Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati quyidagi sohalarda bajariladigan o‘lchashlarga
nisbatan qo‘llaniladi:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini
hisobga olish;
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q
qilib
tashlash;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va ushbu sohada
xizmatlar ko‘rsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda
vaziyatlardan himoya qilish,
yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash;
sanoat xavfsizligini ta’minlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik, kartografik va gidrometeorologik
ishlarni bajarish;
o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik
attestatsiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish;
mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish.
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati qonunchilikka muvofiq faoliyatning boshqa
sohalariga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
21-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlarining metrologik, texnik tavsiflarini
aniqlash va (yoki) tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya tekshiruvi amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi:
o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini
metrologik attestatsiyadan
o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash,
kalibrlash;
sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish.
Dostları ilə paylaş: