O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING QONUNI
“METROLOGIYA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA
O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH XAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda qabul
qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya
to‘g‘risida”gi 1004-XII-sonli
Qonuniga
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda; O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda)
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (
ilova
qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish agentligi,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning
ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida
tushuntirilishini
ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini
qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach
kuchga
kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-aprel,
O‘RQ-614-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Metrologiya to‘g‘risida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga
solishdan iborat.
Oldingi
tahrirga qarang.