Metrologiya to‘G‘risida


-modda. Maxsus vakolatli davlat organining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi



Yüklə 367,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix01.05.2023
ölçüsü367,16 Kb.
#105405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
01. Metrologiya qonun

9-modda. Maxsus vakolatli davlat organining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi 
vakolatlari
Maxsus vakolatli davlat organi: 
metrologiyaga oid faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; 
mamlakatda metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi mintaqalararo va tarmoqlararo 
tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va ishchi holatda saqlab turish qoidalarini 
o‘rnatadi, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlaydi; 
o‘lchash uslublari, vositalari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni 
belgilaydi; 
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi, shuningdek metrologiyaga oid 
faoliyat sohasidagi harakatlarni muvofiqlashtiradi; 
davlat sinovlaridan o‘tgan va turi tasdiqlangan yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan 
O‘lchash vositalarining davlat reyestrini yuritadi;
o‘z vakolatlari doirasida, shu jumladan boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan 
hamkorlikda normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qiladi; 
ilmiy kadrlar va muhandis-texniklar tayyorlashni hamda qayta tayyorlashni tashkil etadi; 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradi; 
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni 
bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning mutaxassislarini jalb 
etadi; 
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadi; 
O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi 
ishlashi va rivojlanishini hamda uning xalqaro birliklar tizimi va boshqa mamlakatlarning kattalik 
birliklari tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlaydi;
iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof-muhitni hamda 
davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir 
chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, shuningdek tashkilotlardan o‘lchashlarning 
yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan 
ma’lumotni oladi. 

Yüklə 367,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin