Metrologiya to‘G‘risida


-modda. O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari



Yüklə 367,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix01.05.2023
ölçüsü367,16 Kb.
#105405
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
01. Metrologiya qonun

17-modda. O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari 
O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari o‘lchash natijalarining aniqlik ko‘rsatkichlarini 
baholashni o‘z ichiga olishi va o‘lchash o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan 
aniqlikni ta’minlashi kerak. O‘lchashlar belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan o‘lchashlarni 
bajarish uslubiyotlariga muvofiq amalga oshirilishi zarur. 
O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish o‘lchashlarni 
bajarish uslubiyotining unga qo‘yiladigan metrologiya talablariga muvofiqligini baholash hamda 
tasdiqlash maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish 
tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan o‘rnatiladi.
4-bob. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati 
18-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan 
metrologiya to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan tekshirish maqsadida amalga 
oshiriladi. 
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
19-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlaridir: 
etalonlar; 
o‘lchash vositalari
sinov vositalari; 
standart namunalar
axborot-o‘lchash tizimlari
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi 
miqdori; 
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar. 

Yüklə 367,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin