Konstruksiya elementlari va tuzilmalari



Yüklə 35,84 Kb.
səhifə4/12
tarix07.01.2024
ölçüsü35,84 Kb.
#203929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Konstruksiya elementlari va tuzilmalari-www.hozir.org

Pog‘onali sterjenlar
Ko‘ndalang kesim yuzasi har bir oraliq bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lgan, alohida oraliqlardan tashkil topgan sterjen, ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas bo‘lgan sterjen (7.1-chizma) va teng qarshilikli (7.2-chizma) sterjenlar oralig‘ida bo‘ladi. O‘zgarmas kesim yuzali sterjenlarga qaraganda pog‘onali sterjenlarda material ancha tejaladi. Pog‘onali sterjenlarni tayorlash teng qarshilikli sterjenlarni tayorlashga qaraganda ancha sodda. Pog‘onali sterjenlarni shunday loyihalash lozimki, har bir pog‘onaning oxiridagi xavfli kesimda kuchlanish ruxsat etilgan kuchlanishga teng bo‘lish shart. Bunda sterjenning qolgan barcha boshqa kesimlarida kuchlanish ruxsat etilgan kuchlanishdan kichik bo‘ladi.


Montaj kuchlanishlarni hisobga olish
Statik aniqmas masalaning amaliyotda juda ham muhim bo‘lgan xususiyatlaridan birini ko‘rib chiqamiz. Inshootlarni va konstruksiyalarni qurishda ishlatiladigan elementlarni mutloq aniq o‘lchamda tayyorlashni ta’minlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham konstruksiya elementlarini tayyorlashda ba’zi bir noaniqliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bu esa konstruksiya yig‘ilganda elementlari o‘lchamlarining noaniq tayyorlanishi natijasida agarda unga tashqi kuch qo‘yilmagan bo‘lsa ham, zo‘riqish kuchlari hosil bo‘ladi. Agar qaralayotgan konstruksiya statik aniq bo‘lsa, unda zo‘riqish kuchlari hosil bo‘lmaydi.


Haroratni hisobga olish
Tashqi kuch ta’sir etmagan holda ham statik aniqmas masalalarda, kuchlanish nafaqat konstruksiya elementlari o‘lchamlarining noaniq tayyorlanishi yoki yig‘ish jarayoni noto‘g‘ri bajarilishidan hatto haroratining o‘zgarishidan ham hosil bo‘ladi.
Haroratning o‘zgarishidan etarlicha katta kuchlanishlar bir butun qilib payvantlangan relslarda hosil bo‘lishini kuzatish mumkin.

Qirqish usuli brus kesimidagi ichki kuchlarni aniqlash
Jism tashqi kuchlar ta’sirida, garchi muvozanatda bo‘lsa ham, ma’lum darajada deformatsiyalanadi, buning natijasida jismning kesimidagi zarrachalar bir – biridan qochishga yoki o‘zaro yaqinlashishga intiladi, ana shu intilishda hosil bo‘lgan reaksiya kuchlari zarrachalar muvozanatini saqlaydi. Zarrachalar muvozanatini saqlovchi reaksiya kuchlar ichki kuchlar yoki zo‘riqish kuchlari deb ataladi.
Jism kesimlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqish kuchlarining teng ta’sir etuvchisini topish uchun kesish usulidan foydalaniladi. Jismga qo‘yilgan kuchlar sistemasi va unda hosil bo‘lgan reaksiya kuchlari ta’sirida muvozanatda bo‘ladi

Yüklə 35,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin