Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari
bilan farqlanadi.
Moslashuvchanlik
– Ta’lim oluvchiga o`ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta’lim
olish imkoniyati mavjudligi.
Modullilik
– Bir biriga bog`liq bo`lmagan mustaqil o`quv kurslari to`plamidan
- modullardan individual yoki guruh talabiga mos o`quv
rejasini tuzish
imkoniyati mavjudligi.
Parallellik
– O`quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya’ni
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi.
Keng qamrovlilik
– Ko`p sonli o`quvchilarning bir vaqtning o`zida katta
o`quv (elektron
kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar)
zahiralariga murojaat qila olishi. Bu ko`p sonli o`quvchilarning
kommunikatsiya vositalari yordamida o`zaro va o`qituvchi bilan muloqotda
bo`lish imkoniyati.
Iqtisodiy tejamkorlik
– O`quv maydonlari,
texnika vositalari, transport
vositalari va o`quv materiallaridan samarali foydalanish, o`quv materiallarini
bir joyga yig`ish, ularni tartiblangan ko`rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga
ko`p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun
ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.
Ijtimoiy teng huquqlilik
– Ta’lim oluvchining yashash joyi, sog`lig`i va
moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli ta’lim
olish imkoniyati.
Dostları ilə paylaş: