Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va
javobgarligi qonunchilikda belgilanadi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
23-modda. O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya
nazorati
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi
miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati davlat metrologiya xizmatining vakolatli organlari
tomonidan o‘tkaziladi.
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati o‘ram
tarkibini o‘ramni ochmasdan yoki deformatsiya qilmasdan o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan taqdirda,
o‘ramdagi tovar miqdorini ko‘rsatuvchi massa, hajm, uzunlik, maydon yoki boshqa kattaliklar esa
o‘ramda belgilangan hollarda amalga oshiriladi.
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati suyuq holdagi
qadoqlangan tovarlar uchun iste’mol idishi sifatida foydalaniladigan o‘lchamli idishlarga nisbatan
ham tatbiq etiladi.
O‘ramlardagi qadoqlangan tovarlarning miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati
tekshiruv xaridi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: