. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik
xizmati
raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining
chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod
etish;
. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki
Boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
amnistiya
toʻgʻrisidagi hujjatlarni
qabul qilish;
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati aʼzosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni
hal etish;
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining,
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
12. oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar
yuzasidan qarorlar qabul qilish;
13. siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek
davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.
Senat Kengashi
Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi. Senat Kengashi
doimiy faoliyat koʻrsatuvchi kollegial organdir. Uning tarkibiga Senat Raisi, uning oʻrinbosarlari va
qoʻmitalarning raislari kiradi. Senat Kengashiga Senat Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning
majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi. Senat Kengashi oʻz vakolatiga kiradigan
masalalar yuzasidan aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Senat
Kengashi:
Senat majlisi kun tartibining loyihasini shakllantiradi;
Senat majlislarini chaqiradi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda Senatning vakolatlariga taalluqli qarorlarni Senatning
majlislari oraligʻida qabul qiladi, ushbu qarorlar keyinchalik Senatning majlisida tasdiqlanadi;
qoʻmitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
Tuzilmasi
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boshlanishidan kamida ikki oy
avval saylov oʻtkaziladigan muddatlarni belgilaydi;
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini
oʻtkazish muddatlari hamda tartibini belgilaydi;
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boʻyicha byulletenlar
namunalari hamda shakllarini belgilaydi va tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining taqdimiga binoan qonunga muvofiq
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarmasi aʼzolarini tasdiqlaydi;
Senat faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa
masalalarni hal qiladi.
[2]
Dostları ilə paylaş: