Burovchi moment va uning epyurasini qurish Brusning qoldirilgan qismiga ta’sir etayotgan tashqi momentlarning biror kesimdagi algebraik yig‘indisiga shu kesimdagi burovchi moment deb ataladi va bilan belgilanadi.
Valni mustahkamlikka tekshirishda uning eng xavfli kesimini aniqlab olish zarur. Buning uchun esa brus o‘qi bo‘ylab burovchi momentning o‘zgarish qonunini ko‘rsatuvchi grafikni chizish lozim. O‘zgarmas ko‘ndalang kesimli bruslarning maksimal burovchi moment hosil bo‘lgan kesimi xavfli kesim hisoblanadi.
Burovchi momentni brus o‘qi bo‘ylab o‘zgarish qonunini ko‘rsatuvchi grafikka burovchi moment epyurasi deyiladi.
Val kesimidagi kuchlanishlarni hamda kesimning buralish burchagini aniqlash
Silindr shaklidagi brusning yon sirtiga yasovchilariga parallel bo‘lgan bo‘ylama chiziqlar va ko‘ndalang kesim yuzalarining konturini hosil qiluvchi aylanalar bilan to‘r hosil qilamiz. Brus buralganda hosil bo‘lgan deformatsiya natijalaridan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
a) deformatsiyagacha tekis bo‘lgan ko‘ndalang yuzasi, brus buralgandan keyin ham tekisligicha, kesim gardishi aylanaligicha, radiusi esa to‘g‘ri chiziqligicha qoladi.
b) har bir ko‘ndalang kesim qo‘shni kesimga nisbatan brus o‘qi atrofida ma’lum burchakka aylanadi. Bu burchak buralish burchagi deyiladi. Buralish burchagi burovchi momentga va ko‘ndalang kesimlar oralig‘iga proporsionaldir.
v) brusning barcha yasovchilari bir xil burchakka og‘adi va silindr sirtiga chizilgan kvadratlar bir xilda qiyshayib romb shaklini oladi.
Keltirilgan bu tajribalarning natijalaridan foydalanib doiraviy silindr uchun buralishda hosil bo‘ladigan deformatsiya va kuchlanishlarning ko‘ndalang kesim yuzasi bo‘yicha qanday qonun bilan o‘zgarishini aniqlash mumkin.
Valni mustahkamlikka va bikirlikka hisoblash
Buralishning mustahkamlik sharti shundan iboratki, maksimal urinma kuchlanish tegishli ruxsat egilgan kuchlanishdan oshmasligi kerak:
(4.1)
Bunda Mb valning eng xavfli kesimiga tegishli burovchi momentdir. Uni biz burovchi moment epyurasidan topamiz.
Bu tenglama ham cho‘zilish va siqilishdagi yoki siljishdagi mustahkamlik shartlariga juda o‘xshashdir, biroq, kuch o‘rniga moment, kesim yuzi o‘rniga esa kesim yuzining qarshilik momenti olingan. Bu formulani faqat silindrik bruslar uchungina tatbiq qilish m um kin.
Bu tenglama yordamida cho‘zilish yoki siqilishdagi mustahkamlik shartidagi kabi uch xil masalani echish mumkin. Ulardan eng muhimi vallarning diametrini topishdir. Buning uchun (4.1) formuladan kesim yuzasining qarshilik momenti qiymatini topamiz:
. (4.2)
Bunga (3.6) dan ni qiymatini qo‘ysak,
; . (4.3)
kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |