Metrologiya to‘G‘risida


-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonunchilik



Yüklə 367,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix01.05.2023
ölçüsü367,16 Kb.
#105405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
01. Metrologiya qonun

2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonunchilik 
Metrologiya to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan 
iboratdir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining 
metrologiya to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, 
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
3-modda. Asosiy tushunchalar 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
metrologiyaga oid faoliyat — o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash, 
o‘lchash uslublari va vositalari, shuningdek talab qilinadigan aniqlikka erishish usullari bilan bog‘liq 
bo‘lgan faoliyat; 


metrologik kuzatiluvchanlik — o‘lchash natijasining hujjatlashtirilgan uzluksiz 
kalibrlashlar ketma-ketligi orqali etalonga bog‘lash mumkin bo‘lgan xossasi; 
metrologik ekspertiza — o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi bilan bog‘liq metrologik 
talablar, qoidalar va normalarni qo‘llash to‘g‘riligi hamda to‘liqligini baholash va tahlil qilish 
bo‘yicha tashkiliy-huquqiy ishlar majmui;
sinov vositasi — sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, normalangan texnik tavsiflari 
bo‘lgan texnik qurilma, modda va (yoki) material;
standart namuna — metrologik attestatsiya natijasida modda (material)ning xossasi yoki 
tarkibini tavsiflaydigan bitta yoki undan ortiq qiymatlari aniqlangan shu modda (material) namunasi 
shaklidagi o‘lchash vositasi; 
etalon — muayyan kattalik birligining o‘lchamini boshqa o‘lchash vositalariga o‘tkazish 
maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi; 

Yüklə 367,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin