Tabbiy fanlar



Yüklə 442,59 Kb.
tarix08.06.2023
ölçüsü442,59 Kb.
#127088
Jumayev Dilovar.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABBIY FANLAR” FAKULTETI
BIOLOGIYA” KAFEDRASI
“YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGYENASI” FANIDAN
Mustaqil ISH

MAVZU: Uyqu,tush koʻrish va gipnoz. Uyqu gigienasi.
BAJARDI: 20/1-guruh talabasi Jumayev Dilovar
QABUL QILDI: Berdikulova N.R.

CHIRCHIQ-2023

Uyqu,tush koʻrish va gipnoz. Uyqu gigienasi.


Reja:

  1. Uyqu, tush ko`rish, gipnoz.

  2. Uyquning buzilishlari.

  3. Tush ko`rish.

  4. Gipnoz

  5. Uyku gigienasi:

Uyqu ovqatlanishdan zarur bo`lgan fiziologik jarayondir. Odam ovqatlanmasdan bir necha kecha-kunduz yashashi mumkin, lekin uch kun uxlamasa avtomatik ravishda uxlab qoladi. Odam umrining deyarli uchdan bir qismini uyquda o`tadi. Uyqu yuqori darajada rivojlangan hayvonlar uchun ham zarur. It ovqatsiz ancha uzoq yashashi mumkin, ammo uyqudan maxrum qilinganda tez xalok bo`ladi.
Uyqu vaqtida odam xushidan ketadi, markaziy nerv sistemaning, xususan miya po`stlog`ining faolligi pasayadi, muskul tonusi va sezgirlik susayadi. Shartsiz reflekslar kuchsizlanadi, shartli reflekslar esa tormozlanadi. Ichki a`zolar faoliyati ham sustlashadi. Uyquning bir necha turi bor 1) kecha-kunduzgi davriy uyqu, 2) faslga bog`liq ravishda uyqu, 3) narkotik uyqu, 4) gipnotik uyqu, 5) patologik uyqu. Davriy uyqular-oddiy sharoitdagi fiziologik xolatdir. Narkotik, gipnotik va patologik uyqular maxsus nofiziologik ta`sirotlar natijasida rivojlanadi.
Gipnotik uyqu-ko`pchilikda qiziqish uyg`otadi Bu uyqu maxsus sharoitda gipnozchi tomonidan ishontirish yo`li bilan paydo qilinadi. Gipnoz vaqtida miya po`stlog`i faoliyati tormozlansa-da tashqi muhit bilan aloqa qisman saqlanib qoladi, gipnozlangan shaxs gipnozchi ko`rsatmalarini bajaradi. yashash sharoiti og`ir bo`lgan hududlarda uchraydigan hayvonlarga faslga bog`liq uyqu xos. Masalan, O`rta Osiyo sahrolarida yashovchi qo`shoyoq (tushkanchik) bahor va yoz boshlarida juda faol bo`lib, ko`p ovqat yeydi, semiradi. Kun haddan tashqari isib, o`simliklar qurib qolganda, fasliy uyquga ketadi. Fasliy uyqu boshqa sharoitda yashovchi hayvonlarga ham xos (ayiq).
Narkotik uyquni maxsus narkotik moddalar paydo qiladi. Davriy uyqu har kungi uyqu bo`lib, katta yoshli odamlarda bir bosqichli bo`ladi tunda bir marta yetib, uxlab turiladi. Bolalarda bir uyqu ko`p bosqichli. endi tug`ilgan chaqaloq bir kecha-kunduzda 21 soat, 6 oydan 12 oylik bo`lgan bola 14 soat, 4 yoshda-12 soat, 10 yoshda-10 soat uxlaydi. Kattalarning tungi uyqusi 7-8 soat davom etadi. Bedorlik holatidan uyquga o`tish asta-sekin emas bir zumda sodir bo`ladi Bedor bo`lgan katta yoshli odamning eeG sida chastotasi 13Gts yuqori bo`lgan kichik amplitudani to`lqinlar qayd qilinadi. Osoyishta ko`zini yumib o`tirgan odamning eeG si alfa-ritm qiyofasiga kiradi (8-12 Gts li kichik amplitudali tulqinlar 1-bosqichli). Odam uxlashi bilan teta-ritm paydo bo`ladi, to`lqinlar chastotasi 3-7 Gts dan oshmaydi (2-bosqich). Uyqu chuqurlashganda, tetv-ritmga 12-15 Gts li, davomi 1s bo`lgan "uyqu duklari" qo`shiladi (3-bosqich). Uyquning chukurlashuvi yanada davom etadi, endi yuqori amplitudali, 0,5-2 Gts chastotaga ega bo`lgan to`lqinlar delta-ritm qayd qilinadi (4-bosqich).
Uyquning 5-bosqichiga ko`z soqqalarining tez harakatlanishi xos. Shuning uchun, uni uyquning tez davri deb atashgan. eeG da yuqori chastotali, kichik amplitudali, to`lqinlar paydo bo`ladi. Miya po`stlog`ining elektr faolligi desmixronizatsiyaga uchraydi. Shu vaqtda uxlab yotgan odam uyg`atilsa, u tush ko`rayotganini aytadi Shuning uchun, bu 5-bosqichni uyquning tush ko`rish davri ham deyishadi. Undan oldingi bosqichlar sekin uyqu bosqichlaridir. Sekin va tez uyqular davriy bo`lib, har yarim soatda takrorlanadi. 7,5 soat uxlagan katta yoshli odam 1,5-2 soatni tez uyquda, qolgan 5,5-6 soatni sekin uyquda o`tkazadi Sekin uyqu vaqtida vegitativ faoliyatlar susayadi-qorachiqlar torayadi, tomirlar kengayadi, ter ajralishi ko`payib, ko`z yoshi va so`lak ajralishi kamayadi. yurak tomir nafas, hazm, ajratuv tizmilari faoliyati sustlashadi. Tez uyqu davrida, aksincha "vegitativ to`zon" ko`zatiladi Skelet muskullari tinch va tovusi pasaygan xolatda bo`lsa-da bu davrda odam ko`rayotgan tushida ishtirok etadi, ichki a`zolari tushdagi harakatlar va hissiyotlarni ta`minlash uchun zarur bo`lgan darajada o`z faoliyatini tezlashtiradi. Chuqur sekin uyqu fadat odamga xos. Uni odam uy-joy ko`rib, o`zini tunda to`rni xavflardan saqlash imkoniyatiga ega bo`lganidan keyin ottirgan.
Sekin uyqu davrida ba`zi odamlar uyqusirab yurishadiki, bu-somnabuzilizmdir. O`z vaqtida uyqu rivojlanishini tushuntirish uchuy qon aylanishi, gistologik, kimyoviy nazariyalar taqlif qilingan edi. Hozirgi kunda bedorlikdan uyqu holatiga o`tishni, uyg`onishni miya po`stlog`i va po`stloq osti tuzilmalari, xususan tursimon (retikulyar) forlitsiya o`rtasidagi o`zaro munosobatlar o`zgarishiga bog`lashadi. Miya stvolida asosan uzunchoq miya va Voroliy ko`prigida joylashgan tursimon formatsiyani ko`tariluvchi yo`llar, tepalik yadrolari, ular orqali katta yarim sharlar po`stlog`i bilan aloqador qiladi. Pastga tushuvchi yo`llar o`z navbatida to`rsimon formatsiyani orqa miya segmentlar bilan bog`laydi. Po`stloq to`rsimon formatsiya orqa miya munosobatlari yuqorida ko`tarilgan edi. Oxirgi o`n yillarda to`rsimon formatsiyaning ko`prik qismidagi ma`lum neyronlarning elektr faolligi uyqu davrlari almashinuvida o`zgarishi aniqlagan. Masalan, uyquning tez davri boshlanishidan avval bu neyronlar impulslari chastotasi bedorlik holatidagiga nisbatan 50-100 marta oshadi. Bu o`zgarish eeG da tez uyquning dastlabki belgilari paydo bo`lishidan sal oldin qilinishi uning uyqu davrlari almashinuviga dahldorligini ko`rsatadi. Voroliy ko`prigidagi boshqa ikki guruh neyronlar faolligi uyquning sekin davri tez davrga o`tish oldidan susayadi. Bu neyronlarning bir guruxi Voroliy ko`prigining havorang dog` yadrosida joylashgan bo`lib, noradrenalga boy. Ikkinchi guruh neyronlar serotinnnga ega ular ko`prikning chok yadrolarida bo`ladi. Bu guruhlardagi yakka neyronlar faolligini qayd qilish ularning impuls chastotasi bedorlikda juda yuqori bo`lishini, sekin uyqu davrida esa asta-sekin kamayishini uyquning tez davrida umuman ispulslar chiqmasligini ko`rsatadi.
Ko`prikdagi havorang dog` va chok yadrolaridagi neyronlar ta`sirida po`stloqdagi neyronlarni faollashishi yoki tormozlanishi mumkin. Ko`prikning uyquga daxldor neyronlarida serotinik va noradrenalin ko`pligini aniqlash uyquning kimyoviy nazariyasiga yana qiziqish uyg`otadi. Uyquni qochiruvchi moddalarning ko`p katexolaminlarga o`xshashi katexolaminlarga bedorlik holatini saqlash uchun zarurligadan darak beradi. Miyadagi serotinin mikdoriniig ortishi tez uyqu davrini o`zaytiradi. Uyquda po`stloq osti va miya po`stlog`idagi ko`pgina markazlar, bedor bo`ladi, ya`ni tormozlanmaydi.
Bu nerv markazlari I.P.Pavlov "qoravul" markazlar deb nomlaydi. Uxlab yotgan ona birorta tovushdan uyg`onmasligi mumkin, lekin bolasi biroz bezovtalnganda darrov uyg`onadi. Demak, "qoravul" nerv markazlari qo`zg`olishi o`ziga xos xususiyatga ega.

Ilk yosh davridagi bilimlar keyingi hayotning farovonligi va uzoq hayot kechirishiga asos bo’ladi. Tadqiqiotlar shuni ko’rsatadiki, qulay sharoitda o’sgan bolalar (Newille 2011). Erta maktab tadqiqotlari qaysiki quyi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda o’sgan bolalarga nisbatan muammoli bo’lib maktab davridagina aqliy va ijtimoiy taraqqiyot darajasi bo’yicha rivojlanib borganlar. Masalan 3 yoshli bola iqtisodiy tomondan og’ir sharoitda ota-onasining ish haqqi kam va ilmiy jihatdan bilimlari kam lekin bu bola maktab yoshidagi bolalarga hos xusuiyatga ega. Bu holat o’sib bormoqda kambag’al oilalarning bolalari 7 yoshdaham maktabga bora olmayaptilar. Ular sharoitlari tufayli ancha orqadalar. 14 yosh yoshdaham bu holatlar bor ular tengdoshlaridan 2 yilga orqadalar (Hirsch 2007).



Uyquning biologik ahamiyati. Uzoq, yillar davomida uyqu miya hujayralarini uzluksiz faoliyati natijasida holdan toyib, nobud bo`lishdan saqlaydi va ish qobiliyati tiklanishi uchun imkoniyat tug`diradi, degan fikr ustivor bo`lgan. Uyquning himoya ahamiyati hayvon yoki odam uyqudan mahrum qilinganidan yaqqol bilinadi. 3-4 kun uxlamagan odam o`zini yomon his qiladi, borgan sari darmoni quriydi, aqliy mehnat faoliyati keskin pasayadi, 5 kundan keyin aqliy mehnat krbiliyatini umuman yo`qotadi, gallyutsinatsiyalar (yuq narsaning ko`rinishi, eshitilishi, sezishi paydo bo`ladi. 7 kunda hushidan ketadi). It ikki-uch hafta uyqudan mahrum qilinsa o`lib qoladi. Uyquning asosiy ahamiyati miyani himoya qilishdan iborat, degan olimlar keltirilgan dalillarni o`z fikrlarining isboti deydilar. Bu fikrning isboti sifatida yana bir dalidni keltiraylik. Organizm qancha yosh bo`lsa, miyaning ish qobiliyati shuncha kam, uyquning davomliligi esa shuncha uzoq bo`ladi. Juda charchoq miyaga ega bo`lgan chaqaloq kuniga 17-19 soat, undan ham ko`p uxlaydi. 4 yoshli bola 14 soat uxlaydi. So`nggi yillarda uyqu himoya ahamiyatiga ega tormozlanishdir, degan fikr anchagina olimlarda shubhaga soldi. Buning sababi shundaki, uyqu vaqtida miya po`stlog`i neyronlarning ko`p qismi o`z faolligini saqlab qoladi. Bu olimlarning fikricha, miya kun buyi shunchalik ko`p axborot yig`adiki, kechga borib yangi ma`lumotlarni qayta ishlash qobiliyati yo`qoladi. Shu vaqtda neyronlar faolligining maxsus shakli sifatida uyqu rivojlanadi. Odam uxlaganda neyronlar faoliyati tashqi muhit signallarini miyaga o`tishini tuxtatib, kuni bilan qabul qilgan axborotlarini saralaydi. Bu axborotlarning bir qismi davomli xotiraga o`tkaziladi va kelajakda bajariladigan ishlarnint dasturi sifatida saqlanadi. Axborotlarni saqlash va xotiraga o`tkazish asosan uyquning tez davrida sodir bo`ladi. Kun davomida olingan axbrotlar avval xotiraga yig`ilgan ma`lumot va tassurotlar bilan taqqoslanadi va organizmning atrofdagi muhit to`g`risidagi mavjud bo`lgan tasavvurlari o`rtasida o`z o`rnini topadi. yangi axborotlar ipga munchoq tergandek, passiv, yig`ilamaydi, balki idrok etilib mavjud tasavvurlarni to`ldiradi, ba`zan ularni tubdan qayta ko`rib chiqilishini talab qiladi.
Axborotlar saralanib bo`lgandan keyin miyaning ularga bo`lgan sig`imi tiklanadi va uyquga ehtiyoj qolmaydi, odam uyg`onadi. Kecha-kunduz ritmlari uyqu va bedorlik holatlarining po`stloq osti mexanizmlarini bevosita ishga soluvchi omil bo`lib xizmat qiladi.
Uyquning buzilishlari
Gigienik to`liq qimmatli uyqu deyilganda odam yoshiga mos ravishda uyquning davomliligi va chuqurligi aniq belgilangan vaqtda uxlash va uyg`onish tushuniladi. Organizmni to`liq qimmatli dam olishida faqatgana uyquning davomliligi emas balki uning yetarli chuqur bulimi ham muhim o`rinni egallaydi. Chuqur uxlamaslik organizmni yetarli dam olishini ta`minlamaydi. Yetarli uxlamaslik odamni ojiz qilib qo`yadi, ishchanlik qobiliyatini kamaytiradi, turli fojialarga sabab bo`ladi. Hozirgi kunda aholining ko`p qismi 1,5-2 soat kam uxlaydi. Hayotning jadalligi, markaziy nerv sistemaga axborotlarni nihoyatda ko`p kelishi uxlashga xalaqit beradi.
Odamning to`yib uxlamasligi, uyqu qarzdorligini ortirib yuboradi, buning oqibatida aqliy va jismoniy ish faoliyati susayib ketadi. Uyqu qarzdorligidan qutilish uchun odam yetarli darajada uxlapsh kerak.
Mutaxasisslar uyqu buzilishining 15 dan ortiq turini ajratadilar. Ulardan eng havflisi uxlab yotganda vaqti bilan nafasning to`xtab qolishidir. Bu xolat ko`krak yoshdagi bolalarda ko`proq uchraydi, bu bolalarni to`satdan o`lib qolishiga sabab bo`ladi. Uyqu bo`zilishlariga katta ijtimoiy muammo deb qarash ularni o`rganish va davolashga yetarli ahamiyat berish kerak.
Tush ko`rish
Uyquda ma`lum taasurot va obrazlarni idrok etish holati ko`p uchrab turadi. Ongning o`ziga xos bu xolati tush ko`rish deyiladi. Tush ko`rish uyquning tez davrida sodir bo`lishi uning po`stloq hujayralari faolligi natijasida ekanini ko`rsatadi. Bu faollikni doimo mavjud bo`lgan kuchsiz ta`sirotlar (xonaning isib ketishi, yoki sovib ketishi, tovushlar, chanqash, ichki a`zolardan birini kasallanishi, isitma va b.) kuchaytiradi. Ular turli tuyg`ularni keltirib chiqaradi, bu tuyg`ular ko`rilayotgan tushga aralashib ketadi. Tush ongda birin ketin namoyon bo`ladigan ko`ruv eshituv, teri-taktil obrazlaridan iborat.
I.P.Pavlovning fikricha tush ko`rishning asosi avval kechirgan qo`zg`olishlarning uyqu vaqtida o`ziga xos faollikdan bo`lgan po`stloq hujayralari qayta tiklanishidir. Ma`lumki, ko`rgan eshitganimiz po`stloq hujayralarida qayd qilinadi, nerv tizimida iz qoldiradi. Bedorlik holatida bu izlar paydo qiladigan ko`zg`alishlar ko`pincha tormozlangan bo`lib, faqat eslaganda tormozlanishidan chiqishi mumkin.
Tushimizda bo`lib o`tgan voqealarni bevosita ko`rayotgandek bo`lamiz. Tush ko`rish boshdan kechirgan voqealar izlarining miyada qayta tiklanishini asosi bo`lishini ba`zi dalillar isbotlaydi. Masalan, ko`r bo`lib tug`ilgan bola tushida hech qachon ko`ruv obrazlarini ko`rmaydi. es-xushini tanib olgandan keyin ko`r bo`lgan odamning tushida ko`ruv obrazlari namoyon bo`ladi, tushda avval boshdan kechirilmagan, ko`rilmagan, eshitmagan hodisalar uchramaydi. Bo`lib o`tgan xodisalar izining markaziy nerv sistemasida tiklanishi turli harakterga ega bo`lishi mumkin. Ba`zan tushda o`tgan xodisalarning vaqtdagi va fazodagi tartibi saqlanib qoladi. Ko`pincha tushda ancha ilgari sodir bo`lgan hodisalar kecha-bugungi hodisalarga aralash-quralash bo`lib ketadi. Tushda umuman ko`rilmagan odam yoki tabiatda uchramaydigan hayvon qiyofasini, boshdan o`tmagan hodisalarni ham ko`rish mumkin.
Uyquning ultra paradoksal, paradoksal va tormozlanish fazalari farq qilinadi. Odam ko`pincha tushning ultra paradooksal fazasida tush ko`radi. Bu chuqur uyquga ketish yoki odam uxlashdan uygonishga o`tayotgan vaqtga to`g`ri keladi. Uygonishdan va uxlashdan biroz oldin ko`rilgan tushlar esda qoladi. Chuqur uyqu davrida ko`rilgan tushlar ko`pincha esda qolmaydi. Ba`zi odamlar butun umri mobaynida tush ko`rmasligi mumkin. Ba`zi odamlar juda ko`p tush ko`radi. Hayvonlar ham tush ko`radi. Chaqaloq ham tush ko`radi.
Gipnoz
I.P.Pavlov ishlari shundan darak beradiki, uyqu shuningdek gipnoz vaqtida bosh miya katta yarim sharlar tormozlangan holatda bo`ladi. tabiiy uyqu bilan gipnotik holatning farqi miya po`stlog`idagi tormozlanishning tarqalishidadir.
Gipnotik uyquda va gipnotik holatning bir necha fazalari ko`zatiladi. Gipnozda miya po`stlog`ining harakat markazlari tormozlanadi. Masalan, hayvonni birdaniga, kuchli, keskin harakat bilan orqasiga agdarib qo`yilsa, hayvonda harakat markazlari tormozlanadi, u ancha vaqtgacha ko`zini ochib harakat qilolmaydi. Uyqudan gipnozning asosiy farqi gipnozda miya po`stlog`ining ayrim markazlari tormozlanadi. Odamni gipnoz qilinganda nutqning nerv markazlariii uyg`oq qoldirish muhim ahamiyatga ega. Bu markaz orqali vrach yoki gipnozchi bilan gipnoz qilingan odam orasida bog`lanish hosil qilinadi. Gipnoz va uyqu bir xil sharoitda yuzaga chiqadi. Uyquga o`xshab gipnoz ham kuchisiz, ritmik ravishda takrorlanadigan ta`sirotlar yuzaga chiqaradi. Gipnozga odatda uyqu chaqiradigan shartli ta`sirotlarni (uxlang", "uxlang" degaya so`zii) qayta-qayta takrorlash bilan erishiladi.
Gipnozda uch davr ajratiladi 1) mudrash davri, bu davrda gipotik gipozchining gapiga qarshilik ko`rsatib ko`zlarini ochishi mumkin 2) yuzaki uyqu davri-gapnotik gipozchining ishontirishiga qarshilik ko`rsata olmaydi, ko`zlarini ocha olmaydi 3) samnabulizm chuqur uyqu davri-gipnotik gipnozchiga butunlay buyin soladi va bo`lgan hodisalarni eslab qololmaydi.
Gipnozga moyillik odamning yoshiga, jinsi va salomatliligi, charchaganliga, idroki va boshqa shaxsiy xususiyatlariga bog`liq. Gipnoz vaqtida gipnozchi gipnotikning ongiga ta`sir o`tkazadi, uning xoxishi bilan hisoblashmasdan o`zi xoxlagan narsaga ishontiradi. Gipnoz nazariyasi hali to`liq ishlab chiqilmagan. Psixologiya nuqtai nazaridan gipnoz odam idrokining taslim bo`lishi va gipnozchining buyruqlarini ko`r-ko`rona bajarishidan iborat. Gipnoz vaqtida odamning oliy nerv faoliyati keskin o`zgaradi, uni sezgilari o`zgarganiga masalan og`riqni yo`qolganiga ishontirish mumkin.
Gipnotikka u boshqa yoshdaligini, butunlay boshqa yerdaligiga, boshqa kayfiyatdaligini shpontirish va gipnozchi xoxlagan hatti-harakatlarini bajarishga majbur qilish mumkin.




Uyqu nerv sistemasi va butun organizmning normal ishlashini ta'minlash,
bosh miya yarim shardari pustlogining hamma yuzasida ichki tormozlashning
irradatsiyalanishi natijasida paydo bo'lib, bosh miya boshqa qismlariga ham
tarqalishi natijasida vujudga keluvchi fiziologik holat yuzaga keladi.

Uyquning quyidagi turlari mavjud:


• tabiiy fiziologik uyqu
• gipnotik uyqu
narkotik uyqu
Gippnotik uyku:
Gippotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil so'zlari va tashqi ko'rinishlari tozalanadi. Bunda gipnozlangan odamning bosh miya sharlarining postloq qismidagi nerv markazlarining hammasi emas, balki ma'lum qismi tormozlanadi. Shuning uchun gipnoz saqlanishdagi odamda fikrlash, o'ng kabi o'yin nerv holatiga xos bo'lgan vaqtni yo'qotadi, lekin harakat qiladi, gapirish mumkin. Shuning uchun u gipnozchining buyruklarini bajaraveradi.
Bolalar va o'smirlar uyqusini gagienik jihatdan tashkil qilish ishlab chiqarishni yukori xavfsizlikni ta'minlash omillari bilan bog'liq. U quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1.o'rinni qulay bo’lishi
2.belgilangan vaqtda ulashi
3.uyqudan oldingi xonani shamollash
4.uyqudan oldingi xonani shamollash
5.o'rinni o'ta yumshoq bo'lmasligi
6.yotishdan oldingi oyoqlarni yutish.
Uyqu organizm uchun zarur fiziologik jarayonlardan hisoblanadi. U nerv sistemasi va butun organizmning normal faoliyatini tarsatishicha uyqu bosh miya yarim sharlar poining hamma yuzasida ichki tormozlanishning irradatsiyalanishi natijasida hosil bolimlariga, oraliq va oxtab qolmaydi. Odam ominlaydi. L.P. Pavlov kostloglib, bir tormozlanish irradiatsiyasi bosh miyaning quyi borta miyaga ham tarqaladi. Uyqu vaqtida uzunchoq miya faoliyati torta hisobda bir sutkada 8 soat uxlaydi.
Uyqusiz 4-5 sutka yurishi mumkin. Uzoq uyqusizlik nerv, ruhiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Odam umrining 3:1 qismi uyquga ketadi. Uyquning quyidagi turlari mavjud: tabiiy fiziologik uyqu, gipnotik uyqu, narkotik uyqu. Tabiiy fiziologik uyqu har bir tundagi normal uyqu.
Uyqusiz 4-5 sutka yurishi mumkin. Uzoq uyqusizlik nerv, ruhiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Odam umrining 3:1 qismi uyquga ketadi. Uyquning quyidagi turlari mavjud: tabiiy fiziologik uyqu, gipnotik uyqu, narkotik uyqu. Tabiiy fiziologik uyqu har bir tundagi normal uyqu.
Odam organizmining tabiiy fiziologik uyquga extiyoji yoshga qarab turlicha bolib, har qaysi shaklda sekin va tez uyqu davrlarga takrorlani turadi.
Sekin uyqu davri 1- 1,5 soat, tez uyqu davri 10-30 minut davom etadi. Tez uyqu davrida tush korish sodir bu'ladi.
Uyqu davrida miyaning shartli reflekslari faoliyati tormozlanadi, yurak qisqarishi, nafas olish kamayadi, siydik hosil boz qorachigglimotiga kosirlovchilar bir xil retseptor uchlariga qayta-qayta tastloglmaydi. Chuqur nafas olish, yurak qisqarishi va boshqa organlarning nerv markazlari (funktsiyalanishda davom etadi. Miya poida ham barcha markazlar tormozlanmaydi.
I.P. Pavlov markaziar deb nomlaydi. Bu markazlar odamni ootadi. Shunday qilib, uyqu bosh miya yarim sharlari poni oliy nerv rnarkazlarining tormozlanish holati boplaydi. Shuning uchun tong bolaning kayfiyati yaxshi boqorovulz vaqtida uygstlog'ining nerv hujayralari yalib, bu vaqtda nerv hujayralari dam oladi, energiya toyib uxlagandan soladi.
Gipnotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil sosirida yuzaga keladi. Bunda gipnozlangan odamning bosh miya sharlarining polum qismi tormozlanadi. Shuning uchun gipnoz holatidagi odamda fikrlash, ong kabi oliy nerv faoliyatiga xos xususiyatlar vaqtincha yozlari va harakatlari tastloq qismidagi nerv markazlarining hammasi emas, balki maqoladi, lekin harakatlanish, gapirish qobiliyati saqlanadi. Shuning uchun u gipnozchining buyruqlarini bajaraveradi.
Narkotik uyqu har xil kimyoviy dori moddalari tarish uyquda sodir boektiv psixik hodisa.
Uyqu yuzaki bostlogzi qismlaridagi, ayniqsa, ensa qismidagi koliq tormozlanmaydi, yazilari kuchsiz harakatlanish holatida borish sodir borish odamning kostloglganda bosh miya poining barish markazlarining nerv hujayralari toni ularning baladi. Ana shu vaqtda tush koladi. Tush korgan-kechirganlari, maqsadlari, istaklari kabilarning bosh miya poi markazlaridagi izlarining tiklanishidir
Uyqu gigienasi. Bolalar va oglishini tarnining qulay bollarni iliq suvda yuvish tavsiya etiladi. Bola uxlashdan 1,5-2 soat oldin ovqatlangan borni juda yumshoq yoki juda qattiq boladi.
Uyqu gigienasi. Bolalar va oglishini tarnining qulay bollarni iliq suvda yuvish tavsiya etiladi. Bola uxlashdan 1,5-2 soat oldin ovqatlangan borni juda yumshoq yoki juda qattiq boladi.
Yüklə 442,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin