Operatsion leveridj tahlili



Yüklə 484,5 Kb.
tarix14.09.2022
ölçüsü484,5 Kb.
#63638
29. Operatsion leveridj tahlili.


Operatsion leveridj tahlili.

Xo‟jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyatdan daromadlarning


shakillanishi Xo‘jalik yurituvchi subektlarni operatsion faoliyatdan olingan daromadlarining
shakillanishi haqida gapirishimizdan oldin avvalambor foyda nima, u qanday
shakillanadi, qanday turlari mavjud, foydani ishlab topishning murakkablik
jihatlarini hamda daromadning foydadan farqi haqida aytib o‘tmoqchimiz.
Foyda bu korxona barcha topgan daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlari
chiqarib tashlangan yani xarajatlar ayirib tashlangandan kiyin qolgan qismiga
aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning
pul tushumlari yoki daromadlari deb ataladi.
Foyda- tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning ushbu tovarlarni
ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan mablag‘lardan ortgan qismidir.
Korxonalar va tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy
ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib pulda ifodalanadi va bundan tashqari bozor daromadi
bo‘lib, uning qonun qoidalariga asosan vujudga keldi, taqsimlanadi va ishlatildi.
Foyda – kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi
tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish
tadbirkorlikning asil maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining
rivojlanishini ta‘minlaydi.
Amaliyotda foyda (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (X) ayirmasi sifatida qaraladi:
F=D-X (1)
Foyda quydagi omillarga bog‘liq:
a) Bozorbop tovarlar va xizmatlarni yaratish ishlab chqarish natijasida ularni
sotishdan kelgan pul tushumi ko‘payadi hamda uning tarkibidagi foyda ham ortadi;
b) Daromadlar - tushumlari miqdori(D); Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har
birining narxi (R)ga bog‘liq.
D=QP (2)
c) Xarajatlar miqdori.
Bozorda narxlar o‘zgarmay kelgan taqdirda xarajatlarning kamayishi foydani
oshiradi, ularning ortishi esa foydani kamaytiradi. Xarajatlar denamikasi mehnat
unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, mehnat unumdorligining ortishi xarajatlarni
kamaytirish orqali foydani oshiradi.
Shu sababli foydani ko‘p olish sharti- mehnat unumdorligini doimiy bir
maromda oshirib boorish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda foydaning
daromaddagi hissasi ortib, aksi yuz berganda bu hissa kamayadi. Bordiyu,
tovarlarga talab yuqori bo‘lsa, ularning bozor narxi oshadi, o‘z o‘zidan
xarajatlardan qatiy nazar foyda ko‘payadi. Narxning foydaga ta‘siri shundan
dalolat beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi va katta foyda olish
mumkin emas.
Foydaning o‘z o‘lchami bor, bu uning normasi va massasidir. Foyda normasi
(G‘) nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, kapital qanday ishlatilib Foyda ko‘rilganligini
bildiradi va shu orqali Foyda (F) kapitalning (K)ning qanday qismiga tengligi
aniqlanadi.
Foyda ko‘rilgan foyda normasi kapitalning naqadar yuqori samarali
ishlatilganligini bildiradi. Foyda ko‘rish tadbirkorlarning asosiy maqsadi bo‘lib
har doim foyda normasini oshirishga intilish saqlanib qoladi.
Foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. Foyda massasi qanchalik
koʻp boʻlsa, foyda shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar foyda normasi
yuqori boʻlsa, o‘z kapital bilan ham koʻp foyda olish mumkin, bordiyu foyda
normasi past boʻlsa, kapitalni koʻpaytirib foydani koʻpaytirish mumkin. Foyda
maksimumlashtirish uchun ham foyda normasi, ham kapital summasi katta boʻlishi
zarur. Foyda normasini pasayishi hisobidan foyda massasi qisqargan chogʻda, bu
yoʻqotishni bartaraf etish uchun investitsiyalar hisobidan kapital koʻpaytiriladi.
Olingan foydaning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi.Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital koʻpayadi.
Natijada foyda normasi pasaygan chogʻda ham olinadigan foyda miqdori
qisqarmaydi. Agar foyda normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq koʻpaysa
foyda massasining ortishi yuz beradi.
Qanday usul bilan hosil boʻlishiga qarab oddiy va ustama foydaga boʻlinadi.
Oddiy foyda erkin — mukammal raqobat sharoitida koʻpchilik tadbirkorlar
oladigan foydadir. Ustama foydani firmaning monopol mavqeyi, yaʼni tovarlar
taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qoʻlida toʻplanishi yuzaga keltiradi.
: Qayerda hosil boʻlishiga qarab foyda turlari3
Monopol mavqiy bozordagi hukmronlikni, yaʼni narxlarga taʼsir etish
imkoniyatini beradi. Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan ustama foyda
olad. Foyda nima hisobidan yaratilishiga qarab normal, iqtisodiy va omad
Foydadan iborat boʻladi. Normal foydani tadbirkorlik qobiliyati yaratadi
Omad foydasi — bu foydani bozor konyunkturasidagi jiddiy oʻzgarishlar
yuzaga keltiradi. Bozorda talab vaqtinchalik oshib, narxlar koʻtarilganda omad
foydasi hosil boʻladi. Iqtisodiyotda tavakkalchilik foydasi ham bor. Bu tavakkaliga
ish qilgani uchun biznes egalariga tegadigan mukofot hisoblanadi.rasm: Foydaning tashkil topishi bosqichlari4
( https://uz.Wikipedia.org/viki/foyda) malumotlar asosida muallif ishlanma
( https://uz.Wikipedia.org/viki/foyda) malumotlar asosida muallif ishlanmDemak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul
daromadlariga, undagi qoʻshimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan koʻrinib
turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qoʻshimcha mahsulot yoki qoʻshimcha
qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta
hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar.
Shunga koʻra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori boʻlgan
taqdirda foyda oladilar.
Shu o‘rinda buxgalteriya foydasiga ham to‘xtalib o‘tmoqchimiz buxgalteriya
foydasi- bu tashkilotning daromadlari ( uning aktivlari umumiy qiymatining
oshishi) va uning xarajatlari ( aktivlarning jami qiymatining pasayishi va ayni
paytda mulkdor kapitalining kamayishi, bu kapitalni maqsadli o‘zgartirishga
bog‘liq operatsiyalar natijalari bundan mustasno) o‘rtasidagi ijobiy farqdir. O‘z
kapitalini maqsadli o‘zgartirishga bog‘liq operatsiyalarga mulkdorlarning
qo‘shimcha kiritmalari, qo‘shimcha emissiya, hayriyalar, beg‘araz moliyaviy
yordam va boshqalar kiradi. Buxgalteriya foydasi ko‘rsatkichi kamchiliklardan
holi emas: turli mamlakatlarda buxgalteriya standartlarida daromadlar va xarajatlar
tarkibini belgilashda turli yondashuvlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘zda
tutilgan, shuning uchun turli korxonalar tomonidan hisoblab chiqilgan foyda
ko‘rsatkichlarini bir-biriga solishtirib bo‘lmasligi mumkin. Narxlar umumiy
darajasining o‘zgarishi (infilyatsion tarkib) turli hisobot davirlar uchun foyda
haqidagi malumotlarni solishtirishni cheklaydi.
Yuqorida foydani mazmun mohiyatini uni nima eknligi va qayirdan kelishiyu
qayirga sarflanishi haqida to‘xtalib o‘tdik. Endi daromad nima? degan savolga
to‘xtalib o‘tsak:
―Daromadlar-bu hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning oqimi yoki
ko‘ payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarning qatnashchilarning kapitaldagi
omonatlaridan farq etuvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishidir‖5
5 A.V. Vaobov, N.F. Ishonqulova, A.T. Ibrohimov ―Moliyaviy va boshqaruv tahlili‖ T:

2.Operatsion faoliyatdan daromadlar hisobining tarmoqxususiyatlari


va vazifalari
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ijtimoiy iqtisodiy
rivojlantirish, inovatsiya jarayonlarini jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti
sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarda asosiy faoliyat daromadlarini
samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Islohatlarning hozirgi bosqichida
iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirish, uni moderinzatsiyalashasosida subektlarning daromad topishi imkoniyatlarini yanada asosiy vazifa qilib
belgilandi. Chunki bozor munosabatlari iqtisodiy manfatlarga tayanib, unga
daromad topish, foyda ko‘rish orqali erishiladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini
mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishini
taminlash va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur‘atlariga erishish vatanimiz
taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishning muxim shartlaridan biri
hisoblanadi. Bu maqsadga erishishi uchun esa, eng avvalo iqtisodiyotning barcha
sohalarida shuningdek, xo‘jlik yurituvchi cubektlarda asosiy (operatsion) faoliyat
daromad manbalarini kengaytirish, rivojlantirish zarur bo‘ladi.
Asosiy faoliyatdan olingan daromad (foyda), bu maxsulot sotishdan olingan
yalpi foyda bilan davir xarajatlari orasidagi tafovut va asosiy faoliyatdan
ko‘rilggan boshqa daromadlarni qo‘shish yoki boshqa zararlarni ayirish orqali
aniqlanadi:
AFF=YAF-DX+BD-BZ (3)
Bunda,
AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX-davir xarajatlari;
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ-asosiy faoliatdan ko‘rilgan boshqa zararlar.
2-BHMSga muvofiq asosiy faoliyat daromadlari o‘z ichiga quydagilarni
qamrab oladi.
Xo‟jalik yurituvchi subektlarda asosiy (operatsion) faoliyatdan
olingan daromadning tarkibi
Yuqorida keltirib o‘tilgan, xo‘jalik yurituvchi subekt asosiy (operatsion)
faoliyatidan olingan boshqa daromadlar tarkibiga quydagilarni kiritishimiz7-rasm: xo‟jalik yurituvchi subektlarda asosiy (operatsion)faoliyatdan
olingan boshqa daromadlarning tarkibi
Iqtisodiyotni moderinzatsiya qilish va devirsifikatsiyalash sharoyitida har bir
xo‘jalik yurituvchi subekt o‘ oldiga o‘z maqsadlaridan biri sifatida ishlab chiqarish
tijorat faoliyatidan ko‘proq foyda olishni ko‘zlaydi. Har qanday iqtisodiyot
rivojlanishi uchun daromad muhim o‘rin egallaydi. Daromad ishlab chiqarishga
nisbatan hosila bo‘lib, ijtimoiy rivojlanish darajasini aks ettirib boradi. Xo‘jalik
yurituvchi subektlarida daromadlarining analetik hisobi mahsulotlar, tovarlar, ish
va xizmatlarni sotish turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlar bo‘yicha
olib boriladi. Operatsion faoliyatdan olingan daromad tadbirkorlik subektining
odatdagi faoliyati doirasida sodir bo‘ladi va turlicha nomlanadi, shu
jumladansotishdan tushum, yig‘imlar, foizlar, dividentlar va royaltelardir.
Daromadlar resurslarni naqadar samarali ishlatish darajasiga bog‘liq bo‘lsada
daromadning o‘zimazmunan iqtisodiy manfaatni bildiradi. Har bir tushunchaning
nazariy asoslanishiga katta etibor qaratadigan g‘arb hisobida_daromadning
mohiyatida uchta kontsepsiya yotadi: mahsulot kontsepsiysi, hisobdan chiqarish
kontsepsiyasi,o‘sish kontsepsiyasi.14
Mahsulot kontsepsiyasi daromadni xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining
natijasi sifatida qaraydi, boshqacha aytganda daromad –ma‘lum vaqt oralig‘ida
mahsulot, tovar va xizmatlarni yaratilgan jarayondir, lekin bunday tarif daromadni
tan olish vaqtini ham, uning miqdorini ham aniqlab bermaydi. Biroq, bu
kontsepsiyadan muhim bir jihat kelib chiqadi, daromad ishlab topilmagunga qadar
tan olinmaydi. Shunday qilib, ushbu kontsepsiya daromadlar tarkibida olingan
bunaklar (avanslar), qo‘shishni man etadiHisobdan chiqarish kontsepsiyasi ishlab chiqarilgan Tovar yoki xizmatlarga
berilishiga asoslanadi. Daromadlarni tan olishni tadqiq qilishda, ya‘ni realizatsiya
qilish vaqti deb, qachon yangi qiymat (tushum) tannarxni o‘zgartirsa, quydagi
uchta variant kelib chiqadi:
-yoki pul mablag‘larining olinishi, yani oldindan to‘lash;
-yoki mahsulotlarni ortib junatilishi;
-yoki mahsulotlarni omborga topshirilishi.
Hisobdan chiqarish kontsepsiyasi mahsulot va xizmatlarga egalik qilish
huquqi xaridorga o‘tmas ekan – daromad tan olmaslikni tamnlaydi. Biroq, bu
kontsepsiyaning kamchiligi maxsulot yoki xizmatlarni yitkazib bergunga qadar tan
olinish man qilinadi.
O‘sish kontsepsiyasi mahsulot yoki xizmatlarni yitkazib berish natijasida
aktivlarning oqimi yoki majburiyatlarning kamayishi (yoki ularning
kambinatsiyasi)ni daromad deb tan oladi. Bu kontsepsiyaning kamchiligi mavjud,
bunda daromadni baholash va vaqt bilan bog‘liqligi aralashib ketadi. Italiyalik
buxgalter Djino Dzappa (1879-1960) ―… korxona daromadlari ayon xarajatlar esa
shubhali deb etirof etgan. Firma kapitalining qiymati uning daromadiga bog‘liq
deb hisoblagan.‖ Xo‘jalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy manfaati daromadda
mujassamlanadi. V.M. Raimova va I.A. Fedatova ushbu tushunchani quydagicha
tahlil etadilar:-― Korxonadadaromadlarning xarajatlardan barqaror ustunligining
o‘ziga xos ko‘zgusi moliyaviy barqarorlikdir. U moliyaviy resurslarning shunday
holatini aks ettiradiki, bunda korxona pul mablag‘larinibemalol va oqilona ishlatib,
ulardan samarali foydalansh yo‘li bilan ishlab chiqarish va maxsulotni sotish
uzluksizligini taminlay oladi‖. Korxonaning umumiy moliyaviy barqarorligi esa
pul mablag‘larining shunday harakatiki, u birinchi galda daromadlarning kelib
tushishi ularni sarflashdan doimo ustun bo‘lishini taminlashi lozim. Shuningdek,
uni kengaytirish va yangilash xarajatlarining bozor sharoitida u avvalambor,
mahsulot (ish, xizmatlar)ni sotishdan barqaror daromad olishi uchun, maxsulot
ishlab chiqarishni oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish, xo‘jalitakomillashtirish uchun kundalik ichki xo‘jalik nazoratini hamda alohida
jarayonlarning ekspertezasini olib boorish talab etiladi.
Darad tushunchasi haqida respublikamizning bir qator professor olimlari
o‘z fikir va muloxazalarini etirof etgan masalan:
A.A. KArimov ―Daromadlar – bu hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlar
oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarni qatnashchlarning
kapitalidagi omonatlaridan farq qiluvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishdir‖- deb
ta‘rif berib o‘tgan.
A.K. Ibragimov era daromadlar mazmunini quydagicha izohlagan: ―daromad
korxona aktivlaridan foydalanish, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar
evaziga vkorxonaga kelib tushgan tushumdir. Daromadlar korxonada ushbu
jarayonlar bilan bog‘liq malum turdagi xarajatlarni vujudga keltiradi‖18 diya
takidlab o‘tganlar.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda asosiy (operatsion) faoliyat daromadlari
hisobini yuritishda asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarning shakillanishi
BHMS №2-sonli ―asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan olinadigan daromadlar‖
bilan tartibga solinadi. Milliy standartga asosan : asosiy xo‘jalik faoliyatidan
olingan daromadlar – xo‘jalik yurituvchi subektning odatdagi faoliyati daromadi
vujudga keladigan davir ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan
bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib
keladigan tushumlarga aytiladi‖.
Demak asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar – xo‘jalik
yurituvchi subektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davir ichida
mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni
istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlardir.
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromad xo‘jalik yurituvchi subekt
tomonidan uning schyotiga kelib tushadigan yalpi tushumlardan yoki olinishi
mumkin bo‘lgan tushumlardan iborat. Uchinchi shaxslar nomidan undirib
olinadigan, xo‘jalik yurituvchi subektga kelib tushadigan va xususiy kapitalnin
ko‘payishiga olib kelmaydigan bilvosita soliqlar so‘mmasi asosiy xo‘jalik
mexanizimini va faoliyatning barcha bo‘g‘inlarini boshqarish mexaniziminifaoliyati daromadiga kiritilmaydi.
Tovarlarni realizatsiya qilishdan va xizmatlarni ko‘rsatishdan
olinadigan daromad subektlar o‘rtasida shartnomada ko‘zda tutilgan sotish narxlari
bo‘yicha aniqlanadi. Bitimdan kelib chiqadigan daromad so‘mmasi olingan
yoki olinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlari so‘mmasidan
subektga o‘tib beriladigan savdo chegirmalari so‘mmasi yoki narxlarni
tushirish xajmini hisobga olgan holda qiymat bo‘yicha o‘lchanadi. Biroq agar
pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlarining tushumi kechiktiriladigan bo‘lsa,
bunday holda joriy narxlarda ifodalangan iqtisodiy naf qiymati olingan yoki
olinishi lozim bo‘lgan qiymat pul mablag‘larining nominal miqdoridan kam
bo‘lishi mumkin. Bitimlar tuzish natijasida moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish
chog‘da to‘langan mablag‘ning joriy narxdagi qiymati muqobillashgan foiz
stavkasini qo‘llagan holda hisoblagan kelgusidagi barcha tushumlarni
diskontlash yo‘li bilan aniqlanadi. Sotish qiymati va olinadigan qoplama
(kompensatsiya)ning nominal qiymati o‘rtasidagi farq so‘mmasi №2 BHMSning
20 va 21 – bandlariga muvofiq foiz ko‘rinishidagi daromad sifatida tan olinadi.
Tayyor mahsulotlar, olingan daromadlar, shuningdek, sotilgan
tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan chegirmalar to‘g‘risidagi
axborotlar 9000 ―asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oluvchi‖
schyotlarda aks ettiriladi.19
9010, 9020, va 9030- schyotlar transit schyotlar hisoblanadi, ko‘payishi
kridetida, kamayishi debitida aks ettiriladi. 9040 va 9050 schyotlari kontrpassiv
schyot bo‘lib 9010, 9020 va 9030 – schyotlar so‘mmasini korrekterovka qilib
turadi. Operatsion faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oladilar (9010,
9020, 9030, 9040, 9050) schyotlar bo‘yicha analitik hisob sotilgan mahsulot
(Tovar), bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo‘yicha
alohida yuritiladi. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgqan daromadni
hisobga olishda daromadni tan olish vaqtini aniqlash asosiy xo‘jalik
faoliyatidan ko‘rilgan daromad xo‘jalik subektiga kelgusida iqtisodimanfaat ishonchli va aniq o‘lchanadigan bo‘lishi lozim.
Operatsion faoliyatdan olingan daromatlarni 3 ta tarmoqqa
bo‘lish mumkin ularning har birini o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari
bor ular quydagilar:
Tovarlar sotish tarmog‘i;
 Xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) trmog‘i;
 Bosqa daromadlar tarmog‘i.
Tovarlarni sotish tarmog‘ida 2-son BHMSga muvofiq
quydagi shartlarni bajargan holda tovarlarni sotshdan olingan daromad
sifatida tan olinadi:
Tovar sotishdan olingan daromad
№ Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar
1 Xo‘jalik yurituvchi subektlar tovarlarga egalik qilishning xatarlarini va afzalliklarini ancha qismini xaridorga
o‘tkizganda;
2 Xo‘jalik yurituvchi subektlar odatda mulkka egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan darajadagi raxbarlik
daromadlarini ham, sotilgan tovarlarni nazorat qilish samaradorligini ham saqlab qolmaganda;
3 Daromad miqdori ishonchli darajada baxolanganda;
4 Xo‘jalik yurituvchi subekt bitim bilan bog‘liq iqtisodiy naf olish ehtimoli mavjud bo‘lganda va boshqa
xollarda.
Xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) tarmog‘da daromadlar o‘z ichiga
oladigan bitim natijasi aniq belgilanadigan bo‘lsa, shu bitim bilan bog‘liq
daromad yillik moliyaviy hisobot tuzish vaqtida bitimning bajarilish
bosqichiga qarab tan olinadi. Bitim natijasi esa quydagi shartlarni
bajarishi bo‘yicha aniq belgilanishi mumkin:
 Daromadlar miqdori aniq belgilanishi mumkin;
 Xo‘jalik yurituvchi subektga bitim bilan bog‘liq daromadlarning
tushishi ehtimoli mavjudligi;
 Buxgalteriya balansi hisobot davrigacha bitimning tugallanish
bosqichi yuksak ishonchlilik darajasi bilan baxolanadi.
―Operatsion faoliyatdan olingan boshqa daromadlar – bularga korxonaning
asosiy vositalari va boshqa aktivlarini sotishdan olingan foyda, undirilgan
jarimalar, vozkechilgan kiriditorlik qarzlari, bepul (tekinga) kelib tushgan aktivlar
manfaat kelish imkoniyati mavjud vaqtda aks etadi, shu bilan birga ushbuinvintarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqchalar, tovar moddiy boyliklarini qayta
baholashdan olingan daromadlar va boshqalar kiradi‖21
Xo‘jalik yurituvchi subekt daromadlari bo‘yicha buxgalteriya
hisobining asosiy vazifalari quydagilardan iborat
Daromadlar bo‟yicha buhgalteriya hisobining asosiy vazifalari22
№ Xo‘jalik yurituvchi subekt daromadlari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari
1 Daromadlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular ytuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va hisoblash
2 Daromadlarni to‘g‘ri guruhlash va tegishli schyotlarda aks ettirish
3 Daromadlarning soliqlarga munosabatini to‘g‘ri belgilash
4 Daromadlarni moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar
Daromadlar xo‘jalik yurituvchi subekt moliyaviy- xo‘jalik
faoliyatining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning mohiyati,
tasnifi va tavsifi, tan olinadi, tan olinishi, schyotlar tizimi va ular bo‘yicha
buxgalteriya yozuvlari respublikamizda qabul qilingan quydagi me‘yoriy
xujjatlarda atroflicha ochib berilgan:
 O ‗zbekiston respublikasi ―Soliq kodekisi‖ (16-modda);
 BHMS № 0-son ―Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun
konseptual asosi‖;
 BHMS №2-son ―Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar‖;
 ―Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda
moliyaviy natijalarni shakillantirish to‘g‘risida‖gi Nizom.
Ushbu me‘yoriy xujjatlarga muvofiq daromad deganda, hisobotdavrida
korxona aktivlarining ko‘payishi va majburiyatlarning kamayishi tushuniladi.
Daromad tushunchasi odatdagi faoliyatdan olingan daromad va boshqa
daromadlarni o‘z ichiga oladi. Daromadflar bu- hisobot davrida iqtisodiy
foydaning aktivlarning oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarning
qatnashchilarning kapitalidagi omonatlaridan farq qiluvchi o‘sishiga olib keluvchi
kamayishdir.
Har bir korxona tashkil topganidan keyin, foyda olish maqsadida, albatta moliyalashtirish bilan shug‗ullanadi. Foydani ko‗paytirishga yo‗naltirilgan aktivlarni boshqarish jarayoni moliyaviy menejmentda leveridj kategoriyasi bilan harakatlanadi. Leveridj bu – tom ma‘noda og‗ir narsalarni o‗zgartira oladigan ma‘lum bir kuch (yelka) bo‗lib, uning yordamida nisbatan og‗ir yuklarni joyida ko‗chirish mumkin. Iqtisodiyotga tatbiq qilganda u uncha katta bo‗lmagan o‗zgarish natijaviy ko‗rsatkichning sezilarli darajada o‗zgarishiga olib keluvchi omil sifatida qaraladi. Mahsulot tannarxining asosiy elementlari bu doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Bunda ular orasidagi farq har xil bo‗lishi mumkin. Bu farq korxonaning texnika va texnologiya siyosati bilan bevosita bog‗liqdir. Mahsulot tannarxining o‗zgarishi umumiy sof daromadni o‗zgartirishga olib keladi. Asosiy vositalarni moliyalashtirish, doimiy harakatlarni o‗sishiga va o‗zgaruvchan xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Biroq bu o‗zgaruvchanlik to‗g‗ri chiziq orqali ifodalanmaydi. Shuning uchun ham doimiy va o‗zgaruvchan harakatlarning optimal nuqtasini talab etiladi. Ushbu bog‗lanish ishlab chiqarish leveridjini tashkil etadi. Operatsion leveridj – bu mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish hajmini tuzilmalarini o‗zgarishi natijasida yalpi foydaga ta‘sir ko‗rsatishning potensial imkoniyatidir. Operatsion leveridj ko‗pincha ishlab chiqarish leveridji deb ham yuritiladi. Qiymat bo‗yicha operatsion leveridj quyidagi formula orqali hisob kitobqilinadi:

Bu yerda:
Or-operatsion richag;
F-sotishdan foyda;
Xo‗-o‗zgaruvchan xarajat;
Xd-doimiy xarajat.
Natura shaklidagi operatsion richag quyidagi bog‗lanishda topiladi:

4.Operatsion leveridj tahlili
Har bir korxona tashkil topganidan keyin, foyda olish maqsadida,
albatta moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Foydani ko‘paytirishga
yo‘naltirilgan aktivlarni boshqarish jarayoni moliyaviy menejmentda
leveridj kategoriyasi bilan harakatlanadLie. veridj b–utom ma’noda
og‘ir narsalarni o‘zgartira oladigan ma’lum bir kuch (yelka) bo‘lib, uning
yordamida nisbatan og‘ir yuklarni joyida ko‘chirish mumkin.
Iqtisodiyotga tatbiq qilganda u uncha katta bo‘lmagan o‘zgarish
natijaviy ko‘rsatkichning sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keluvch
omil sifatida qaraladi. Mahsulottannarxining asosiy elementlari
o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Bunda ular orasidagi farq har xil
bo‘lishi mumkin.Bu farq korxonaning texnika va texnologiya siyosati
bilan bevosita bog‘liqdir. Mahsulottannarxining o‘zgarishi umumiy
soha daromadni o‘zgartirishga olib keladi.Asosiy vositalarni
moliyalashtirish, doimiy harakatlarni o‘sishiga va o‘z vositalarni
xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Biroq bu o‘zgaruvchanlik to‘g‘ri
chiziq orqali ifodalanmaydi. Shuning uchun ham doimiy va
o‘zgaruvchan harakatlarning optimal nuqtasini talab etiladi. Ushbu
bog‘lanish ishlab chiqarish leveridjini tashkil etadi.Operatsion leveridj –
bu mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish hajmini tuzilmalarini
o‘zgarishi natijasida yalpi foydaga ta’sir ko‘rsatishning potensial
imkoniyatidir.Operatsion leveridj ko‘pincha ishlab chiqarish leveridji
deb ham yuritiladi.Qiymat bo‘yicha operatsion leveridj quyidagi
formula orqali hisob kitob-qilinadi:
Or=V/P;
Or=(F+Xo‘+Xd)/F=1+Xo‘/F+Xd/F. Bu yerda: Or-operatsion richag;F￾sotishdan foyda;Xo‘-o‘zgaruvchan xarajat;Xd-doimiy xarajat.Natura
shaklidagi operatsion richag quyidagi bog‘lanishda topiladi:Or=T-Xo‘/Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy
daromad olib keluvchi faoliyat turidir.Operatsion faoliyat
tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining muhim
obyektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat
resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega
bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi.Xo’jalik yurituvchi
subektlarda operatsion faoliyat daromadlari samaradorligini
oshirish xalqaro standartlar tizimi asosini tashkil qilish asoslari
ko’rib chiqildi. Buxgalteriya hisobi milliy standartlarining jaxon
amaliyotida qabulqilingan uslubiy tamoyillari uyg’unligini
tamlash, bu bevosita xorijiy investorlarni jalb qilishda muhim
zamin bo’lib xo’jalik yurituvchi subektlar salohiyatin yanada
osirishga olib keladi.Biznesni harakatga keltiruvchi kuch
faoliyatning (esubektlar ko‘rinishdagi harakatlar) yakunida
erishiladigan foyda hisoblanadi. Shu sababli, foyda mulk
shaklidan qat’i nazar barcha korxonalarning faoliyatini
baholashning yagona ko‘rsatkichi sifatida qaraladi.
Shuningdek, foyda bu – maqsadli harakatning rag‘bati
hamdir. Tijorat faoliyati va uning davomiyligi ko‘pincha ushb
unsurning hajmiga, to‘g‘ri taqsimotiga va ishlatilishiga bog‘liq.
Foyda o‘z-o‘zidan iqtisodiy aktivlarni oldingi harakatlarining
mutanosibligidan kelib chiqadi
Yüklə 484,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin