7.2.
Dissertatsiya
7.3.
Maqolalar
7.4.
Monografiyalar
7.5.
Tahliliy materiallar
8.
Elektron davriy nashrlar
8.1.
To‘liq matnli nashrlar
8.2.
Ta’lim saytlari
8.3.
Dasturiy mahsulotlar
8.4.
Ta’lim muassasalari uchun dasturiy kompleks
2.5. Fan bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy majmualar yaratish uslubiyoti
Elektron ta’lim resursining asosiy tarkibiy qismi –fan bo‘yicha o‘quv
uslubiy majmua hisoblanadi. Hozirgi kunda o‘quv-uslubiy
majmua tarkibi
bo‘yicha turli xil tavsiyalar mavjud bo‘lib, ularda majmuaning turli
komponentllari yoritilgan. Lekin, bizning fikrimizcha o‘quv-uslubiy
majmua tarkibining to‘liq, mukammal varianti asoslanmagan.
O‘quv-metodik majmua (O‘MM) – davlat ta’lim standarti va fan
dasturida belgilangan, bilim, ko‘nikma, malaka va kompeten-siyalarni
shakllantirishni, o‘quv jarayonini
kompleks loyihalash asosida
kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o‘rga-nishni
hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv–uslubiy manbalar,
didaktik
vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, baholash
metodlari va mezonlarini o‘z ichiga oladi.
Fanning o‘quv-metodik majmuasi tarkibining mazmuni Davlat ta’lim
standarti asosida tuzilgan fan dasturiga muvofiq, ilm orqali bilim olish,
to‘liq o‘zlashtirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi va
mustaqil
ta’lim olish texnolologiyalari, tamoyillari va talablari asosida ishlab chiqiladi.
Fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmuaning soddaroq varianti tariqa-
sida quyidagi namunaviy tarkibni tavsiya etish mumkin:
Dostları ilə paylaş: