O‘lchash vositalarini kalibrlashda o‘lchash vositasining metrologik
tavsiflarini aniqlash
uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotidan foydalaniladi.
Ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining
ikkinchi — o‘ninchi xatboshlarida
ko‘rsatilganidan boshqa sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari
ularni ishlab chiqarish,
realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish va ta’mirlashda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin.
Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan o‘lchash
vositalarini
kalibrlash natijalaridan o‘lchash vositalarini qiyoslashda foydalanilishi mumkin.
O‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida metrologiya
xizmatlari tashkil etilishiga yo‘l qo‘yiladi.
27-modda. Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish
Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish ularning normalangan
texnik tavsiflari texnik
jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida
amalga oshiriladi.
Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Sinov vositalarini attestatsiya qilishda sinov vositalarining normalangan texnik tavsiflari
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga
muvofiqligini aniqlash
imkonini beruvchi sinov vositalarini attestatsiya qilish uslubiyotidan foydalaniladi.
28-modda. Metrologiya xizmatlarini metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga
oshirish huquqiga ega bo‘lish uchun akkreditatsiya qilish
Oldingi
tahrirga qarang.
Metrologiya xizmatlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlarning
metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning
20-moddasida
nazarda tutilgan sohalarda qo‘llanilishi
va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchash vositalarini,
sinov vositalarini, o‘lchashlarni bajarish
uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish,
o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash va sinashni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lishi uchun
akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini,
ushbu Qonunning
20-moddasida
nazarda tutilgan sohalarda qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin
bo‘lgan o‘lchash vositalarining, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini,
sinov vositalarining attestatsiyasini, o‘lchash vositalarini qiyoslashni, kalibrlashni, sinashni amalga
oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari faoliyatining
inspeksiya nazorati qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Dostları ilə paylaş: