi bilan bitilgan she'rlari xalq orasiga yoyila bordi va uning dovrug'i bu vaqtlarda Marg'ilon hokimi bo'lib turgan Umarbekning umr yo'ldoshi shoira Nodirabegimga ham yetib bordi. Ikki oila bir-biri bilan yaqinlashib, Oxunjon hofiz saroy sozandasi qilib olindi. Hojixonga esa, hokimlikdagi martabalardan biri in'om qilindi. Biroq bu kunlar uzoq davom etmadi. Hojixon erta vafot etdi. Jahon otin yakka-yolg'iz o'g'li-yu bo'yidagi homilasi bilan qoldi. Ko'p o'tmay, qizi Quyoshxon tug'ildi. Bu vaqtlarda Umarxon Qo'qon xoni, Nodirabegim malikai davron edi.

Nodirabegim Uvaysiy oilasini Qo'qonga ko'chirtirib keladi va ularning do'stona munosabatlari 1842- yil fojiasiga qadar davom etadi. Uvaysiy saroyda ekan, qizlarga xat-savod o'rgatadi, she'r va musiqa ta'limi bilan shug'ullanadi. Uning otin nomini olishi bejiz emas edi. Mutaxassislar shoira o'z faoliyati davomida ko'plab shogirdlar chiqarganini, ular orasida iste'dodli qalam egalari bo'lganini xabar beradilar. Biroq shoiraning 1842- yilgacha bo'lgan hayoti ham bir tekis kechgan emas. 1822- yilda Amir Umarxon vafot etib, o'rniga o'g'li Muhammad Alixon o'tirgach, Uvaysiy xonadoniga notinchlik kirib keladi. Xon shoiraning o'g'li, 14—15 yoshli Muhammadxonning „Majnun" taxallusi bilan durustgina she'rlar bitishidan xabar topib, saroy xizmatiga mahram qilib oladi. Shu orada, Uvaysiy bilan Muhammad Alixon orasida gap qochadi va xon shoiraning o'g'lini sarboz sifatida Qashqarga harbiy yurishga jo'natib yuboradi. Uvaysiyga o'g'lini qayta ko'rish nasib etmaydi. Bu narsa shoiraga qattiq ta'sir qiladi. She'rlarida ayriliq ohangi kuchayadi. Uvaysiy Nodirabegimdan ijozat olib, Marg'ilonga qaytadi. Butun mehrini qizi Quyoshxonga berib, uning tarbiyasiga kirishadi.

Quyoshxon har jihatdan mukammal bo’lib, voyaga yetadi. „Xokiy" taxallusi bilan ajoyib she'rlar bitadi. Uni balog'atga yetgach. marg'ilonlik Abdusamad qori degan yigitga uzatadilar. Qori ilm-ma'rifatdan uzoq, mutaassib bir kishi edi. U Quyoshxonning she'r va musiqaga bo'lgan har qanday qiziqishini taqiqlab qo'yadi. Har bir xatti-harakatini ta'qib va tazyiq ostiga oladi. Bularga chiday olmagan Quyoshxon 1839- yilda o'ttiz yoshida vafot etadi. Uvaysiy qizidan bir yoshda qolgan nabirasi Bibi Xadichani tarbiya qila boshlaydi. Biroq bu tarbiya 1850- yilda shoiraning vafoti bilan uzilib qoladi. Qizig'i shundaki, Bibi Xadicha ham „Azmiy" taxallusi bilan she'rlar yozgan. U Andijonning Mingtepasidan bo'lgan Abduqodir degan kishiga uzatilgan edi. Uning qizi Xoljonbibi ham „Mag'ziy" taxallusi bilan tanilgan shoira edi. Uvaysiy merosi bizga asosan, mana shu Xoljonbibi orqali yetib kelgan.

XX asrning 60- yillarida olimlarimiz Andijon viloyatining Marhamat tumanida Uvaysiy avlodlari yashayotganini aniqlab, shoiraning chevarasi Xoljonbibi bilan uchrashishga va anchagina ma'lumotlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldilar. Uvaysiyning she'riy devoni topilib, 1983- yilda „Ko'ngil gulzori" nomi bilan nashr etilgan.

Uvaysiy she'riyati ham, birinchi navbatda, ishqiy she'riyatdir. O'tmishdosh va zamondoshlarinikidan farqi shundaki, unda ayol kishining kechinmalari bo'rtib ko'rinib turadi. Masalan, undagi mahbub — boshiga salla o'ragan yigit. Shoiraning lirik „men"i o'z mahbubini sog'inadi. Ishqida kecha-kunduz nola chekadi. Holbuki, Uvaysiyga qadar sevish va u haqda yozish ham asosan erkaklarga xos sifatlar deb qaralgandi. Uvaysiy ayolning gulday nozik qalbi tebranishlarini o'zbek adabiyotiga olib kirgan ijodkorlardandir.

Oh, gulruxsora jonon, xordurman ishqida,

Dil aro qoh, siynasi afgordurman ishqida

deb boshlanadi uning g'azallaridan biri. Lekin ko'p o'tmay, bu ishqning mazmuni ancha kengayadi, ilohiy ohanglar kasb eta boshlaydi. Shoiraning g'azal maqta'sida o'zini „ramz matoi bozori" ekanini ta'kidlashi ham buni yaqqol ko'rsatadi:

Gar kishi bo'lsa xaridori Uvaysiy ichra bor,

U1 matoyi ramzg'a bozordurman ishqida.

Aslida, sinchiklab qaragan kishiga bunga ishora g'azalning matla'sida ham borligi ma'lum bo'ladi. Chunonchi, gulyuzli (gulruxsora) jononga xitoban ishlatilgan ,,xordurman" so'ziga ham ikki ma'no joylangan edi: qadrsizlanmoq va tikan. Tikan — gulning doimiy hamrohi. U bu gulning g'unchaligida ham hamroh edi. Shuning o'ziyoq bu ishqning azaliy, demakki ilohiy ekanligiga dalildir. Lekin bu xil satrlar ko'p emas. Aksincha, shoira she'rlarida maishiy turmush lavhalari, umrni g'animat sanash, undan zavq va surur ola bilish, qadrlashga da'vat kuchli. Shunday yashamoq kerakki, ko'ngilda armon qolmasin.

Uvaysiy jahondin o'tti, murodig'a yetmadi,

To'ymoqqa rasm yo'qdur qorin suygan oshga.

Shoira ,.Suygan oshga qorin to'ymas" maqoli yordamida o'zjning muhabbat bilan to'la kechgan oilaviy hayotiga baho berayotganday. U Hojixon bilan baxtli hayot kechirdi. Bir-birlarini tushunib, bir-birlaridan ilhom olib yashadilar. Biroq birgalikdagi bu hayot g'oyat qisqa bo'ldi. Shoira unga to'ymay qoldi. Irsoli masal (she'rda biror maqol yoxud hikmatli sp'z yordamida fikrni ifodalash) muallifning maqsadini ham, hayotiy fojiasini ham maromiga yetkazib anglatadi. Chindan ham u sevgan yor har jihatdan go'zal, betimsol edi. Shoira she'rlarida yorning timsoli shunday chiziladi:


Qadding nozuk, qoshing nozuk, ko'zung nozuk,

labing nozuk,

Tiling nozuk, so'zung nozuk, tishing durri Adan, nozuk.
Shoira boshqa ijodkorlardek o'zini chetda tutib turmaydi, yerga urmaydi. Aksincha, o'zini ham unga tamomila munosib hisoblab, „ikki ko'ngul", „ikki tan"ni bir-biriga qovushtirish — „vasl" va „anjuman" taklifi bilan chiqadi:
Iki nargis, iki ko'ngul, iki tan, ikki jon birlan,

Birin biriga vasl aylab, qiloli anjuman nozuk.


Quyidagi satrlar esa, shoiraning baxtli kunlaridan yodgorlikdek taassurot qoldiradi:
Dedi bir kun menga ul mahvash'im: „Ey, sho'xi beparvo!"
Men aydim: „Sen dema, men deyki: solding boshima
savdo!"

Misralarda bir-birini tushunadigan, ayaydigan, o'zaro navozish-u erkaliklari bor sevishganlargagina xos holat aks etadi. Ma'shuqa oshiq hajridan chekkan iztirobini an'anaviy yo'sinda ifoda etishdan tortinmaydi:


Ato qildi xudo menga seningdek dilbari barno,
Visoling qatrayedur, mavj urar hajring bo'lub daryo!

Shoiraning „Aylanayin", „Netayin" radifli g'azallari ham o'z samimiyati, o'zbekona lutfi-marhamati bilan yoqimli taassurot qoldiradi.

Uvaysiy devonidagi g'azallar orasida o'g'li Muhammadxon sog'inchi bilan bog'liqlari ham bor. Hatto she'rlaridan biri „Sog'indim" radifi bilan yozilgan bo'lib, unda farzand sog'inchi ochiq ko'rsatilgan:
Bugun, ey do'stlar, farzandi jononimni sog'indim,
Gado bo'lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog'indim.

Shoiraning ijtimoiy-tasavvufiy qarashlarini belgilashda uning 


Yüklə 20,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin