„Zamona kulfatidin bu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi" hamda „Uvaysiyman" radifli ikki g'azali alohida o'rin tutadi. Har ikki she'rda hayotning inson boshiga yog'diradigan turfa sitamlari shoiraning shaxsiy fojialari bilan teran bog'liqlikda ochib beriladi. Mana, ulardan birining matla'si:
Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman.
Shoira Alloh dardida yashaydiganlarga oshno bo'lishni istaydi, shunga tayyorligini izhor qiladi. G'azalning keyingi satrlarida o'z holatini asoslaganday bo'ladi. Ya'ni bu olamda vafo ahlini izlab topolmagani uchun ham „barchadin ko'z yumgani"ni bayon etadi. She'rning uchinchi baytida so'fiyona maqsad oshkor aytiladi:
Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: „Mosivo Uvaysiyman!"
Shoira Allohga olib boradigan yo’lidan boshqa barcha narsadan aloqani uzishni, Yaratgan muhabbatidan o'zga hamma narsadan mahrum bo'lishni orzu qiladi. G'azalning keyingi baytlarida bu tuyg'u yanada yorqin namoyon bo'ladi:
Faqr borgohiga qo'ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo'lsa, jon fido Uvaysiyman.
Faqirlik — tariqat yo'liga tushgan yo'lovchi bosib o'tishi lozim bo'lgan asosiy manzillardan biri. Shu yo'lga tushgan odamdan shoira hech narsani, hatto jonini ham ayamasligini bildiradi. Uvaysiyning Allohga muhabbatida ham o'zbek ayoliga xos bosiqlik, nazokat, hayo sezilib turadi. U Mashrab singari isyonkorlik qilmaydi yoki Mansur singari dor da'vosini etmaydi. Lekin uning ham dilidan had bilmas muhabbat joy olgan. Shu bois:
Uvaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman
deydi she'r maqta'sida shoira. Chindan ham o'zini har tomonga tashlamagani, muhabbatining otashin harorati haqida bong urmagani uchun uni ilohiy ishqdan, komillik yo'lidagi azoblardan yiroq deyish to'g'ri emas. Solikning ilohiy ishqi — yashirin va davosiz.
Uvaysiyning „Zamona kulfatidin bu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi" tarzida boshlanadigan g'azalida odamlar nokomilligidan, nafs manfaati yo'lidagi qilmishlari sabab pokiza tuyg'ular ularni tark etganligidan ozorlangan ezgu qalb egasining sezimlari aks etadi. Yassaviy bir zamonlar nodonlardan qochishni kuylagan bo'lsa, Uvaysiy ham „Bu ko'tohfahm mardumdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi",— deya zorlanadi. Chindan ham odamni tushunishdan yiroq kaltafahm odamlar ko'pligi kishining hayotini qorong'ulikka botiradi. Ko'ngil dog'ligiga sabablardan biri uning ochilmasligida: „Ochilmay gulsifat ushbu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi". Shoira ijtimoiy tuzum, siyosiy adolatsizlik haqida emas, balki odamlarning o'zaro munosabatlaridagi aldov, yolg'on, nosamimiylik singari illatlardan ozorlanadi va uning nozik qalbi qayta-qayta „dog' o’la" veradi.
Shoiraning devonida mustazod, muxammas, tarji'band, tarkibband, chistonlar ham bor. Ularda ham, tabiiyki, sihoira g'azallaridagi fikr va ohanglar davom etadi. Umumishqiy mazmundan tashqari, Uvaysiy tarjimayi holi tafsilotlari ham qalarnga olinadi. Bu borada uning bir tarji'bandi diqqatga sazovor. Tarji'band Muhammad Alixonga shikoyat shaklida yozilgan. Og'izdan-og'izga o'tib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Uvaysiy Qo'qonda Nodirabegim in'om etgan hovlida yashab turganida, Qashqardan kelgan Hasan degan uysiz baqqolga omonatga joy beradi. Biroq u ko'p o'tmay, tovlamachilik yo'li bilan ushbu hovlini o'ziniki qilib olishga erishadi. Ushbu she'rning dastlabki ikki bandini keltiramiz:
Qil amon, yo rab, aduvlar mojarosidin meni, Saqlag'il osiy bu mardumning izosidin meni,
Ser ayla lutfi sultonlar atosidin meni,
Qil judo bul baxt-u tole'lar qarosidin meni, Qutqar, ey xonim, Hasan boqqol balosidin meni, Qilg'on ul behuda ham jabr-u jafosidin meni.
Shoira bu asarida komillikka intilgan bir solik sifatida odamlarning ma'rifatsizligidan yozg'irmaydi, balki adolatsizlikka duch kelgan oddiy bir jabrdiyda sifatida shikoyat qiladi. Uning qalbini ayrim odamlarning qabihliklari, yaxshilikka yomonlik qila olishi larzaga soladi.
Uvaysiy bir qator she'riy topishmoq — chistonlar ham yaratgan. Ulalrdan anorga bag'ishlangani xalq orasida juda mashhur. Aslida shoira zamonida bu mavzuda ko'plab asarlar yozilgan. Ularning aksariyati bir-biriga o'xshaydi. Amir Umarxonning 1816- yildagi O'ratepaga yurishida asira qilib olib kelingan o'n olti yoshlik Dilshodi Barnoda ham shunga o'xshashroq she'r uchraydi. Lekin anor timsolida haramdagi „bag'ri qon" qizlarni ko'rish saroyga yaqin bo'lgan va uni yaxshi bilgan Uvaysiydan boshlangan bo'lishi ehtimolga yaqinroq. O'sha mashhur chistonida Uvaysiyning badiiy mahorati, odamga xos sifatlarni narsalarda ko'ra bilish san'ati yaqqol namoyon bo'ladi:
Ul na gumbazdur, eshig-u tuynugidin yo'q nishon, Necha gulgunpo'sh qizlar manzil aylabdur makon? Sindirib gunbazni, qizlar holidin olsam xabar, Yuzlariga parda tortilgan, yoturlar bag'ri qon.
Uvaysiy uchta doston ham yozgan. Bular: „Voqeoti Muhammad Alixon", „Shahzoda Hasan haqida doston", „Shahzoda Husayn haqida doston". Birinchisi — Muhammad Alixonning Qashqar safariga bag'ishlangan bo'lib, tugallanmay qolgan. Asarda xonning tuzilishi, taxtga chiqishi va safarga otlanishi voqealari berilib, Marg'ilonda onasi bilan xayrlashib, yo'lga tnshishi bilan uziladi. Keyingi ikki doston esa islom olamining mashhur shaxsiyatlaiidan hazrat Alining o'g'illari Imom Hasan va Imom Husayn voqealariga bag'ishlangan. Chunonchi, Imom Hasanning Muoviya bilan bo'lgan janglari va xiyonatkorona o’ldirilishi tasvirlangan. Shahzoda Husayn voqealari esa, Karbalo dashtida yuz bergan edi. Imom Husayn va uning farzandlari Yazid bilan bo'lgan tengsiz jangda shahid bo'ladilar. Shundarii buyon Dashti Karbalo Chiqish she'riyatida shahidlar qoni to'kilgan mo'tabar bir joy sifatida ramziy ma'no kasb etib keladi.
Uvaysiy o'z she'rlari bilan o'zbek shoiralarning adabiyot olamiga zafarli yurishini boshlab berdi. She'riyatimizni yangi ohang va tuyg'ular bilan boyitdi. Ayol qalbining nozik va murakkab kechinmalarini ifoda etdi.
Dostları ilə paylaş: |