25
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida
imzolaydi va eʼlon qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan
qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
qaytariladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad
etilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy
sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana
maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan
rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan
kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va
Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi
tartibda koʻrib chiqilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oʻz eʼtirozlari bilan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan
maʼqullansa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻn toʻrt
kun ichida imzolanishi va eʼlon qilinishi kerak.
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning eʼlon qilinishi
ular qoʻllanilishining majburiy shartidir.
Dostları ilə paylaş: