Kоntаktdаgi tеrmоelеktrik hоdisаlаr



Yüklə 14,11 Kb.
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü14,11 Kb.
#174792
  1   2   3   4   5
Kоntаktdаgi tеrmоelеktrik hоdisаlаr-www.hozir.org


Kоntаktdаgi tеrmоelеktrik hоdisаlаr

Kоntаktdаgi tеrmоelеktrik hоdisаlаr
Reja

1. Elektronning metalldan chiqish ishi

2. Tеrmоelеktrоn emissiya. Gаzlаrdа elеktr tоki. Iоnlаnish vа rеkоmbinаsiyalаnish jаrаyonlаri.

3. Kоntаktdаgi pоtеnsiаllаrning fаrqi.

4. Tеrmоelеktrik hоdisаlаri (Zееbеk, Tоmsоn vа Pеltе effеktlаri) vа ulаrning qo’llаnilishi.

5. Gаz rаzryadining to’liq vоlt-аmpеr хаrаkаtеristikаsi. 5.Plаzmа hаqidа tushunchа. Plаzmаning elеktr o’tkаzuvchаnligi.

Elektronning metalldan chiqish ishi
Elektronning metalldan vakuumga ajralib chiqib ketishi uchun sarflanadigan energiyasini elektronning chiqish ishi deyiladi. U bilan bog'liq ikkita sabab mavjud.

1. Agar elektron qandaydir sabab bilan metalldan chiqib ketsa, o'sha joyda ortiqcha musbat zaryad hosil bo'ladi va elektron unga tortiladi.

2. Ayrim elektronlar metallni tark qilib chiqgach uning sirtida to’planib, manfiy zaryadli «elektron buluti»ni yaratadi. Bu bulut sirtqi qatlamdagi kristall panjaraning musbat ionlari bilan birgalikda, maydonni yassi kondensator maydoniga mos keluvchi, ikkilanma elektrik qatlam hosil qiladi.

Shuning uchun elektron, metalldan ajralib chiqish jarayonida uni ushlab qoluvchi, o’sha qatlamlar orasidagi elektrostatik maydon kuchlariga qarshi ish bajarishga majbur bo’ladi:



A = eφ

bundagi φ -potentsiallar farqini sakrab o’zgaruvchi sirt potentsiali deyiladi. Qatlamlar tashqarisida elektr maydoni mavjud emasligi uchun, muhitning potentsiali nolga teng bo’ladi. Metall ichidagi elektronning potentsial energiyasi vakuumga nisbatan manfiy bo’lib, uning miqdori -eφ ga teng. CHiqish ishi elektron volt (eV)larda ifodalanadi:



1eV=1,6∙10-19KIV=1,6∙10-19J

CHiqish ishi metallarning ximiyaviy tabiatiga va ular sirtining tozaligiga bog’liq bo’lib, u turli metallar uchun bir necha elektron-volt qiymati chegarasida o’zgaradi (masalan, qalay uchun 2,2eV). Agar metall sirtini ishqoriy yer metallari (Sa, Sr, Ba) bilan qoplansa, unda chiqish ishi 2eV gacha kamayadi.



Yüklə 14,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin