Konstruksiya elementlari va tuzilmalari



Yüklə 35,84 Kb.
səhifə1/12
tarix07.01.2024
ölçüsü35,84 Kb.
#203929
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Konstruksiya elementlari va tuzilmalari-www.hozir.org


Konstruksiya elementlari va tuzilmalari

Konstruksiya elementlari va tuzilmalari

Amaliyotida uchraydigan konstruksiya elementlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi.


1. Bruslar guruhi. Ko‘ndalang kesim o‘lchamlari uzunlik o‘lchamiga nisbatan juda kichik bo‘lgan konstruksiya elementlariga bruslar deb ataladi va ular quyidagilarga bo‘linadi:

a) cho‘zilish yoki siqilishiga qarshilik ko‘rsatuvchi ingichka brus sterjen deb ataladi

b) buralishga qarshilik ko‘rsatuvchi brusga val deb ataladi


v) egilishga qarshilik ko‘rsatuvchi brusga to‘sin deb ataladi


2. Plastinka yoki plita yoxud qobiqlar guruhi. Jismning qalinligiga nisbatan qolgan boshqa o‘lchamlari katta bo‘lgan tekis sirt bilan chegaralangan konstruksiya qismiga plita yoki plastinka deb ataladi
3.Qalinligi qolgan boshqa o‘lchamlariga nisbatan juda kichik bo‘lgan egri sirt bilan chegaralangan konstruksiya qismiga qobiq deb ataladi


4. Massivlar guruhi. Uchala o‘lchami bir xil tartibda bo‘lgan jismga massiv deb ataladi
5. Ferma deb bir necha sterjenlarni sharnirlar yordamida biriktirishdan hosil bo‘lgan geometrik o‘zgarmas sistemaga aytiladi
6. Rama deb bir necha bruslar bikir qilib tutashtirilishidan hosil bo‘lgan sterjenlar sistemasiga aytiladi. Ramalar yuklanganda sterjenlari egilib, ular tutashgan nuqtalaridagi to‘g‘ri burchaklari o‘zgarmaydi.
Brusga ta’sir etuvchi tashqi kuchlar klassifikatsiyasi

Sirtqi va hajmiy yuklar. Jismga qo‘shni bo‘lgan ikkinchi jismdan o‘tuvchi kuchlarga sirtqi kuchlar deb ataladi.

Taqsimlangan va to‘plangan yuklar. Sirtqi kuchlar konstruksiya sirti yuzasiga yoki uning elementining biror sirti yuzasi bo‘yicha taqsimlangan bo‘lishi mumkin. Statik va dinamik yuklar. Yuk o‘z miqdori, qo‘yilgan nuqtalari yoki yo‘nalishlarini sekin-asta oxirgi qiymatigacha o‘zgartiradigan, ya’ni tezlanishlari e’tiborsiz bo‘lgan yuklarga statik yuklar deyiladi.


Yüklə 35,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin