-
Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi.
-
Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.
-
Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo`lishi va rivojlanishi.
-
Xalqaro integratsiyaning kuchayishi.
Yuqorida sanab o`tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o`qitishga
ehtiyoj borligini ko`rsatadi. Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga
quyidagilar kiradi:
1)
Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha
o`quvchilar, talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek ta’lim
olish imkoniyatini yaratib berish.
2)
Yetakchi
universitetlar,
akademiyalar,
institutlar,
tayyorlov
markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish
institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim berish
potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini
oshirish.
3)
Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda
qo`shimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
4)
Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo`lgan ehtiyojini qondirish va
ta’lim muhitini kengaytirish.
5)
Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
6)
Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim darajasini
ta’minlash.
Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim
kompleksini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi.
Oliy ta’lim tizimida bu kom
pleksni joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Respublika
miqyosidagi barcha Oliy ta’lim maskanlari (OTM) kompyuter, axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari bilan yaxshi ta’minlangan. Ularning barchasi
Internet tarmog`iga ulanganlar. Ushbu texnologiyalarni ta’lim tizimiga keng
joriy etish OTMlari oldiga qo`yilgan ko`p muammolarni o`z paytida xal
etishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: