3.1. Karyer transportlarining asosiy kо‘rinishlari. Karyerlarda kon massasi va xo‘jalik-texnik yuklami tashish uchun turli transport vositalaridan foydalaniladi. Temiryo‘l, avtomobil va konveyer ulaming asosiy lari hisoblanadi. Muayyan sharoitlar uchun maqbul transport vositasini tanlab olishga qator omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari: qazib olinadigan jinslaming fizik-texnik va kimyoviy xossalari; foydali qazilmaning yotish sharoitlari; kon hududining iqlimi; yuk aylanmasi miqdori va tashish masofasi; yuklash uskunalarining rusumi va parametrlari; karyeming ishlash muddati va boshqalar. Turli kaiyer transporti vositalaridan foydalanish samaradorligi ulaming texnik va texnologik parametrlari hamda konning kontexnik yotish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Yillik yuk aylanmasi katta (25 min. t va undan ham ko‘p) va tashish masofasi uzoq (4 km va undan ham ko‘p) bo‘lgatt karyerlarda temiryo‘l transportidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Avtomobil transporti, asosan, yuk aylanmasi kichikroq boigan (15-20 min. tonna/yil) karyerlarda qoilaniladi. Tashish masofasi esa 4 - 5 km dan oshmasligi kerak.
Konveyr transporti yuk aylanmasi 2 mln.tonna/yil va tashish masofasi 4 - 6 km dan 10-15 km gacha boigan karyerlarda qoilanganda yuqori samaradorlikka erishiladi. Hozirgi vaqtda qattiq (qoyasimon) kon jinslarini ham (boiaklar oichami 1 0 0 0 mm gacha boigan) tashishga moijallangan maxsus konveyerlar ishlab chiqarilmoqda. Bu esa konveyer transporti samaradorligi yanada yuqori boiishi va qoilash doirasining kengayishiga imkon yaratadi.
3.2. Qazish-yuklash ishlarida yordamchi ishlarni mexanizatsiyalash. Kon massasini qazib olish va yuklashda eng ko‘p mehnat talab qiladigan yordamchi ishlarni quyidagilar tashkil qiladi: - ekskavator cho‘michi va yurish mexanizmlarini ularga yopishib, yaxlab qolgan kon jinslaridan tozalash; - foydali qazilma shiftini (ustini) to‘kilgan kon m assasi va qolib ketgan qoplama jinslardan tozalash; - ekskavator kavjoyi yuqori qismida hosil bo‘lgan kon massasi osilmalarini (koziroklami) qulatish; - ekskvator kavjoylaridagi changlami bostirish; - kon massasini yuklab tugatilgandan so‘ng pog‘ona ostki maydonini tozalash, ekskavator trassasini tekislash; - ekskavatomi energiya bilan ta’minlash kabelini uning ketidan surib borish; - uskunalami kichik ta’mirlash va moylab turish.
Cho‘michlami yopishgan kon massasidan tozalash, asosan, mexanik usulda maxsus qirg‘ichlar, zarba bolg'asi va boshqa instrumentlar bilan amalga oshiriladi. Kon jinslarini cho‘michga yopishib yaxlab qolishining oldini olish uchun ochiq olov alangasi va elektr isitkichlaridan foydalaniladi. Bu tadbirlar ekskavator unumdorligining 5-7 % gacha yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.
Foydali qazilma yotqizig‘i ustini tozalash ishlari buldozerlar, tekreperlar, teskari cho‘michli ekskavatorlar va draglaynlar yordamida bajariladi. Foydali qazilma ustini qattiq jinslardan rozalashda, awal uning ustidagi qoplamajins qoldiqlarini burg'ilabportlatish asosida maydalanadi, so‘ngra buldozer bilan tozalanadi. Toksizlantirilgan kabellami uzoq masofaga eltishda traktorlardan foydalaniladi, kichik masofalarga eltishda esa kabellar elastik petlalar yoki maxsus izolatsiyalangan qisqichlardan foydalanib, ekskavator cho‘michi yordamida bajariladi. Ko‘p cho'michli ekskavatorlarda kabellarni eltish kabel barabanlari yordamida amalga oshiriladi. Barabanlar ekskavatorga o‘matiladi. Profilaktik, ayrim hollarda esa joriy va o‘rta ta’mirlash ishlari ham bevosita pog‘onalarda bajariladi. Bunda kranlar, harakatlanuvchi (mobil), mexanik ustaxonalar, traktorlar va boshqa texnik vositalardan foydalaniladi.Massasi 300 t gacha boigan karyer ekskavatorlarini ta’mirlash ustaxonasi (zavod)ga yetkazib berish maxsus ko‘p o‘qli vagonlar yordamida amalga oshiriladi. Massasi 300 t dan ko‘p bo‘lgan ekskavatorlar maxsus tayyorlangan karyerdagi maydonlarda ta’mirlanadi.