metrologiyaga oid faoliyatni xalqaro talablar asosida rivojlantirish;
investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ularni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiya
qilish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish;
ilg‘or innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini
rag‘batlantirish;
noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni
amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi
ishlashi va rivojlanishini, uning xalqaro birliklar tizimi va boshqa mamlakatlarning kattalik birliklari
tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining metrologiyaga oid
faoliyat sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
metrologiyaga oid faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
metrologiyaga oid faoliyat sohasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning amalga
oshirilishini ta’minlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida metrologiyaga oid faoliyat sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni
qabul qiladi;
metrologiyaga oid faoliyat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini
muvofiqlashtiradi;
kattalik birliklarining nomlari va belgilari, ularni yozish va qo‘llash qoidalarini, metrologiya
tekshiruvi va nazorati tartibini, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan
holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchash vositalarini sinash va
metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, qiyoslash, kalibrlash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida
e’tirof etish tartibini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: