14
58-modda.
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.
Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini
boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining
boshqa sohalarida teng
huquq va imkoniyatlarni taʼminlaydi.
XI bob. Fuqarolarning burchlari
59-modda.
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan burchlarini
bajaradilar.
60-modda.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning
huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
61-modda.
Fuqarolar Oʻzbekiston
xalqining tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy
va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.
Tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy
meros davlat tomonidan
muhofaza qilinadi.
Dostları ilə paylaş: