9
Har kim Oʻzbekistondan tashqariga
erkin chiqish huquqiga ega, bundan
qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi
Oʻzbekistonga toʻsqinliksiz qaytish huquqiga ega.
33-modda.
Har
kim fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
Davlat Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun
shart-sharoitlar yaratadi.
Axborotni izlash, olish va tarqatishga boʻlgan huquqni cheklashga faqat
qonunga muvofiq hamda
faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sogʻligʻini,
ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish,
jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlash, shuningdek davlat sirlari
yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish
maqsadida zarur boʻlgan doirada yoʻl qoʻyiladi.
34-modda.
Davlat
organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish
organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga oʻz huquqlari hamda qonuniy
manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar
va boshqa materiallar bilan
tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart.
35-modda.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga
eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega.
Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
VIII bob. Siyosiy huquqlar
36-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega.
Bunday ishtirok etish oʻzini oʻzi boshqarish, referendumlar oʻtkazish va davlat
organlarini demokratik
tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining
faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga
oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.
37-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat
xizmatiga kirishda teng
huquqqa egadirlar.
Davlat xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar qonun bilan belgilanadi.
10
38-modda.
Fuqarolar oʻz ijtimoiy faolliklarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga
muvofiq mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish
huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik
nuqtayi nazaridangina
bunday tadbirlar oʻtkazilishini toʻxtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.
39-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy
Dostları ilə paylaş: