Karimov Ravshanjon Abdufattoyevich Farg’ona davlat universiteti, Harbiy ta’lim fakulteti ,Manaviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha boshlig’ o’rinbosari Muxtorov Sardorbek Baxtiyorjon o’g’li Farg’ona davlat universiteti, Harbiy ta’lim fakulteti, 3-bosqich talabasi Kryukov Timur Odilovich Farg’ona davlat universiteti, Harbiy ta’lim fakulteti, 3-bosqich talabasi
Konstitutsiya –baxtimiz qomusi
Annotatsiya: Ushbu maqolada, O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi yaratilishidan boshlab, to hozirgi kunga qadar xalqimiz tinchligi va farovonlligi uchun qo’shgan hissasi haqida so’z borgan.
Kalit so’zlar: Stalin konstitutsiyasi, suveren, tinchlik, qomus, Yangi O’zbekiston
O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganidan uch yil o‘tib, 1927 yilda qabul qilingan. 1936 yilda SSSRning yangi Konstitutsiyasi ("Stalin Konstitutsiyasi" deb ataladi) qabul qilindi, uning namunasida 1937 yilda qabul qilingan O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi yaratildi. Oʻzbekiston SSSRning uchinchi va oxirgi Konstitutsiyasi 1978-yilda qabul qilingan boʻlib, u 1977-yilgi SSSR Konstitutsiyasidan namuna olingan.
1991-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Sovet Ittifoqidan mustaqil deb eʼlon qilinganidan keyin Oʻzbekiston SSRning amaldagi konstitutsiyasini mustaqil davlatning yangi Konstitutsiyasi bilan almashtirish masalasi koʻtarildi. Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi, uning tarkibiga uchta faoliyat sohasi: siyosiy, huquqiy va iqtisodiy soha vakillari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.
O‘zbekistonning milliy bayrami – Konstitutsiya kuni mamlakatimizda har yili 8 dekabr kuni nishonlanadi. 1992-yilning shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida mamlakatimizning Asosiy qonuni – O‘zbekiston mustaqil suveren davlat sifatidagi Konstitutsiyasi bir ovozdan qabul qilindi.
Shu kuni Respublika Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni milliy davlat sifatida e’lon qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni imzoladi. bayrami”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini kuchga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi ekspertlari, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa ko‘plab mamlakatlar olimlari, huquqshunoslari ekspertizasidan o‘tdi, unda demokratiyaning asosiy qoidalari mustahkamlandi:
- O'zbekiston - suveren demokratik respublika (1-modda);
Davlat xalq irodasini ifodalaydi, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida javobgardirlar (2-modda);
- xalq davlat hokimiyatining yagona manbaidir (7-modda);
– O‘zbekiston xalqi, millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolaridir (8-modda);
– Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga qo‘yiladi, umumxalq ovoziga (referendumga) qo‘yiladi (9-modda).
2022-yilning may oyi xalqimiz hayotida oʻziga xos voqelikka ega boʻlgan oy sifatida tarixga muhrlanmoqda. Boisi 17-may kuni mamlakatimiz parlamentida eng koʻp deputatlik oʻrniga ega boʻlgan ikki siyosiy partiya – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tashabbusini ilgari surishga qaratilgan qoʻshma yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, 20-may kuni Senat va Qonunchilik palatasi kengashlarining qoʻshma majlisi oʻtkazilib, yigʻilishda Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish katta kuch va masʼuliyat talab qilishi bunda har bir fuqaro fikrlarini tinglash zarurligi qayd etilib, ushbu vazifalar bilan shugʻullanuvchi Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etildi.
Oʻtgan davrda Konstitutsiyani takomillashtirish uchun fuqarolarga oʻz takliflarini bildirishning bir necha koʻrinishdagi imkoniyatlari yaratildi. Jumladan, ayni kunda yurtdoshlarimiz Meningkonstitutsiyam.uz portali hamda maxsus Telegram-bot va koll-markaz orqali takliflarini bildirishlari mumkin bo’ldi.
Qisqa vaqt ichida ushbu xalq vakillari tomonidan ilgari surilgan tashabbus fuqarolarimiz va keng jamoatchilik tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi. Xoʻsh bunga sabab nimada? Nega ushbu tashabbus qisqa vaqt ichida mamlakatimiz boʻylab keng quloch yoymoqda?
Sababi, ushbu tashabbus minglab fuqarolarimiz koʻnglidagi oʻzgarish va islohotlarga zamin yaratib berishi bilan ahamiyatlidir. Barchamizga maʼlumki, inson ulgʻayib, tafakkur dunyosi kengaygani sari uning oʻziga boʻlgan talabi ham ortib boradi. Oʻtgan yillar davomida jamiyatimiz va unda ilgari surilayotgan gʻoya va tashabbuslarda xalqimizning ishtiroki va ular tomonidan bildirilayotgan fikr-mulohazalarining ahamiyati har tomonlama ortdi. Buning natijasida jamiyatimizning ham islohot va oʻzgarishlarga boʻlgan talabi kun sayin ortmoqda.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar asnosida qabul qilinishi belgilangan qonun va qarorlarimiz yanada takomillashtirilib, Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan xalqchil moddalarga moslashtirilgan holda qabul qilinmoqda.
Ammo bugun shiddat bilan oʻzgarayotgan dunyoda roʻy berayotgan giyosiyosiy vaziyatlar, eng avvalo, mamlakatimizni kelgusi besh yilda rivojlantirishga qaratilgan Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi va unda belgilangan maqsadlarni amalga oshirish nafaqat qonunlarimizni mustahkamlashni, shu bilan birga, Bosh qomusimizda ham inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan normalarni yanada takomillashtirib, bugungi zamon talablariga moslashtirishni taqozo etmoqda.
Sababi, ushbu strategiyaning bevosita muallifi boʻlgan yurtdoshlarimiz tomonidan davlatimiz rahbarining Prezidentlik saylovi targʻibotlari jarayonlarida hududlarda saylovchilar bilan oʻtkazgan uchrashuv va muloqotlarida bir necha bor aynan Konstitutsiyamizni bugungi zamon talablariga moslashtirishga oid bir qator taklif va tashabbuslar bildirilgan.
Birgina misol davlat rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tumanidagi saylovchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida muloqotga tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz tomonidan bugun ekologik muammolar kun sayin salbiy tus olayotgani, insonlarning ekologiya bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari kabi normalar Bosh qomusimizda oʻz aksini topishi maqsadga muvofiq boʻlishi tashabbusi ilgari surilgan edi.
Bizga maʼlumki, Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasida bugungi globallashuv jarayonida yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilgan holda mamlakat taraqqiyotini taʼminlashga qaratilgan alohida ikki yoʻnalish va uning doirasida amalga oshirishga qaratilgan maqsad va vazifalar belgilandi. Jumladan, Harakatlar strategiyasidan farqli ravishda beshinchi – Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish hamda oltinchi – Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish kabi yoʻnalishlar belgilandi.
Galdagi vazifa ushbu yoʻnalish va unda belgilagan maqsadlar bugungi zamonga mos holatda bajarilishiga xizmat qiluvchi qonun va qarorlarning hayotiyligini taʼminlashdir. Bu esa, oʻz navbatida, qabul qilinadigan huquqiy hujjatlarimiz uchun bosh gʻoya boʻlib xizmat qiluvchi Konstitutsiyamizni yangilab, fuqarolarimiz xohish irodasiga moslashtirishni talab etadi.Yuqorida taʼkidlanganidek, Konstitutsiyaviy islohotlarni boshlash tashabbusi dastlab Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ilgari surildi. Ammo ushbu tashabbusda jamiyatda adolat va qonun ustuvorligi, sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashni hamda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlashni oʻz oldiga maqsad qilgan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi aʼzolarining ham istak va xohishlari ilgari surilganligi bilan ahamiyatlidir.Shu boisdan, biz barcha xalq vakillari joylarda yurtdoshlarimiz bilan oʻtkazilayotgan har bir muloqot va uchrashuvlarda ularning Bosh qomusimizni takomillashtirish yuzasidan bildirgan har bir fikri va takliflarini toʻlaqonli oʻrganib chiqqan holda Komissiya aʼzolarigacha yetib kelishini taʼminlashimiz darkor.Zero, hozir xalqimiz muallifligida ishlab chiqiladigan Yangi Oʻzbekistonning Yangi Konstitutsiyasi mamlaktimiz taraqqiyoti, fuqarolarimiz turmush tarzini yuksaltirish yoʻlida qabul qiladigan qonunlarimiz uchun yoʻlchi yulduz boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida 7 ming 550 so‘z qo‘llanilgan
Odatda ko‘p davlatlar Konstitutsiyasi nufuzli ekspertlar, deputatlar tomonidan ishlab chiqilib, so‘ngra parlamentda qabul qilinadi. Bunday hujjatlar mutaxassis nuqtai nazaridan yuqori baholarga sazovor bo‘lsa-da, unda xalqchillik, xalq ruhiyati yetishmaydi.
Ayrim davlatlar hatto o‘z Asosiy qonunlarining referendumda, xalq ishtirokida qabul qilingani bilan faxrlanishadi. Albatta, bu eng oliy darajadagi qaror. Biroq bu jarayonda xalq oldida faqat ikki savoldan biriga javob berish imkonigina bo‘ladi: Konstitutsiya matnini tasdiqlash yoki rad etish.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining o‘ziga xosligi shundaki, u ikki marotaba xalq muhokamasida yurtdoshlarimiz xohish-irodasi bilan boyitildi. Umumxalq muhokamasi davomida Konstitutsiya loyihasi yuzasidan jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohaza bildirilgan.
Ma’lumki, davlat va jamiyat hayotida ba’zi bir narsalar bo‘ladiki, u Vatanimiz kabi yagonadir: bayrog‘imiz bitta, gerbimiz bitta, madhiyamiz bitta, shu qatori Konstitutsiyamiz ham bitta. Bularning har biri o‘z timsolida ona Vatanimiz, xalqimizning ezgu-maqsadlarini o‘zida aks ettiradi. Shu ma’noda Konstitutsiyamiz har bir fuqaro uchun bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz kabi muqaddasdir.
Bosh qomusimiz qabul qilinishidan maqsad va vazifalarga e’tibor beradigan bo‘lsak, muqaddimasida mamlakatimiz fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilish, demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilinganligi qayd etilgan. Ya’ni Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati insonga munosib hayot sharoitlari yaratish, uni baxtli qilishdan iborat.
Yana muhim hamda xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etiladigan xususiyat – bu Konstitutsiyaning “O‘zbekiston xalqi” deb boshlanishidir. Bunday jumlalarni boshqa biron bir qonunda uchratmaymiz. Buning o‘zi ham xalq hokimiyatchiligining yorqin dalolati.
Konstitutsiyamizning yana bir eng muhim xususiyati – bu xalq suvereniteti e’tirof etilganligidadir. Asosiy qonunimizning 7-moddasida asosan xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekani muhrlangan. Asosiy qonunimizda “demokratiya” va “demokratik” so‘zlari 7 marta, “xalq” so‘zi 24 marta qo‘llangan.
G‘arb olimlari dunyo konstitutsiyalari tahlili natijasida 70 ta asosiy mavzuning qamrab olinishi bo‘yicha 190 davlat konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy ahamiyatdagi boshqa hujjatlarni o‘rganganda davlatimiz Asosiy qonuni 0,59 natijani ko‘rsatib, nisbatan ko‘proq mavzularni qamrab olgani ayon bo‘ldi. Bu jihatdan Avstriya Konstitutsiyasi 0,57, AQSh Konstitutsiyasi 0,49, Buyuk Britaniyaning konstitutsiyaviy ahamiyatdagi hujjatlari 0,43 natijani ko‘rsatgan.
Konstitutsiyamizda inson manfaatlari ustun qo‘yilgan. Asosiy qonunimizni sinchiklab o‘rgangan har bir shaxs bevosita guvohi bo‘ladiki, uning butun mazmun-mohiyati insonga xizmat qilishga yo‘g‘rilgan. Konstitutsiyamizning biron bir joyida “davlatning huquqi” yoki “fuqarolar davlat hoxish-irodasini bajarishi shart” qabilidagi qoidalar uchramaydi. Aksincha, Asosiy qonunimizda “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”, “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi” kabi davlatning majburiyatlarini uchratamiz.
Konstitutsiyamiz o‘zining insonparvarligi bilan ham ajralib turadi. Unga ko‘ra voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi.
Konstitutsiyamizning yana bir muhim jihati, bu uning barqarorligidadir. Qayd etish joizki, o‘tgan 25 yil mobaynida Konstitutsiyamizning asosiy prinsiplari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs munosabatlari, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishiga oid normalari o‘zgarmadi. O‘tgan davr mobaynida unga 10 ta o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilgan bo‘lsa-da, bularning deyarli barchasi davlat hokimiyatini tashkil etish bo‘limiga kiritilgan tuzatishlar bo‘lib, u ham bo‘lsa mamlakatimizda konstitutsiyaviy prinsip bo‘lgan xalq hokimiyatchiligini kuchaytirish, davlat hokimiyatini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishida fuqarolarning bevosita va bilvosita ta’sirini oshirish, parlamentning davlat ichki va tashqi siyosatidagi rolini kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda konstitutsiyaviy va odil sudlovning o‘rnini yanada mustahkamlashga oid tuzatishlardir.
Qadimgi Rim yuristlarining fikricha, qonun qisqa, lo‘nda bo‘lishi lozim. Dunyoda eng ko‘p so‘z ishlatilgan Konstitutsiya Hindiston Asosiy qonuni bo‘lib, mutaxassislar fikriga ko‘ra unda 146 ming 385 so‘z ishlatilgan. AQSh Konstitutsiyasida 7 ming 762, Fransiya Konstitutsiyasida 10 ming 180 so‘z ishlatilgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida esa 7 ming 550 so‘z qo‘llanilgan.
Qayd etish joizki, dunyodagi eng rivojlangan davlatlar Konstitutsiyalari bilan raqobatlashadigan Konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish masalaning bir jihati. Masalaning boshqa bir muhim tomoni, qabul qilingan hujjatni hayotimizga samarali tatbiq etishda namoyon bo‘ladi. Bu Konstitutsiyada ko‘zlagan maqsadlarimizning eng muhim shartidir.
Qadimdan huquqshunoslikda “huquq, qonun hushyor, ogoh, g‘ayratli odamlar uchun yoziladi, g‘aflatda qolganlar uchun emas. Kim huquqlaridan foydalanmasa, ko‘rgan zarari uchun o‘zi aybdor” degan qarashlar mavjud.
Shunday ekan, Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda kafolatlangan huquqlardan har birimiz o‘z o‘rnida foydalana olsak, hamisha, har yerda huquqlarimiz ta’minlanishiga erishamiz.
Bir piyola choyni oilamiz davrasida, shirin suhbat chog‘ida ichar ekanmiz, albatta, shu totli onlar, farovon turmush, qalbimiz xotirjamligi uchun shukrona aytamiz. Bu bebaho ne’matlarni bizga istiqlol berdi. Asosiy Qonunimiz esa baxtimiz poydevori bo‘ldi.
Darhaqiqat, bu hujjat yurtimiz osoyishtaligi, xalqimiz farovon hayotining mustahkam huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilayotir. Zero, Konstitutsiyamiz orqali bizga bilim olish, erkin kasb tanlash, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, orzu-istaklarimiz ro‘yobini ko‘rish kabi beqiyos huquqlar berildi.
Eng muhimi, bu huquqlar xalqimizni 30 yildan buyon ulkan bunyodkorliklar sari ilhomlantirib kelmoqda.
Bugun Xorazm viloyatidagi qaysi tashkilot, muassasa yoki xonadonga bormang, Prezidentimizning vohaga alohida e’tibor qaratayotgani haqidagi faxru iftixor hissiga to‘la minnatdorlikka yo‘g‘rilgan shukronalarni eshitasiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki hudud aholisiga juda katta qulayliklar yaratilmoqda. Misol uchun, Xivaga eltadigan temir yo‘ldagi bunyodkorlik ishlari barchani birdek mamnun qilayotir. 2004-yilda foydalanishga topshirilgan Hazorasp tumani hududidagi avtomobil va temir yo‘l ko‘prigi voha taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgani ham barchaga ayon. Yaqinda esa Buxoro — Miskin temir yo‘li qurib bitkazildi. Shu kunlarda Urganch — Xiva temir yo‘li qurilishi jadallik bilan davom ettirilayapti.
Aytish joizki, temir yo‘l sohasidagi bunday sa’y-harakatlar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida alohida o‘rin tutayotir: yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, aholining turmush sharoiti tobora yaxshilanayapti.
Yangi korxonalar ishga tushirilishi hisobiga ishlab chiqarish hajmi yanada oshayotir. Joriy yilning 9 oyida 373 milliard so‘mlik investitsiyalar evaziga 1,5 mingga yaqin ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tashkil etilgan yoki kengaytirilgan. Natijada 6 mingta ish o‘rni yaratildi.
Ko‘p asrlik tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, jamiyatning haqiqiy boyligi — inson. Kishilik jamiyati Vataniga sadoqatli, imon-e’tiqodi butun, mard va jasur, malakasi yetuk, ma’naviyati yuksak insonlar bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bu ulug‘vor, betimsol boylik har qaysi davlatning salohiyatini belgilaydi.
Joriy yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanib, odamlarni rozi qilish yo‘lida ulkan ishlar, ezgu amallar ro‘yobga chiqarilayotganligining boisi ham shunda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, degan ezgu g‘oya asosida avvallari kuzatilmagan tajriba hayotga tatbiq etildi. Ya’ni aholiga issiqxona qurish, tomorqadan samarali foydalanish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni yo‘lga qo‘yish, qisqacha aytganda, hayotlari sifatini yaxshilash uchun imtiyozli kreditlar berildi. Bu kabi chora-tadbirlar oilalar turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Odamlar orasiga borib, ular bilan suhbatlashganimizda, hayotlari kundan-kunga yaxshilanib borayotganidan nihoyatda mamnun ekanliklarini bildirmoqdalar.
Yurtboshimizning 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xorazmlik va qoraqalpog‘istonlik pensionerlar, nogironlar hamda nogironga hamrohlik qiluvchi shaxslar, talabalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali moddiy yordam tayinlangan kam ta’minlangan oilalar a’zolari uchun samolyot va temir yo‘l chiptalarini olishda 50 foizlik imtiyozlar berildi. Bu ham xalqparvarlik siyosatining yorqin ko‘rinishlaridan biri bo‘ldi, desak, ayni haqiqat.
Davlatimiz rahbari 14-15-oktabr kunlari viloyatimizda bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, hayotga tatbiq etilayotgan yangi loyihalar bilan tanishish asnosida qator vazifalarni belgilab berdiki, bu boshlagan ishlarimizni yangi pog‘onaga ko‘tarishi, shubhasiz. Gap shundaki, 2018-2019 yillarda vohamizda umumiy qiymati 716 million dollar bo‘lgan 1 ming 500 ga yaqin loyihalarni ro‘yobga chiqarish hamda 16 mingta ish o‘rni yaratish choralari ko‘rilmoqda. Ayniqsa, kelgusi yilni Xorazm viloyatida “Tadbirkorlikni tubdan rivojlantirish va investitsiyalar yili” deb e’lon qilish taklifi mazkur sohaning jadal taraqqiyotiga zamin yaratadi.
Bugun vohaliklar Konstitutsiyamizning 25 yilligini shunday ulkan yutuqlar, yangi tashabbuslar, muhimi, jo‘shqinlik bilan qarshi olmoqdalar. Zotan, ona-Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidoyi mehnat qilish har birimizning muqaddas burchimizdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi arafasida “Jahon” axborot agentligining muxbiri Parijda Konstitutsiyaviy huquq xalqaro assotsiatsiyasining faxriy prezidenti, professor Didye Mos bilan suhbatlashdi.
- Men sizning go’zal mamlakatingizda bir necha marotaba bo’lganman, konstitutsiya huquqini o’rganish va parlamentarizm masalalariga bag’ishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etganman, - dedi u. - Bugun, o’zbek xalqi hayotidagi juda muhim voqyea - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida suhbatlashar ekanmiz, bir jihatni ta'kidlashni istar edim: zamonaviy O’zbekistonni diqqat bilan o’rganuvchi ekspertlarning fikr bildirishlaricha, respublika hokimiyatida bo’ladigan o’zgarishlar hyech qanday ijtimoiy larzalarsiz kechishiga hamda Prezident saylovi mamlakat Konstitutsiyasi va “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunga qat'iy rioya etilgan holda o’tishiga shubha yo’q.
Jahondagi ilg’or konstitutsiyaviy tajriba asosida hamda o’zbek xalqining an'analari va mentalitetini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan O’zbekiston Asosiy qonuni o’zida demokratik saylovlarni muhrlab qo’ygan.
1992-yili qabul qilingan mamlakat Konstitutsiyasi tufayli parlamentarizm instituti sezilarli darajada mustahkamlandi, ikki palatali parlament shakllandi va muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Jamiyatning siyosiy va ijtimoiy taraqqiyotida O’zbekiston Oliy Majlisining ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Konstitutsiya bois O’zbekistonda qonunchilik va ijro hokimiyati organlari bilan samarali hamkorlik, keng ko’lamli demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu fundamental hujjat demokratiya asosida mamlakatning tadrijiy va izchil rivojlanishini ta'minlamoqda. U respublika fuqarolariga ertangi kun uchun ishonch bag’ishlaydi.
Shu bilan birga, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamda dinlararo hamjihatlikni asrash va mustahkamlashda O’zbekiston Konstitutsiyasi muhim o’rin tutishini ham qayd etishni istar edim.
Ishonchim komilki, O’zbekiston respublikaning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan Konstitutsiyada o’z ifodasini topgan tamoyillarga tayangan holda bundan keyin ham taraqqiyot va farovonlik yo’lida o’z salohiyatini namoyon etaveradi.
Bugun mamlakatimiz bosh qonuni qabul qilingan kun O‘zbekistonda milliy va umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Shaharlar ko‘chalari bayroqlar bilan bezatilgan, mamlakatimiz poytaxtida ushbu sanaga bag‘ishlangan turli bayram tadbirlari: estrada yulduzlarining konsertlari, ko‘rgazmalar, ma’rifiy tadbirlar, sport va xayriya tadbirlari, barcha turdagi shoular tashkillanmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch
Lex.uz sayti
Ziyo.net sayti
Dostları ilə paylaş: |