Rejali tekshirish
- adliya organlari tomonidan tasdiqlangan yillik
(chorak) ish rejasiga kiritilgan va har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan nazorat shakli:
Qisqa muddatli tekshirish
– notariuslar faoliyati adliya organi
tomoniudan reyd (har yili kamida bir marta), “sirli mijoz” hamda xizmat tekshiruvi
tarzida amalga oshiriladigan nazorat shakli:
Kamerali tekshirish
– adliya organlari tomonidan o‘zi joylashgan manzil
bo‘yicha notariuslarning notarial harakatlarni rasmiylashtirishda qonunchilikka rioya
etilishini “Notarius” avtyomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma`lumotlar hamda
adliya organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish, tahlil qilish va
umumlashtirish orqali amalga oshiriladigan nazorat shakli.
Shu bilan birga Notarius ish faoliyatini dastlabki tekshirish u ish boshlaganidan
bir yil o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Rejali tekshirish muddati bir notarius faoliyatini o‘rganish uchun 5 ish kunidan
oshmasligi shart.
Reyd tadbiri adliya organi rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshirilib, uni
o‘tkazish muddati 1 ish kuni etib belgilanadi.
“Sirli mijoz” tadbiri quyidagi hollarda
o‘tkaziladi:
notarial harakatlarning sifati va tezkorligi adliya organida shubha
uyg‘otganda, ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi haqidagi
ma’lumotlarga aniqlik kiritish zarurati tug‘ilganda;
huquqiy xizmat ko‘rsatish jarayonidan noroziligi haqidagi murojaatlar
kelib tushganda.
“Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish uchun 1 ish kuni, davomli notarial
harakatlaruchun – ushbu harakatning oxirgi kuniga qadar muddat belgilanadi.
•
Kameral tekshirish adliya organi rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi
va u muntazam ravishda o‘tkaziladi.
•
Barcha turdagi tekshirish natijasi bo‘yicha tegishli ma’lumotnoma tuziladi.
Loyiha qabul qilinishi bilan notariuslar tomonidan litsenziya talablari va
shartlariga, notariat to‘g`risidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va
notarius qasamyodiga rioya qilinishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish hamda ular
faoliyatida onlayn tarzda monitoring o‘tkazish bilan bog`liq munosabatlar huquqiy
tartibga solinishi qayd etilgan.ushbu loyihaning qulayliklari notarial xizmatlarni
qonuniy asosda, qulay tarzda ko‘rsatilishini ta`minlaydi.
Mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z navbatida
nazarda tutilgan maqsad vazifalarga erishishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam Notariat sohasida amalga oshirilayotgan barcha
o‘zgarishlar fuqarolarimizga yanada qulayliklar yaratish davlat idoralari tomonidan
ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, ortiqcha ovoragarchiliklar va
sarsongarchiliklarga korrupsion harkatlarga barham berish, qo‘shimcha mablag`
sarflanishi holatlarini oldini olish, bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz turmush tarzini
yengillashtirishga qaratilgan desak, mubolag`a bo‘lmaydi.
REFERENCES
1.
“O‘zbekiston Respublikasi Notariat to‘g`risida” gi Qonuni 26.12.1996 343-сон
2.
O‘zbekiston Respublikasi 2019 - yil 9 - dekabrdagi “Notariat tizimini tubdan
isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekistin Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g`risid” agi qonuni.
3.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
16.03.2020
156сон“Nodavlat Notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni
tasdiqalash to‘g`risida” Qaror
Dostları ilə paylaş: |