Konsulliklarda notarial xizmatlar



Yüklə 55,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü55,4 Kb.
#200525
1   2   3
KONSULLIKLARDA NOTARIAL XIZMATLAR11

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Davlat Notariuslari endi qayd etish lozimki, zarur miqdorda xususiy idoralar 
shakllanmaguncha faoliyatini davom ettiradi. Xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi 
notariuslarning tashkil qilinishi birinchidan tizimda sog`lom raqobat muhitini paydo 
qilib, notarial harakatlarni rasmiylashtirish vaqti deyarli uch barobar tezlashishiga olib 
keldi.
Yangi tizimga o‘tilayotgani davlat notarial idoralari faoliyatini tashkil etish bilan 
bog`liq davlat resurslari tejalishini ta`minlaydi. Qolaversa, endi notariuslarning sodir 
etgan qilmishlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazgan zararlari uchun 
davlat javobgar bo‘lmaydi.
Xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarius noqonuniy harakati natijasida 
yetkazilgan zararni to‘liq qoplashi, buning uchun notariusning javobgarligi majburiy 
sug`urtalanishi ham eng muhim o‘zgarishlardan biri hisoblanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notariuslarning faoliyati ham monitoring 
qilib boriladigan bo‘ldi. Bunday nazoratni O‘zbekiston Respublikasi


Adliya vazirligi hamda adliya boshqarmalari amalga oshiradi. Ularning odob-axloq 
qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etishi ustidan nazorat Notarial palata va uning 
hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek notariuslar xuzurida ‘’kurier’’, ya`ni xujjat tushuvchi xodim lavozimi 
joriy etildi. Ular fuqarolar o‘rniga turli tashkilotlardan kerakli xujjatlarni to‘plab olib 
kelish vazifasini bajaradi. Bunda fuqarolarning davlat idora va tashkilotlariga borib, 
turli ovoragarchilik va vaqt yo‘qotish evaziga xujjat to‘plash holatlariga barxam berildi.
Notariat tizimida mavjud muammolarni bartaraf etish va notariat tizimini zamon 
talablariga mos keladigan sohaga aylantirish maqsadida Adliya vazirligi huzurida 
notariat sohasida yagona amaliyotni shakllantirish bo‘yicha Ekspertlik komissiyasi 
tashkil etildi. Ekspertlik komissiyasi tarkibiga jamoatchilik asosida faoliyat 
ko‘rsatuvchi 7 nafar a`zodan iborat bo‘lib, uning tarkibiga huquq sohasidagi yetakchi 
mutaxassis-olimlar, tajribali notariuslar va Adliya vazirligining mas`ul hodimlari 
kiritildi. Komissiyaga notarial harakatlarni amalga oshirishda joylardagi mavjud 
muammolarni aniqlash va ularni qonuniy hal qilish sohada bir xil amaliyotni 
ta`minlash, qonun hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, korrupsiyaga, boshqa 
huquqbuzarliklarni sodir etishga, fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilishga, ularni 
turli xil ovora-sarson qilishga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish 
yuklatildi. Bundan tashqari, komissiyaga notarial harakatlarni bajarish uchun taqdim 
qilinadigan hujjat turlarini tubdan qisqartirish, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini 
oldini olish maqsadida notarial harakatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha 
hujjatlarni elektron tizim orqali olish hamda qonunchilikda notarial tasdiqlash majburiy 
talab qilinadigan bitim va hujjatlarning turlarini qisqartirishning qonuniy yo‘llarini 
izlab topish vazifalari topshirildi.
Hulosa qilib aytadigan bo‘lsam; ushbu Ekspertlik komissiyasining tashkil qilinishi 
kelgusida notarial sohasidagi ishlarning qonuniy hal qilish, bir xillikni ta`minlash yo‘li 
bilan jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli va ovoragarchiliklarsiz qulay huquqiy 
xizmat ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi.


Eng e`tiborli jihati, navbat kutish masalalarida ham fuqarolarga yengilliklar 
yaratildi. Xususan, davlat notarial idoralarida maxsus texnik vositalar o‘rnatiladi va bu 
texnik moslamalar xaqqoniy navbat tizimini shakllantiradi. Bu esa notasrius qabuliga 
navbatsiz kirish, turli ‘’tanish-bilishchilik’’ holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda yangi o‘zgarishlardan biri bu ayrim turdagi notarial harakatlar 
masofadan turib amalga oshirish tizimi ishga tushiriladigan bo‘ldi. Jismoniy hamda 
yuridik shaxslarning notarial idoraga kelmasdan, masofadan turib murojaat qilishi, 
navbatga yozilishi va ayrim turdagi notarial xizmatlardan onlayn foydalanish tartibi 
belgilanmoqda
Xorijiy tajribada notariatning lotin va anglo-sakson turlari mavjud bo‘lib, 
O‘zbekiston lotin notariat turiga mansub hisoblanadi. Aytish lozimki notariatning har 
ikki turida ham nodavlat shakli ustunlik mavqeyiga ega. Xalqaro Notariuslar ittifoqi 
1948-yil tashkil etilgan bo‘lib, hozirda unga lotin modelidagi 89 mamlakatning notariat 
tizimi a`zo.
Bugungi kunda aksariyat xorijiy davlatlarda (Germaniya, Fransiya, Italiya,
Estoniya, Avstriya, Vengriya, Turkiya va boshqa) shu jumladan MDH davlatlarida 
(O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondan tashqari) lotin notariat prinsiplariga 
asoslangan notariatning faol nodavlat shakli muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Ilg`or xorijiy tajriba jismoniy va yuridik shaxslarning nizolarni oldini olish 
funksiyasini bajaruvchi notariatning faol nodavlat modeliga bo‘lgan ehtiyoj ortib 
borayotgqanini ko‘rsatmoqda. Bunday notariat o‘zgaruvchan ijtimoiy jarayonlarga 
moslashgan holda javob berish, iste`molchilarning talablari doirasida tez o‘zgara olish 
qobiliyatiga ega.
Notariatning bunday faol nodavlat shakliga o‘tishi Natijasida notariusning moddiy 
manfaatdorligi oshishi aholiga tezkor va sifatli notariat xizmat ko‘rsatishini 
ta`minlaydi. Uning nizolarning oldini oluvchi institut sifatida yanada rivojlanishiga 
xizmat qiladi.


O‘zbekiston va Germaniyaning notarial tizimi bir-biriga o‘xshash bo‘lib, 
mamlakatimizda Germaniya tajribasini qo‘llash orqali bugungi kunda ko‘plab 
yutuqlarga erishilmoqda, buning sababi shundaki, har ikkala davlat roman-german 
huquq oilasiga mansubdir. Demak, birining huquqiy islohotlarini ikkinchida qo‘llash 
ko‘plab muammolarni keltirib chiqarmasligi mumkin.
Bundan tashqari, Yevropa va Osiyoning ko‘plab davlatlarining notariat institutini 
o‘rganishimiz va tadbiq qilishimiz mumkin, ularning har birida o‘ziga xos huquqiy 
xizmat ko‘rsatishning samarali yo‘llari allaqachon amaliyotga joriy etilgan.
Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning davlat organlarida to‘laqonli manfaatlari 
himoyalanishi hamda ularga muammolarini hal qilishda ko‘maklashmoqda.
Ana shunday keng miqyosdagi o‘rganish va har tomonlama izlanishlar natijasida, 
biz bugungi kunda mamlakatimiz huquq tizimida keng miqyosda islohotlarning guvohi 
va o‘z navbatida ishtirokchisiga aylanmoqdamiz. Negaki, har bir xattiharakatimiz 
negizida fuqaroviy munosabatlar yotadi va ular tegishli normalar bilan tartibga 
solinadi. Ushbu ilmiy tadqiqot ishi orqali biz tomonimizdan ilgari surilgan yuqoridagi 
takliflarlarni amaliyotga tadbiq qilish orqali, quyidagi natijalarga erishish mumkin, 
ya’ni:
-
Tizimni optimallashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
-
Idoralararo bog‘liqlikni muvofiqlashtirish;
-
Fuqarolarning
shaxsi
buyicha
ma’lumot olishni 
tizimlashtirish
va
soddalashtirish;
-
Davlat organlar faoliyatida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash;
Notariuslar funksiyalari doirasi kengaytirildi 2020-yil 1-yanvardan;

Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bo‘lgan jarayonda dalillarni 
ta`minlash (guvohlarni so‘roq qilish, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish 
va guvohlantirish, ekspertiza tayinlash, internet tarmog`idagi dalillarni ta`minlash).



Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, shu jumladan mulkiy va meros 
masalalarida mediator vazifalarini bajarish


Yaratilgan mualliflik va turdosh huquq obyektining taqdim etilgan vaqtini 
tasdiqlashi.
 
Hukumat qarori (464-son, 27.07.2021 y.) bilan Notariat to‘g`risidagi qonunchilik 
hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish va monitoring qilish tartibi belgilandi. 
Mazkur qaror loyihasi bilan quyidagilar belgilandi:

Nazorat tadbirlari o‘tkazishning tashkiliy asoslari belgilab beriladi:
 

Notariuslar faoliyatida rejali tekshirish, qisqa muddatli tekshirish va 
kamerali tekshirish o‘tkazish tartibi belgilabdi:
 

Notariuslar faoliyatini monitoring qilish talab va shartlari, ularni amalga 
oshirish tartibi nazarda tutiladi:
 
Bu qaror bilan quyidagi tekshirishlar orqali amalga oshiriladi:


Yüklə 55,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin