Metrologiya to‘G‘risida


-modda. Kattalik birliklarining etalonlari



Yüklə 367,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix01.05.2023
ölçüsü367,16 Kb.
#105405
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
01. Metrologiya qonun

15-modda. Kattalik birliklarining etalonlari 
Kattalik birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta hosil qilinadi.
Etalonlar orqali qayta hosil qilinadigan kattalik birliklari xalqaro birliklar tizimining 
birliklariga qadar metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlashi kerak. 
Maxsus vakolatli davlat organining qarori bilan milliy etalon O‘zbekiston Respublikasi 
hududida muayyan kattalik birligining o‘lchamini belgilash uchun birlamchi etalon sifatida e’tirof 
etiladi. 
Milliy etalonlarni xususiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash tartibi maxsus vakolatli davlat organi 
tomonidan o‘rnatiladi. 
16-modda. O‘lchash vositalari va sinov vositalari 


Foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari va sinov vositalari o‘lchash natijalarining 
belgilangan aniqlikdagi qonuniylashtirilgan birliklarda bo‘lishini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga 
mos kelishi kerak.
O‘lchash natijalarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ruxsat etilmagan sozlash va 
aralashuvlarning oldini olish maqsadida o‘lchash vositalarining konstruksiyasi o‘lchash 
vositalarining funksional qismlariga (shu jumladan dasturiy ta’minotga) kirish cheklanishini 
ta’minlashi kerak. 
Quyidagilar texnik vositalar, qurilmalar, moddalar va (yoki) materiallarning o‘lchash 
vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi:
qiymatlari ma’lum vaqt davomida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan normalangan metrologik 
xususiyatlarga va texnik tavsiflarga ega bo‘lishi; 
o‘lchash natijalarining belgilangan aniqlikda qonuniylashtirilgan birliklarda bo‘lishini 
ta’minlash qobiliyati, shuningdek sinov natijalarining ishonchliligi; 
mexanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron prinsiplarda ishlashi. 
Quyidagi hollarda texnik vositalar o‘lchash vositalari va (yoki) sinov vositalari 
hisoblanmaydi:
indikator funksiyasiga ega bo‘lganda; 
natijalari o‘lchash va (yoki) sinov hisoblanmaydigan, faqat dastlabki baholash uchun 
foydalanilganda;
faqat o‘lchash va (yoki) sinov natijalari haqida axborot uzatish funksiyalarini bajarganda. 

Yüklə 367,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin