davlat metrologiya nazoratini o‘tkazish.
30-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lash
O‘lchash vositalarini sinash,
turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish,
qiyoslash va kalibrlash, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini attestatsiyadan o‘tkazish,
texnik
jihatdan tartibga solish va o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash sohasidagi normativ
hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligini hamda belgilangan metrologiya
normalari va qoidalariga
muvofiqligini baholash, o‘lchashlar va sinovlar bajarilishining sifatini
baholashga doir metrologiya ishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar,
shuningdek metrologiyaga oid faoliyatning davlat tomonidan moliyalashtirish
sohasiga kirmaydigan
boshqa turlari uchun haq tuziladigan shartnomalar shartlariga muvofiq manfaatdor shaxslar
tomonidan to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: