22
95-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati mutlaq vakolatlari
quyidagilardan iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini,
Sudyalar oliy kengashini,
respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika
monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasi Bosh prokurori va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi
lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish hamda maʼqullash;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan taklif etilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod
yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi
diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini
tayinlash va ularni
lavozimidan ozod etish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni
lavozimidan ozod etish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi
farmonlarini tasdiqlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan amnistiya
toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish;
8) Oʻzbekiston
Respublikasi
Bosh
prokurorining,
Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
9) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar
huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati
masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish;
10) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini
yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga oʻz faoliyatini amalga
oshirishda koʻmaklashish;
12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular
qonunchilik normalariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, bekor qilish;
13) Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini
va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini
saylash;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
taqdimiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosini daxlsizlik huquqidan
mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
15) oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan
bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi
u yoki bu masalalar
yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan
qarorlar qabul qilish;
23
17) Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul
qilishga doir vakolatlarini
bajarish, bundan Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno;
18) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oʻzini oʻzi
tarqatib
yuborish toʻgʻrisida senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan
iborat koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: