Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati



Yüklə 103,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix20.02.2022
ölçüsü103,55 Kb.
#52886
  1   2   3   4   5   6
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati - Vikipediya



Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy

Majlisi Senati

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati — 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

yuqori palatasi

[1]


. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy

vakillik palatasidir. Senat aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,

viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli

qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan

saylanadi. Senatning oʻn olti nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda

davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda

alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

tomonidan tayinlanadi. Senat ishi yalpi majlislarga va uning qoʻmitalari majlislariga toʻplanadigan

senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senatda hududiy mansublikka koʻra hamda siyosiy yoki

boshqa asosda guruhlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Senat vakolat muddati — besh yil.




Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

 80-moddasida vakolatlari belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:

1. 


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

 Senati Raisini va uning oʻrinbosarlarini,

qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;

2. 


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

 taqdimiga binoan 

Oʻzbekiston Respublikasining

Konstitutsiyaviy sudini

 saylash;

3. 


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

 taqdimiga binoan 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

sudini


 saylash;

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi

Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash;

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

 va


Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi

farmonlarini tasdiqlash;




Yüklə 103,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin